qilgin” (Ibrohim, 41).
Ba’zi sahobalardan rivoyat qilindi, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdilarki: “Ota-ona uchun duoni tark qilishlik farzandga tang hayotni olib keladi”.
Faqih aytadi: So‘rovchi so‘rasa: “Agar ota-onasi o‘g‘liga g‘azab qilib o‘tib ketgan bo‘lsa, ikkovini o‘limlaridan keyin rozi qilishligi mumkin bo‘ladimi?” deb. Aytiladi: “Ha! Ikkalasini uch narsa bilan rozi qilishi mumkin:
1. Farzand solih bo‘lishligi. Chunki ota-onaga farzandi solih bo‘lishidan yaxshiroq narsa yo‘q.
2. Ota-onaning yaqinlari va do‘stlari bilan bog‘lanib turishi.
3. Ikkalalari uchun istig‘for so‘rashi, duo qilishi va sadaqa qilishligi”.
149. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Agar odam farzandi vafot qilsa, undan amallari uziladi. Magar uchtasi uzilmaydi: Sadaqai joriya yoki ilm o‘qitib, undan foydalanib turilgan bo‘lsa yoki solih farzand uni mag‘firat so‘rab duo qilsa”.
150. “Otangiz kim bilan bog‘langan bo‘lsa, u bilan aloqani uzmanglar” Bu bilan o‘zingizning nuringizni o‘chirasiz, sizning hurmatingiz otangizning hurmatidir!”
151. Zikr qilindi: «Bani Salama qabilasidan bir kishi Payg‘ambarimizning (s.a.v.) huzurlariga kelib, aytdi: «Ota-onam vafot etishdi, menga ikkalalariga yaxshilik qilishga bir narsa (chora) qoldimi?» Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Ha, ikkalarining gunohlarini so‘rashlik, vasiyatlarini bajarish, do‘stlarini hurmatlash, ular silai rahmda bo‘lganlar bilan silai rahm qilishlik», dedilar”.
XI bob. Ota-onaning haqqi bobi hadislari
1. Ibn Abbos. “Qaysi bir mo‘minning ota-onasi bo‘lsa-yu...” Zaif*. Buxoriyning “Al-adabul mufrad” (4) va Bayhaqiyning “Ash-shu’ab” (7916-
7915) va “Zaiful-jome’” (5427) ga qarang.
2. Abdulloh ibn Amr. “Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga bir kishi keldi...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (3004/6) va Muslim (2549/4).
3. Buhz ibn Hakim. “Aytdiki: “Yo Rasululloh! Kimga yaxshilik qilay...” Hasan*. Ahmad (315) va Abu Dovud (5139), Termiziy (1897) va Hakim
(150/4).
4. Zayd ibn Ali otasidan-bobosidan. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Agar Allohning ilmida ota-onaga uf deyishdan...” Mavzu’*. Daylamiy, “Al- firdavs” (5101) va “Tanzihush-shariy’a” (233/2).
5. Hadis. “Albatta, ota-onaning la’nati...” Sahih*. “As-sahihat” (516-515).
6. Hadis. “Qaysi amallar yaxshiroqdir...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (5970/10) va Muslim (85) Ibn Mas’uddan.
7. Hadis. «Bir kishi Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlariga kelib...» Sahih*. Buxoriy «Al-adabul mufrad» (11).
8. Hishom ibn Urva. «Kim ota-onasini la’natlasa...» Sahih*. «Sahihul-jome’» (5112).
9. Hadis. «Albatta kishi ota-onasini so‘kishi katta gunohlardandir...» Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (5972/10) va Muslim (90).
10. Anas ibn Molik. «Rasululloh (s.a.v.) davrlarida Alqama ismli yigit bor edi...» Zaif*. Munziriyning «At-targ‘ib» (222/3) va «Al kaboir» (116)
kitobida keltirilgan.
11. Abu Hurayra. “Agar odam farzandi vafot etsa...” Sahih*. Muslim (1631) va boshqalar.
12. Hadis. “Otangiz kim bilan bog‘langan bo‘lsa...” Hasan*. Buxoriy, “Al-adabul-mufrad” (9-bet) va Bayhaqiy, “Ash-shu’ab” (7898).
13. Hadis. “Salama qabilasidan bir kishi Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlariga kelib...” Zaif*. Ahmad (498/3), Abu Dovud (5142) va Ibn Moja
(4664), “Al-mishkot” (4936)ga qarang.
XII BOB. FARZANDNING OTA USTIDAGI HAQLARI
152. Abu Lays Samarqandiy, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qildi: “Otaning o‘g‘liga qiladigan haqqi uchtadir. Tug‘ilsa, yaxshi ism qo‘yish; aqli kirsa Qur’oni Karimni o‘rgatish; balog‘atga yetsa, uylantirish”.
Bir kishi Umarning huzurlariga kelib: “Bu o‘g‘lim menga oq bo‘ldi”, dedi. Hazrati Umar o‘g‘liga: “Otangga oq bo‘lishlikdan Allohdan qo‘rqmaysanmi?” Bu-bu ishlar ota haqqi-ku” deb gapirdi. O‘g‘li aytdiki: “Ey mo‘minlarning amiri! O‘g‘ilning otada haqqi yo‘qmi?”
Aytdi-ki: “Ha bor! O‘g‘ilning otadagi haqqi – ota yomon xotinga uylanmasligi, shu bilan farzand ayblanmasligi uchun, ismini yaxshi qo‘ymoqligi va Qur’onni o‘rgatmoqligidir”. O‘g‘il: “Allohga qasamki, otam onamni tanlab olmagan, u majusiy edi, uni to‘rt yuz dirhamga sotib olgan. Ismimni chiroyli qo‘ymadi. Meni Jual deb nomladi (ko‘rshapalak erkagining ismi). Allohning oyatlaridan birontasini ham o‘rgatmadi”.
Umar, Alloh undan rozi bo‘lsin, uning otasiga qarab: “O‘g‘limni oq qildim, deysan, u seni oq qilibdi, yo‘qolgin mening oldimdan!” dedi.
Faqih, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Otamning Hifs Iskandaroniydan hikoya qilganlarini eshitdim. U kishi, Alloh rahmat qilsin, Samarqand ulamolaridan edi. U kishining oldiga bir kishi kelib: «O‘g‘lim meni urib qiynaydi”, dedi. “Subhonalloh, o‘g‘il ham otani uradimi?” “Ha, meni urib og‘ritdi”. “Sen unga ta’lim-tarbiya, odob-axloq berdingmi?” “Yo‘q”. “Sen unga Qur’onni o‘rgatdingmi?” “Yo‘q”. “O‘g‘ling nima ish qiladi?” “Dehqonchilik”. “Seni urishiga sabab bo‘ladigan biron narsa o‘rgatganmiding?” “Yo‘q”. Olim aytdiki: “Balki o‘g‘ling tongda eshakka minib, ho‘kizlari oldida, itini ergashtirib dalasiga ketayotib, Qur’on o‘qishni bilmagani uchun qo‘shiq aytib ketayotgan bo‘lsa, shu payt sen o‘g‘lingga ro‘baro‘ kelib qolgan bo‘lsang, seni ham bir mol deb o‘ylagandir. Boshingni yormagani uchun Xudoga hamd aytgin!”
Sobit Banoniy, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Bir joyda bir kishi otasini urayotgan ekan. Aytishdiki: “Bu nima qiliq?” Otasi aytdi: “Unga indamanglar, men ham otamni mana shu joyda urgan edim, men ham bu yerda o‘g‘limdan kaltak yeyish bilan o‘shani boshimdan kechiryapman! Bu o‘shaning uchun uryapti, unga hech bir ta’na yo‘q!”
Ba’zi hakimlar aytdilar: “Kim otasiga osiy bo‘lsa, o‘g‘lidan xursandchilik ko‘rmaydi. Kim o‘z ishlarida maslahat qilmasa, maqsadiga yetmaydi, kim ahli bilan muomala qilmasa, hayot lazzatini totmaydi”.
153. Sha’biy Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: Aytganlarki: “Yaxshilik qilishda o‘g‘liga yordam bergan otani Alloh rahmat qildi”.
Solihlardan biridan rivoyat qilindi. U kishi o‘z o‘g‘lini biror ishga buyurmas ekan, agar biron narsaga muhtojbo‘lib qolsa, boshqaga buyurarkan. Bu sirni so‘rashibdi. “Agar men o‘g‘limga ish buyursam, o‘g‘lim bunga bo‘ysunmasdan, do‘zaxga tushishidan qo‘rqaman, men o‘g‘limning do‘zaxda kuyishiga rozi bo‘lmayman”, debdi.
Xalaf ibn Ayyubdan ham shu tarzda rivoyat qilindi. Fuzayl ibn Iyoz, Alloh rahmat qilsin, aytdi: “Erkaklarning kamoloti shuki, kim ota-onaga yaxshilik qilsa, silai rahmni bog‘lasa, birodarlarini hurmatlasa, ahli bilan, farzandlari bilan ham xulqini yaxshi qilsa, dinini saqlasa, molini haromdan isloh qilsa, uning ortig‘idan infoq (sadaqa) bersa, tilini
saqlasa, o‘z uyini lozim tutsa (ya’ni o‘z ishidan o‘z vaqtida kelib, ko‘p gapiradiganlar bilan o‘tirmasa), o‘shalar erkaklarning kamolidir”.
154. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi: Aytdilar: “To‘rt narsa kishining baxtidir: soliha, yaxshi xotin; yaxshilik qiluvchi ajoyib farzandlar; solih do‘stlar va rizqining o‘z shahrida bo‘lishligi”
155. Yazid Raqqoshiy Anas ibn Molikdan rivoyat qiladi: “Vafot etgandan so‘ng yetti narsa bandaga ajr berib turadi. Masjid qurdirgan bo‘lsa, uning ajri shu masjidda bir kishi
namoz o‘qisa ham, borib turadi; ariq qazib suv oqizib qo‘ygan bo‘lsa, modomiki, u oqib odamlar undan ichib turgan bo‘lsa ham, ajri borib turadi; kimiki Qur’on yozib, odamlar undan foydalansa, savob borib turadi; kimiki bir ko‘chat ekib ko‘kartirsa, uning ajri odamlar va qushlar yeb turishi bilan boraveradi. Kim ilm o‘rgatgan bo‘lsa va farzand qoldirgan bo‘lsa, gunohlarini kechishini so‘rab, o‘tganidan keyin duo qilib tursa, u farzand solih bo‘lsa, ota farzandiga Qur’on, odob va ilmni o‘rgatgan bo‘lsa, uning ajr- savobi farzandning savobidan kamay-masdan boradi. Agar ota farzandiga Qur’on
o‘rgatmasa, yomon yo‘llarni o‘rgatgan bo‘lsa, uning gunohi o‘z gunohidan kamaymasdan otasiga borib turadi.
156. Abu Hurayradan rivoyat qilindi: Alloh undan rozi bo‘lsin: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Agar odam farzandi vafot qilsa, undan amallari uziladi: Magar uchtasi uzilmaydi: sadaqai joriya yoki ilm o‘qitib, undan foydalanib turilgan bo‘lsa yoki solih farzand uni mag‘firat so‘rab duo qilsa!”
XII bob. Farzandning ota ustidagi haqlari bobi hadislari
1. Abu Hurayra. “Otaning o‘g‘ilga qiladigan haqqi uchtadir...” Zaif*. “Zaiful jome’” (2734)ga qarang.
2. Sha’biy. “Alloh yaxshilik qilishda o‘g‘liga yordam bergan otani...” Mursal (zaiflardan)*. “Tahrijul ihyo”ga va “Zaiflar” (1946)ga qarang.
3. Hadis. “To‘rt narsa kishining baxtidir...” Zaif*. Ibn Abu Dunyo, “Kitobul ixvan” (54,53) va “Az-zaifatu” (759)ga qarang.
