Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


"(Ey mushriklar), sizlar ham, Allohni qo‘yib sig‘inayotgan butlaringiz ham jahannam o‘tinlaridir. Sizlar u (jahannamga) tushguvchidirsizlar"



Yüklə 3,04 Mb.
səhifə84/247
tarix04.01.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#56300
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   247
"(Ey mushriklar), sizlar ham, Allohni qo‘yib sig‘inayotgan butlaringiz ham jahannam o‘tinlaridir. Sizlar u (jahannamga) tushguvchidirsizlar" (Anbiyo, 98). Butlar uchun azob yo‘q, lekin azob va hasratni ziyoda qilish do‘zax ahli uchundir. Shuningdek, dunyo do‘zax ahlining azobini, hasratini ziyoda qilish uchun do‘zaxga tashlanadi. Demak, mo‘min kishi oxirat uchun amal qilmog‘i lozim. Dunyo bilan mashg‘ul bo‘lib qolmasligi, shug‘ullansa ham, kerak bo‘lganicha, unga qalbi bilan yopishmasdan shug‘ullansa bo‘ladi.
Iso alayhissalom aytdilar: "Sizlarga ajablanaman. Dunyo uchun amal qilasizlar, vaholanki, unda amalsiz ham rizqlanasizlar, oxirat uchun amal qilmaysizlar, vaholanki, unda amalsiz rizqlanmaysizlar".
316. Abu Ubayda Asadiy Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kimning qalbi dunyo sevgisi bilan to‘lgan bo‘lsa, Alloh taolo uni uch narsa bilan bog‘lab qo‘yadi: Mash-g‘ul bo‘lish va davomli charchash bilan; tugamaydigan orzu bilan; cheksiz hirs bilan. Unda qiyinchilik bo‘lmaydi.
Dunyo talab qiladi va talab qilinadi. Oxirat ham talab qiladi va talab qilinadi. Kim oxiratni

talab qilsa, uni dunyo talab qiladi. Hatto dunyoda rizqini to‘liq oladi. Kim dunyoni talab qilsa, uni oxirat talab qiladi. Hatto o‘lim keladi, so‘ngra birdaniga olib qo‘yadi".


Ibrohim ibn Yusuf Kinonadan rivoyat qiladi: Aytdilarki: "Men Abu Hozimning shunday deganlarini eshitdim: "Dunyodan ikki narsani topdim. Biri – mendagi narsa, u yo‘q bo‘lmaydi, ikkinchisi – boshqaniki, unga yetolmadim, chunki meniki bo‘lgan narsa boshqaga berilmagani kabi, boshqaniki ham menga berilmaydi. Men bu narsaning qaysi birida umr o‘tkazay? Va men yana ikki narsani ikki narsa deb bildim: Biri – mol- dunyoning ajali menikidan oldin kelib, undan g‘alaba qilaman; ikkinchisi – mening umrim unikidan oldin uziladi, o‘laman va boshqa kishiga tashlab ketaman. Qaysi biri bilan Rabbimga osiylik qildim?"
317. Abu Sufyon rivoyat qiladilar. Sa’d ibn Abu Vaqqos Salmonning (r.a.) oldiga keldilar. U kishi kasal edilar, ziyorat qildilar. Salmon yig‘ladilar. Sa’d ibn Abu Vaqqos: "Ey Abdullohning otasi, nega yig‘layapsiz? Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam sizdan rozi holda dunyodan ketdilar-ku?" deb so‘radilar. Salmon (r.a.) aytdilar: "Ogoh bo‘linglar! Men o‘limdan qo‘rqib yoki dunyoga hirs qilib yig‘lamayman. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bizlarga bir ahd berganlar. "Sizlarning dunyodagi nasibalaringiz yo‘lovchi oladigan narsa miqdorida bo‘lsin", deganlar. Mening oldimda esa, bu qora narsalar turibdi". U kishining oldilarida ichadigan, yeydigan, tahorat qiladigan idishlar bor edi. Keyin Sa’d (r.a.) aytdilar: "Ey Abdullohning otasi, siz ham bizga ahd bering. Sizdan

keyin bizlar ham uni ushlaylik". Salmon (r.a.): "Ey Sa’d, qayg‘urgan paytingizda, hukm qilayotganingizda va qasamingizni bajarish vaqtida Allohni eslangiz", dedilar.


318. Jubayr Zahhokdan rivoyat qiladilar. Bir kishi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan so‘radi: "Ey Allohning elchisi! Odamlarning zohidrog‘i kim?" deb. Aytdilar: "Kim qabrni va chirishini unutmasa, dunyo ziynatining ortiqchasini tashlasa, dunyodan ko‘ra oxiratni afzal bilsa, kunlarining ertasi bor deb hisoblamasa va o‘zini o‘lganlardan deb sanasa".
Hakim Hotam Lifofiy aytadilar: "To‘rt narsani to‘rt narsadan talab qildik va bu yo‘lda xato etdik: Boylikni moldan talab qildik, u qanoatda ekan, rohatni ko‘plikdan izladik, ozlikda ekan, ne’matni taom va kiyimdan qidirdik, satrda, ya’ni, Alloh yopgan ayblarda va Islomda ekan".
319. Rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim dunyoga katta ahamiyat berib tong ottirsa, Alloh uning qalbiga uch narsani bog‘lab qo‘yadi: Famdan hech uzilmaydi, mashg‘ullikdan ajralmaydi va kambag‘alligi tugamaydi".
Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "Kim tong ottirsa, u mehmondir. Moli yalang‘ochdir. Mehmon jo‘nab ketadi, yalang‘ochlik ortiga qaytadi".
Fuzayl ibn Iyoz: "Yomonlikning hammasi bir uyda bo‘lsa, uning kaliti dunyoni sevishlikdir. Yaxshilikning hammasi bir uyda bo‘lsa, uning kaliti dunyoni tark qilishdir", deydilar.
320. Anas (r.a.) Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. U zot aytdilarki: "Alloh taolo: "Mo‘min bandamga dunyoni ko‘paytirsam, xursand bo‘ladi, u Mendan uzoqroqdir, dunyoni kamaytirsam xafa bo‘ladi. Kimning dunyosini kamaytirsam,

ana shu bandam Menga yaqindir", deydi". Keyin bu oyatni tilovat qildilar:


"Ular Biz ularga berayotgan mol-davlat va bolalarni o‘zlari uchun yaxshiliklarni tezlatishimiz deb o‘ylaydilarmi? Yo‘q, ular (buni g‘aflatlari yanada ziyoda bo‘lishi uchun qilinayotganini) sezmaydilar" (Mo‘minlar, 55-56).
. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilindi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bir kuni Abu Zarrning qo‘lidan ushlab chiqdilar va: "Ey Abu Zarr, albatta, sening oldingda baland to‘siq bor. Unga faqat yengil kishilargina ko‘tariladi", dedilar. Abu Zarr: "Yo Rasululloh, men yengil kishilardanmi yoki og‘irlardan?" deb so‘radilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Senda bir kunlik taom bormi?" Abu Zarr: "Ha", dedilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ertangisi-chi?" Abu Zarr: "Ha", deb javob qildilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ertadan keyingisi- chi?" Abu Zarr: "Yo‘q", deb javob qildilar Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Agar senda uch kunlik taom bo‘lsa, og‘irlardansan".



Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin