"Ey insonlar! Sizlarga ne bir musibat yetsa, o‘z qo‘llaringiz qilgan narsa – gunoh sababli yetur. Yana U ko‘p (gunohlarning jazosini bermasdan) avf qilib yuborur"
"Ey insonlar! Sizlarga ne bir musibat yetsa, o‘z qo‘llaringiz qilgan narsa – gunoh sababli yetur. Yana U ko‘p (gunohlarning jazosini bermasdan) avf qilib yuborur" (30-oyat). Keyin dedilar: "Dunyodagi musibatlar gunohlar tufaylidir. Agar Alloh taolo bandasini dunyoda gunohi uchun jazolasa, dunyoda ham, oxiratda ham ikkinchi bor azoblamaydi. Alloh taolo bunday qilishdan pokdir".
. Oyisha onamiz (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. U zot (a.s.) aytdilar: "Mo‘minga biror musibat kelsa, hatto tikan kirsa yoki undan katta narsalar yetsa, Alloh shu sababli uning gunohlarini to‘kadi".