4. Yazid Raqqoshiy. “Yetti narsa bandaga ajr berib turadi...” Zaif*. Abu Na’im, “Al-xulya” (433/2).
5. Abu Hurayra. “Agar odam farzandi vafot etsa...” Sahih*. (149 raqam bilan chiqdi).
XIII BOB. SILAI RAHM
157. Abu Ayyub, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Bir a’robiy Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlariga borib, tuyalarining yuganidan ushlab: “Ey Rasululloh, menga jannatga yaqin- lashishimga sabab bo‘ladigan va do‘zaxdan uzoqlashtiradigan amaldan xabar bering!” dedi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Allohga ibodat qilishga, Unga shirk keltirmaslikka va
namoz o‘qishga, zakot berishga va silai rahm qilishga buyurdilar.
158. Abdulloh ibn Abu Avfo, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Arofat kechasida Payg‘ambar (s.a.v.) bilan o‘tirgan edik. Aytib qoldilar: “Bugun kechasi silai rahmni uzgan kishi men bilan o‘tirmasin, bizdan ketsin”. Majlisning chetida o‘tirgan kishidan boshqa hech kim turmadi. Hech vaqt o‘tmasdan u kishi qaytib keldi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Nima uchun sendan boshqa hech kim davramizdan turmadi?” dedilar. U aytdi: “Ey Rasululloh, sizdan boyagi gapni eshitib, xolamnikiga bordim. U kishi bilan janjallashib, oramiz buzilgan edi. Borganimdan keyin xolam menga: “Nimaga kelding, bu sening odating emas edi-ku?” dedi. Men siz aytgan hadisning xabarini berdim. Mendan kechirim so‘radi, men ham undan kechirim so‘radim”. Payg‘ambar (s.a.v.): “Yaxshi qilibsan, o‘tir!”
dedilar. So‘ng: “Ogoh bo‘linglar, Allohning rahmati silai rahmni uzgan qavmga tushmaydi!” dedilar”.
Bu xabarda qarindoshlikni uzishlik katta gunoh ekanligiga dalil bor. Chunki qarindoshlikni uzish mo‘minni rahmatdan qaytaradi. Musulmon kishiga silai rahmni uzgandan keyin tavba qilmog‘i, istig‘for so‘ramog‘i va silai rahmni boshqatdan bog‘lamog‘i vojib bo‘ladi. Chunki payg‘ambarimiz (s.a.v.) birinchi xabarda silai rahm bandani Allohning rahmatiga yaqinlashtirib, do‘zaxdan uzoqlashtirishini ravshan qilib aytdilar.
159. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi: “Silai rahm savobidek tez keladigan yaxshilik yo‘q, dunyoda tezgina azob berib, oxiratda ham azob bo‘ladigan gunoh silai rahmni uzishlikdir”.
160. Faqih Amr ibn Shuaybdan, u esa, otasidan, bobosidan rivoyat qiladi: “Bir kishi Payg‘ambarning (s.a.v.) huzurlariga kelib: “Men qarindoshlar bilan silai rahm qildim, ular mendan uzildilar, ularni afv etdim, menga zulm qildilar, ularga yaxshilik qildim, menga
yomonlik qildilar. Ularga o‘zlaridek muomala qilayinmi?” dedi. Aytdilar: “Yo‘q. Unda gunohga sherik bo‘lib qolasan. Lekin ularga yaxshilik va silai rahm qil. Hamisha Allohdan quvvat senga davomli bo‘ladi, modomiki sen shu ishingda davom etsang”.
Aytildi: “Uchta ish jannat ahlining axloqlaridan. Ular faqat yaxshi kishilardagina topiladi. Yomonlik qiluvchiga yaxshilik qilish; zulm qilgan kishini avf etish; biron narsadan mahrum qilgan kishiga yaxshilik qilish”.
Zahhok ibn Mazohim: “Alloh o‘zi xohlagan narsani (ya’ni hukmni) o‘chirur va
(o‘zi xohlagan hukmni) ustivor qilur” (Ra’d, 39) oyatining tafsirida aytadi.
“Shubhasiz, bir kishi silai rahm qilsa umridan uch kun qolgan bo‘lsa, Alloh taolo uning umrini o‘ttiz yil ziyoda qiladi, agar silai rahmni uzgan bo‘lsa va umridan o‘ttiz yil qolgan bo‘lsa, Alloh taolo uch kunga tushirib qo‘yadi”.
161. Savbon rivoyat qiladi: “Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Qadar duo bilangina o‘zgaradi. Umrni yaxshilik ziyoda qiladi. Shubhasiz, mo‘min gunoh qilish bilan rizqidan mahrum bo‘ladi”.
Ibn Umar, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Kim Allohdan qo‘rqsa, silai rahm qilsa, umri ziyoda bo‘ladi, moli ko‘payadi, ahlini yaxshi ko‘radi”.
Faqih, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Umrning ziyoda bo‘lishida ulamolar ixtilof qildilar. Ba’zilar aytdilar: “Kim silai rahm qilsa, umri ziyoda bo‘ladi, degan xabar zohiriydir”. Ba’zilar aytdilar: “Taqdir o‘zgarmaydi, chunki Alloh taolo:
“Bas, qachon ularga ajallari yetsa, uni biron soatga ketga ham, ilgariga ham sura olmaydilar” (A’rof, 34), degan. Lekin umrni ziyoda qilishning ma’nosi o‘limdan keyin uning savobini yozmoqlikdir. O‘limidan keyin unga savob yozsa, go‘yoki umrini ziyoda qilgandekdir”.
162. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “Allohdan qo‘rqinglar va silai rahm qilinglar. Chunki u sizlar uchun dunyoda hamma narsadan yaxshiroqdir, mustahkamroqdir. Oxiratda sizlar uchun yanada yaxshiroqdir”, dedilar.
Aytilgan edi: “Agar sizda biron qarindosh bo‘lib, oyog‘ingiz bilan yurib bormasangiz (ya’ni ziyoratga), molingizdan biron narsa bermasangiz, albatta undan uzilibsiz. Alloh taolo tushirgan ba’zi sahifalarda: “Ey odam farzandi, moling bilan silai rahm qilgin, agar o‘zingda bir narsaga baxillik qilsang yoki moling kam bo‘lsa, oyog‘ing bilan borgin (ya’ni ziyorat qilgin)”, deyilgan”.
163. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Qarindoshchilikni bog‘langlar, agar salom bilan bo‘lsa ham”.
Maymun ibn Mahron aytadi: “Uch narsada kofir va musulmon barobardir: kim bilan ahdlashgan bo‘lsang, ahdingga vafo qilgin, xoh kofir bo‘lsin, xoh musulmon. Albatta, ahd Alloh uchundir. Orada qarindoshchilik bo‘lsa, silai rahm qilgin, xoh kofir bo‘lsin va xoh musulmon! Kimiki senga omonat bersa, omonatini ado qilgin, xoh kofir bo‘lsin, xoh musulmon”.
Ka’b-ul Ahbor deydi: “Muso alayhissalom hamda bani Isroil uchun dengizni yorgan Allohga qasamki, albatta, Tavrotda yozilgan: “Allohdan qo‘rqing, ota-onaga yaxshilik qiling va qarindoshlarga silai rahm qiling, umringiz ziyoda bo‘ladi. Yengilingizni yanada yengil qiladi, qiyinchilikni ketkazadi”.
Alloh taolo rahmni kitobining quyidagi o‘rinlarida buyuradi:
“Va oralaringizdagi savol-javoblarda o‘rtaga nomi qo‘yiladigan Allohdan qo‘rqingiz va qarindosh-urug‘laringiz bilan ajralib ketishdan saqlaningiz” (Niso,1). Ya’ni, qarindoshlikni uzib qo‘yishlikdan qo‘rqingiz. Silai rahm qilingiz. Uni uzmangiz! Va boshqa oyatda: “(Ey Muhammad) qavmu qarindoshlar,
miskin va yo‘lovchi haqlarini ado eting” (Isro, 26). Ya’ni, yaxshilik va silai rahmdan ularga haqqini bering.
Boshqa oyatda:
“Albatta, Alloh taolo adolatga, chiroyli amallarni qilishga buyuradi” (Nahl, 90), ya’ni odamlarga yaxshilik qilishga va ularni kechirish va afv etishga buyuradi; “va qavm-qarindoshga yaxshilik qilishga buyurur”, ya’ni silai rahmga buyuradi.
Alloh ushbu uch narsaga buyurib, quyidagi uch narsadan qaytaradi. Alloh aytadiki:
“Va buzuqlik, yomon ishlar va zo‘ravonliklardan qaytarur”, ya’ni fahsh ishlardan, gunohlardan, yomon ishlardan, shariat va sunnatda bo‘lmagan ishlar qilishdan qaytaradi; “Sizlarga pand-nasihat qilur”, ya’ni sizlarni bu uch narsaga buyurib, bu uch narsadan qaytaradi”. “Shoyadki, ibrat-eslatma olsalaringiz” (Nahl, 90).
164. Usmon, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: “Rasululloh menga do‘st edilar, musulmonchilikni u kishidan uyalganimdan bo‘ynimga oldim. Chunki meni Alloh taologa chaqirardi va Islomni qabul qilgan vaqtimda hali qalbimda Islom qaror topmagan edi. Bir kuni u kishining oldida o‘tirar edim. Shu vaqt mendan yuzlarini o‘girdilar. Go‘yoki birov bilan gaplashayotganday edilar. Keyin men tomonga burilib, aytdilar: “Jabroil tushib menga bu oyatni o‘qidi: “Albatta, “Alloh adolatga, chiroyli amallar qilishga va qavm- qarindoshlarga yaxshilik qilishga buyuradi” (Nahl, 90). Shu bilan juda xursand bo‘ldim. Islom qalbimda qaror topdi. U kishining oldidan turib, amakisi Abu Tolibning oldiga keldim-da, jiyaning oldida edim, bu oyat u kishiga tushdi, dedim. Abu Tolib aytdi: “Muhammadga ergashinglar, najot topasizlar, to‘g‘ri yo‘l tutasizlar. Allohga qasamki, albatta akamning o‘g‘li yaxshi xulqlarga buyuradi. Agar u yolg‘onchi yoki sodiq bo‘lsa ham, sizlarni yaxshilikka chaqiradi. Bu xabar Payg‘ambarga (s.a.v.) yetdi. Uni Islomga kirishini umid qildilar. Abu Tolib bosh tortdi. Keyin bu oyat nozil bo‘ldi: “(Ey
Muhammad!) Aniqki, siz o‘zingiz suygan kishilarni hidoyat qilaolmassiz, lekin
Alloh o‘zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur” (Qasos, 56). Albatta, Alloh taolo bu oyatda silai rahmni zikr qildi.
Boshqa oyatda:
“Agar (imondan) yuz o‘girsangizlar, sizlar yerda buzg‘unchilik qilursizlar va qarindosh-urug‘laringiz (bilan ham aloqalaringiz)ni uzarsizlar! Unday kimsalarni esa Alloh taolo la’natlagandir. Bas, ularning quloqlarini (pand- nasihat eshitishdan) kar, ko‘zlarini (to‘g‘ri yo‘lni ko‘rolmaydigan) ko‘r qilib qo‘ygandir” (Muhammad, 22-23). Ya’ni silai rahmni uzganlarni.
165. Aytildi: Albatta Alloh taolo rahmni yaratib: “Men Rahmonman, sen rahmsan, kim seni uzsa, uzilaman; kimiki senga bog‘lansa, bog‘lanaman”, dedi.
166. “Albatta, rahm arshda osilgandir. Kecha va kunduz “Ey Parvardigor, Sening yo‘lingda kimiki menga bog‘lansa, bog‘langin, kimiki Sening yo‘lingda meni uzsa, uzilgin”.
Hasan Basriy (roziyallohu anhu) aytdi: “Vaqtiki odamlarda ilm ko‘rinib, unga amal qilmasa, til bilan aytishni yaxshi ko‘rishib, qalblari bilan g‘azablanishsa, qarindoshlari bilan uzilishgan bo‘lsa, Alloh ularni la’natlaydi, kar qiladi va ko‘zlarini ko‘rmaydigan qilib qo‘yadi”.
Faqih aytdi, Yahyo ibn Salim bizlarga gapirib berdi: “Makkada biz bilan birga Xuroson ahlidan bo‘lgan bir kishi bor edi. U solih kishi edi. Odamlar unga o‘z omonatlarini qo‘yar edilar. Bir kishi kelib, o‘n ming dirham qoldirdi, keyin u kishi o‘z ishi bilan ketdi. Omonat qo‘ygan kishi xurosonlik kishi o‘lgandan so‘ng keldi va uning o‘g‘lidan, xotinidan molini so‘radi. Ular bu haqda bilishmas edi. U kishi o‘sha kunda Makkada yig‘ilishib turgan ko‘p olimlardan bu masalada savol qildi: “Falonchiga o‘n ming dirham tashlab ketgan edim. U kishi o‘libdi. Xotinidan so‘rasam, bu haqda bilmas ekan. Menga nimani buyurasizlar?” Aytdilar: “Bizlar xurosonlikni jannat ahlidan deb umid qilamiz. Kechaning uchdan biri
yoki ikkinchisi o‘tsa, zamzam qudug‘i oldiga kelgin va mana bu so‘z bilan xabar bergin: “Ey fa-lonchining o‘g‘li falonchi, men omonat egasiman!” Haligi odam kelib uch marta aytdi, hech kim javob bermadi. So‘ngra olimlarning oldilariga kelib, ularga bu xabarni yetkazdi, aytdilar: “Albatta, biz Allohnikimiz va Allohga qaytajakmiz! Bizlar sening do‘sting do‘zax ahlidan bo‘lmog‘idan qarqyapmiz. Endi Yamanga borgin, u yerda bir vodiy bor, uni Barxut deyishadi. U yerda bir quduq bor. Unga chiqqin, kechaning uchdan biri yoki uchdan ikkisi o‘tganda: “Ey falonchining o‘g‘li falonchi, men omonat egasiman!” deb baqirgin... U borib, aytganlarini qilibdi. Birinchi ovozdayoq javob beribdi. “Sho‘ring qursin, seni bu yerga nima tushirdi, sen yaxshilik egasi eding-ku?” deyildi. Aytdiki: “Mening Xurosonda ahli baytlarim, qarindoshlarim bor edi. Ular bilan o‘lgunimcha uzilib ketdim. Alloh taolo bu (azob) bilan ushlab, bu manzilga tashladi. Ammo moling o‘ziday turibdi, men o‘g‘limga omonat qila olmagandim, uyimning falon joyiga ko‘mganman. O‘g‘limga aytgin, seni hovlimga kirgizadi, hovlidagi joyni kavlagin, u joyda molingni topasan”. Haligi odam qaytib kelib, molini qanday topshirgan bo‘lsa, shunday holatda topibdi”.
Faqih aytadi: Agar kishi qarindoshlari orasida bo‘lsa, ular bilan hadya va ziyorat bilan bog‘lanib turishi vojib bo‘ladi. Agar mol bilan rahm qilishga qodir bo‘lmasa, ziyorat qilishlik bilan, ularning ishlaridan yordam berishlik bilan bog‘lansin. Agar buning ham iloji yo‘q bo‘lsa, ular bilan xat orqali bog‘lanib tursin. Agar borishga imkoni bo‘lsa, borishligi afzaldir.
167. “Albatta, mo‘minni xursand qilishlik amallarning afzalidir”. Bilginki, silai rahmda o‘nta maqtalgan xislat bor:
1) silai rahmda Allohning rizosi bor, chunki Alloh taolo shunga buyuradi;
2) ularga (mo‘minlarga) xursandchilik yetkazmoqlik bor, bu haqda xabar kelgan;
3) silai rahm maloikalarning xursandchiligi bor, chunki ular silai rahm bilan xursand bo‘ladilar;
4) silai rahmda musulmonlarga yaxshi maqtov bordir;
5) silai rahmda iblisga g‘am yetkazishlik bordir;
6) umrning ziyoda bo‘lishi;
7) rizqda baraka bo‘lishi;
8) o‘lganlar xursandligi bor, chunki ota-ona, bobolar silai rahmning bog‘lanishi bilan xursand bo‘ladilar;
9) do‘stlikning ziyoda bo‘lishi bor, chunki bir sabab o‘rtaga tushib, xursandchilik yoki g‘amdan to‘planishib, unga yordam beradilar va ularda do‘stlikning ziyoda bo‘lishiga omil bo‘ladi;
10) o‘lgandan keyin ham ajrining ziyoda bo‘lishi bor, chunki qarindoshlar uni o‘lgandan keyin ham duo qiladilar, hamma vaqt yaxshiliklarini eslab yuradilar.
Anas ibn Molik aytdi: “Uch toifa kishi qiyomat kuni Arshning soyasida bo‘ladi: silai rahm qiluvchi, uning umri va rizqi silai rahm bilan ziyoda bo‘lgan edi. Bir xotin eri o‘lib, yetimlari bilan qolib, ularni Alloh behojat qilgunicha tarbiyalasa. Va bir kishiki, taom tayyorlab, yetim-miskinlarga yedirsa”.
168. Hasan Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: “Bandaning farz namozni ado qilishi ular uchun va qarindoshlari bilan silai rahm qilishi uchun yurgan qadamidan ko‘ra Allohga mahbubroq ish yo‘qdir”.
Aytildiki: “Besh narsada davomiylik bo‘lsa, baland tog‘larning cho‘qqisidek yaxshiliklar ziyoda bo‘laveradi. Va Alloh taolo rizqini keng qilib qo‘yadi: kimiki sadaqani davomli qilsa, ko‘p bo‘lsa ham, kam bo‘lsa ham, kimiki qarindoshlikni bog‘lagan bo‘lsa, kam bo‘lsa ham, ko‘p bo‘lsa ham, kimiki Alloh yo‘lida harakat qilishda davomli bo‘lsa, kimiki tahoratda davomli bo‘lsa, suvni isrof qilmasa va kimiki ota-onasiga itoat qilib, itoatda davomli bo‘lsa”.
Alloh subhonahu va taolo bilguvchiroqdir.
XIII bob. Silai rahm bobi
1. Abu Ayyub. “Bir a’robiy Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlariga borib...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (5983/10) va Muslim (13).
2. Abdulloh ibn Avf. «Arafot kechasida Payg‘ambar (s.a.v.) bilan o‘tirgan edik...» Zaif*. Asbahoniy. “At-targ‘ib” (2290) va “Zaiful jome’”ga qarang (1463).
3. Hadis. “Silai rahm savobidan tez keladigan yaxshilik yo‘q...” Sahih*. Ahmad (38,36/15), Termiziy (2511) va Ibn Moja (4211), “As-sahiha” (918)ga qarang.
4. Amr ibn Shuayb. “Bir kishi Payg‘ambarning (s.a.v.) huzurlariga kelib...” Sahih*. Muslim (2 558/4) va boshqalar.
5. Savbon. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Qadar-taqdir duo bilangina o‘zgaradi...” Sahih*. “As-sahihat” (154).
6. Qatoda. “Bizga zikr qilindiki, Payg‘ambar (s.a.v.): “Allohdan qo‘rqinglar va silai rahm qilinglar...” Mursal*. “Zaiful jome’”ga (122) qarang.
7. Hadis. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Qarindoshchilikni bog‘langlar...” Hasan*. Qazo’iy “Ash-shihob”da (654-653) va “As-sahihat” (1777)ga qarang.
8. Usmon ibn Maz’un. “Rasululloh menga do‘st edilar...” Zaif*. Buxoriy, “Al adabul mufrad” va Ahmad (318/1).
9. Hadis. “Albatta, Alloh taolo rahmni yaratib...” Sahih*. Ahmad (194/1) Abu Dovud (1694) va Termiziy (1907).
10. Hadis. “Albatta, rahm Arshda osilgandir...” Sahih*. Muslim (2555/4) Oyisha onamizdan.
11. Hadis. “Albatta, mo‘minni xursand qilishlik...” Hasan*. Ibn Abu Dunyo “Qazoul havoij” (112) va Bayhaqiy “Ash-shu’ab”da (7688, 7679), “As-sahihat” (1494) da keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |