Milliy tarbiya konsepsiyasi i-bob Tarbiya fanini o‘qitishning me’yoriy-xuquqiy asoslari


Tarbiya fanini o‘qitish jarayonida ma’rifatparvar olimlarimizning bu boradagi ma’naviy meroslarini o‘rganish



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə17/20
tarix03.01.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#121943
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Milliy tarbiya konsepsiyasi

2.2 Tarbiya fanini o‘qitish jarayonida ma’rifatparvar olimlarimizning bu boradagi ma’naviy meroslarini o‘rganish
  • Milliy ma’naviyatimizning saqlanib qolishi, yuksalishi va bugungi darajaga
  • yetib kelishida jadidlar deb atalmish ma’rifatparvar bobolarimizning ham o‘rni beqiyos. Ma’rifatparvar pedagog Abdulla Avloniy axloq-odob, demakki, inson ma’naviyati haqida “Turkiy guliston yoxud axloq” nomli yirik asar yozib qoldirgan. Unda tarbiya haqida quyidagi jumlalar keltirilgan: “Janobi Haq insonlarning asl xilqatda iste’dod va qobiliyatli, yaxshi ila yomonni, foyda ila zararni, oq ila qorani ayiradurgan qilub yaratmishdur. Lekin bu insondagi qobiliyatni kamolga yetkurmak tarbiya ila bo‘ladur. “Qush uyasinda ko‘rganin qiladur”. Inson javhari qobildur. Agar yaxshi tarbiya topib, buzuq xulqlardan saqlanub, go‘zal xulqlarga odatlanub katta bo‘lsa, har kim qoshida maqbul, baxtiyor bir inson bo‘lub chiqar. Agar tarbiyatsiz, axloqi buzulub o‘ssa, Allohdan qo‘rqmaydurgan, shariatga amal
    • qilmaydurgan, nasihatni qulog‘iga olmaydurgan, har xil buzuq ishlarni qiladurgan, nodon, johil bir rasvoyi olam bo‘lub qolur”4.
    • Abdulla Qodiriy asarlarida ham milliy ma’naviyatimiz zuhur bo‘lgan.
    • Ayniqsa, adib asarlari orqali o‘z davridagi milliy ma’naviyatning bir qismini tashkil etadigan oila ma’naviyatini ochib berish orqali milliy ma’naviyatimiz portretini chizadi.
    • Ko‘rinadigan narsalarning sababi ko‘rinmaydigan narsalarda. Qattiq narsalarning sababi yumshoq narsalarda. Ma’naviyat – ko‘rinmaydigan, yumshoq kuch. Keling, yuqoridagi ma’naviy qadriyatlarimizning har birini bir ma’naviy minoraga o‘xshatib ko‘raylik.
    • Qadimiy shaharlarimizdagi olamga mashhur minoralar bobolarimizning yuksak ma’naviyatidan moddiy guvohlik berib turishibdi. Shu bugun ham quyosh
    • nurlari ertalab bizga va Buxoro, Samarqand, Termiz, Shahrisabz, Qarshi va Toshkentning zarrin minoralariga tushdi. Demak, ular biz bilan yashayapti. Ular
    • ertaga ham, XXII, XXX asrlarda ham jim, salobat bilan so‘zlaydi: “Bobolaringizning qudratini, yuksak ma’naviyatini bilmoqchi bo‘lsangiz, bizlarga
    • boqing”. Amir Temur hazratlari Oqsaroy peshtoqiga yozdirgan mashhur bashorat bejiz emas ekan-da!5
    • Minora degan so‘z “nur taratib turgan inshoot”, “mayoq” degan ma’noni
    • bildiradi. O‘zbekiston – peshonalariga ezgu g‘oyalar yozilgan mahobatli minoralar mamlakati. Bu minoralar avval bobolarimizning g‘oyalarida, g‘oyalardan qog‘ozdagi chizmalarga, chizmalardan chiqib maydonlarda qad ko‘targan. Samarqand, Buxoro, Xivadagi eng baland minoralarning poydevori 20 metrgacha yer qa’riga kirib ketgan ekan.
    • Minoralar – ham moddiy (arxitektura) ham ma’naviy (yozuvlaridagi ma’no) ob’ekt. Moddiy va ma’naviy qadriyatlarimizdagi bu uyg‘unlik ma’naviy ildizlarimizning qanchalik teranliginini tasdiqlaydi. Bu minoralarni qurish ham “ezgu fikrlarni targ‘ib qilaylik”, degan bunyodkor fikrdan boshlangan. Ya’ni
    • 4 Abdulla Avloniy. Turkiy Guliston yoxud axloq. – T.: O‘qituvchi, 1992.
    • 5 Yuksak ma’naviyat – Sohibqironning yengilmas kuchi. /Mediataqdimot. Milliy g‘oya va mafkura ilmiy- amaliy markazi. Tuzuvchilar: M.Quronov, O.Bozorov. (52). 2014/13. –B. 7.
    • yuqorida keltirganimiz “minora – o‘zidan nur taratib turadigan inshoot, mayoq” degan ta’rifdagi nur bu – ulardagi hikmatlar. Mana shu qisqacha tahlilning o‘zi ham minoralarimiz ularga ko‘zi tushgan, ulardagi ezgu fikrlarni o‘qigan odamlarga ezgu g‘oyalarni yoyuvchi ma’naviy targ‘ibot vositasi bo‘lganini ko‘rsatadi. Chunki mutafakkir ajdodlarimizdan biri Mahdumi A’zam aytganidek, “fikr ko‘rinmaydi, ammo u ko‘rinadigan ulug‘ ishlarni bajaradi”.6
    • Mamlakatimizda amalga oshirilgan mislsiz bunyodkorliklar barqarorlik, osoyishtalik va hamkorlik, o‘zaro hurmat va mehr-oqibat muhiti, vatandoshlarimizning tobora o‘sib borayotgan dunyoqarashi va ongu tafakkuri, huquqiy va siyosiy madaniyati va faolligi kabi ma’naviy tushunchalar zaminida yuksaldi. Ularni ma’naviyat minoralari, deb aytsak, arziydi. Chunki bu minoralar bugun jahon kelib ko‘rayotgan ulug‘ ishlarimizning mezon – mayoqlari bo‘lib xizmat qilmoqda.
    • Xalqimizdagi yuksak ma’naviyat va adolatga intilish tuyg‘usi uning eng
    • murakkab davrlarda ham o‘ta og‘ir sinovlardan o‘tishi, hayotning turli to‘fon va bo‘ronlariga mardona dosh berib, qaddi-qomatini tik tutib yashashiga katta madad baxsh etgan.
    • Turli din va millat vakillariga hurmat, ular bilan bahamjihat yashash, dinlararo bag‘rikenglik, dunyoviy bilimlarga intilish, o‘zga xalqlar ilg‘or tajribalari va madaniyatini o‘rganish kabi xususiyatlar ham o‘zbek xalqida azaldan mujassam. Shu bilan birga, milliy xarakterga xos bo‘lgan muruvvat, andisha, or-nomus, sharmu hayo, ibo-iffat kabi betakror fazilatlar, o‘zbek xalqini ko‘p jihatdan ajratib turadigan mehmondo‘stlik, bag‘rikenglik, oqko‘ngillik xususiyatlari ham ma’naviyatning ildizlarini tashkil etadi. Ana shu ildiz qirqilsa, ma’naviyat daraxti sekin-asta quriy boshlaydi. Ma’naviyatsiz el esa qaramlikka mahkum bo‘ladi. Shunday ekan, biz ma’naviyatimizni uning borligicha asrashga va ildiziyu tanasini mustahkamlashga harakat qilib, “ma’naviy mineral” o‘g‘itlarga boy suv bilan sug‘orib turishimiz lozim.
    • 6 To‘raev B.O. Mahdumi A’zam – mutafakkir. –T.: Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2013. –B. 23.
    • Bundan tashqari, hozirgi murakkab dunyoda O‘zbekistonni o‘z ta’sir doirasiga tortishga urinuvchi kuchlar amalda bizni qadimiy ildizlarimizdan uzib tashlashga yo‘naltirilgan ma’naviy tajovuzlarni kuchaytirmoqdalar. Bunday kuchlar bizning mahalliy sharoitimiz, an’ana va qadriyatlarimiz, minglab yillik tariximizni, ma’naviyatimizning milliy-etnik asoslarini bilmasdan turib, o‘z fikrini o‘tkazishga harakat qiladilar. Bunday intilishlar negizida, albatta kimningdir manfaati turadi. Jahon tarixi shundan dalolat beradiki, o‘z milliy an’analari, qadriyatlari, tomirlari va asoslaridan uzilmagan, o‘z qadr-qimmati va g‘ururini saqlay oladigan davlat va millat o‘z murod-maqsadiga yetadi.
    • Shu sababdan ham, istiqlol yillarida ma’naviy tiklanishning ijobiy, bunyodkorlik mohiyatini kuchaytirishga qaratilgan, bir-birini to‘ldiradigan siyosiy, iqtisodiy va madaniy dasturlar majmui ishlab chiqildi. Ushbu dasturlar qayta tiklanayotgan merosga farqlab yondashishga, eng muhim, umuminsoniy qadriyatlarni boyitadigan hamda jamiyatni yangilash talablariga javob beradigan, ma’naviy jihatdan ahamiyatli urf-odat, marosim, an’analarni tanlab olish zaruriyatiga asoslangan.
    • Xalq ma’naviyatini, millat ma’naviyatini sun’iy ravishda, qandaydir o‘ylab topilgan aqidalarga, dogmalarga tayanib, yuzaga keltirib ham, keskin o‘zgartirib ham bo‘lmaydi. Chunki ma’naviyat tushunchasining mazmuni bir kunda, bir yilda, hatto bir asrda shakllanadigan narsa emas, u har bir xalqning juda uzoq tarixi qa’ridan oziq olib, teranlik kasb etib keladi.
    • Islom Karimov xalq ma’naviyatini yuksaltirish deganda nimani ko‘zda
    • tutganini hali mustaqillikka erishmasimizdan – 1990 yili O‘zbekiston Prezidenti sifatidagi birinchi nutqidayoq ochiq-oydin bayon etgan edi. U ushbu ma’ruzasida inson ruhiyatining nozik va murakkab tomonlari bilan, “xazinalarga to‘la milliy- tarixiy an’analar bilan, umuminsoniy ma’naviy boyliklar bilan hisoblashmaslik” yaqin o‘tmishimizda jamiyatga qanchalar zarar keltirganini qayd etib, yangicha vazifalarni olg‘a surgan edi:
    • “Birinchi navbatda milliy madaniyatimiz, xalq ma’naviy boyligining ildizlariga e’tibor berish lozim. Bu xazina asrlar davomida misqollab to‘plangan.
    • Tarixning ne-ne sinovlaridan o‘tgan. Insonlarga og‘ir damda madad bo‘lgan. Bizning vazifamiz – shu xazinani ko‘z qorachig‘imizdek asrash va yanada boyitish, so‘zda emas, amalda har bir kishining vijdon erkinligini, e’tiqodining erkinligini ta’minlashimiz kerak”7.
    • Hech bir xalq dunyoda yakka yashamaydi, yolg‘izlikda rivojlanmaydi ham. Elat va millatlar doimo o‘zaro turlicha munosabatda bo‘ladilar va tarix davomida bir-biriga ta’sir o‘tkazib, o‘zlarini ham, o‘zgalarni ham ma’naviy boyitib boradilar. Ammo hech qachon, hech bir xalq o‘zligidan butkul kechib, boshqa xalq ma’naviyati hisobidan o‘zini boyita olgan emas. Yakka shaxs butkul o‘zga ma’naviy muhitda tarbiya topib, unga to‘liq moslashishi mumkin. Bu – inson tabiatiga xos narsa. Ammo bir xalq to‘lig‘icha o‘zligidan kechib, o‘zga xalq ma’naviy dunyosini qabul qilsa, demak, unday xalq yo‘q bo‘ladi, o‘z ma’naviy qiyofasini yo‘qotgan millat esa yo‘qolgan millatdir. Shu sababli ham milliy mustaqillik poydevorini ma’naviy muctaqillik tashkil etadi, deymiz. Milliy ma’naviyatning takomili o‘sha millatga mansub har bir shaxsning ma’naviy kamoloti bilan bevosita bog‘liq va ushbu zaminga tayanib yuksaladi.
    • Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Bu aksioma. Hech qachon isbot talab qilmaydi. Uning har bir so‘zi tushunarli. Shunday bo‘lsa-da, bu haqda qisqacha to‘xtalish joiz.
    • O‘zbek tilining izohli lug‘atida yuksak so‘zining ikkita ma’nosi mavjudligi yozilgan:
    • Baland, yuqori.
    • Yuqori darajadagi, oliy.
    • Yuksak ma’naviyat birikmasida aynan ikkinchi ma’nosi nazarda tutilgan. Ya’ni yuqori darajadagi, oliy maqomdagi ma’naviyat, degan ma’no anglashiladi. Demak, ma’naviyat insonda turli xil darajada bo‘lar ekan: past, o‘rta, yuqori.
    • Insondagi ma’naviyat darajasini qanday aniqlash mumkin?
    • Oddiyroq qilib aytadigan bo‘lsak, xalq orasidagi “bama’ni yigit”, “bema’ni odam” kabi iboralar aslida odamlarning ma’naviyat darajasiga xalq tomonidan
    • 7 Karimov I.A. Istiqlol va ma’naviyat. –T.: O‘zbekiston, 1994. –B. 65-66.
    • berilgan bahodir. Agar ma’naviyati yuqoriroq kishi bo‘lsa, unga nisbatan bama’ni (ya’ni ma’naviyat mezonlariga mos, ma’naviyati bor), aksincha, ma’naviyati past bo‘lsa, unga nisbatan bema’ni (ya’ni ma’naviyatlilik mezonlariga mos emas, ma’naviyati yo‘q, ma’naviyatsiz) degan ibora qo‘llanadi.
    • Xo‘sh, bu bo‘linish odamlarning qaysi xususiyatlariga qarab ajratiladi?
    • Bu ularning axloq-odobi, insoniyligi va eng asosiysi, o‘zlaridagi mavjud
    • fazilatlar orqali ajratiladi. Ya’ni insonlardagi yaxshi fazilatlarning qanchalik ko‘p yoki kam ekani bilan ularning ma’naviyatlilik darajasi o‘lchanadi.
    • Fazilat (arabcha “afzallik”, “ijobiy xislat”, “ezgu ish”) – ijobiy xislat, yaxshi
    • xulq yoki xususiyat. Ana shu ijobiy xislatlarning har birini imoratning bitta qavati deb olib, har bir fazilatni boshqasining ustiga qo‘yib chiqamiz. Natijada esa, qavatlar soni ko‘payib, bino yuqorilab, yuksaklikka bo‘y cho‘zib boradi. Nafaqat yuksaklikka bo‘y cho‘zadi, balki yorug‘likka yuz tutib, quyosh nuridan bahra olish imkoniyatlari yanada ortadi. Atrofni ko‘ra olish xususiyati ham ortadi. Uzoq- uzoqlarni ko‘ra oladi. Qancha yuksalib borsa, atrofini shuncha keng qamrab oladi. Xavf-xatarni oldindan sezadi va unga qarshi immunitetini hozirlaydi. Bu binoning nomini ma’naviyat, deb ataylik. Demak, fazilatlar qancha ko‘p bo‘lsa, imorat, ya’ni ma’naviyat shuncha yuksalib boraveradi.
    • Fazilatlari ko‘p bo‘lgan, kamolotga intilgan odamni eng toza, yarqiragan ko‘zguga o‘xshatishimiz mumkin. U qorong‘ulikda, xiralikda yurgan odamlarga
    • quyoshning nurini yetkazib berishga, ularning yo‘lini yoritishga xizmat qiladi. Ana shu sababli ham ular ziyoli kishilar, ya’ni ziyo, nur taratuvchi kishilar deyiladi.
    • Insonning ma’naviyatini yemirib boradigan, fazilatlarning aksi, ziddi, dushmani bu – illat (kasallik, dard; kamchilik, nuqson; sabab). Illatni zaxga, sho‘rga,
    • zamburug‘ga o‘xshatish mumkin. Uning bittasi ham ko‘p. Chunki bitta illat biz
    • yuqorida majoziy ma’noda, shartli ravishda atagan imoratimizning kuchini yo‘qotib, qavatma-qavat cho‘kib borishiga olib keladi. Ya’ni illatlarning soni ko‘payib, fazilatlarni yemirib boradi va bunday shaxs ma’naviy tubanlikka yuz tutadi. Uning imorati cho‘kib, jarlik hosil qilishi ham hech gap emas. Jarlik esa zim-ziyo. U yerdan hech narsa ko‘rinmaydi. Har qanday balo-qazo o‘sha joyga boradi. Ham
    • qorong‘ulik, ham chuqurlikda bo‘lgan odam esa na atrofni va na uzoqni ko‘ra oladi. Aksincha, bir o‘zi qolishdan qo‘rqqandek, atrofidagilarni ham ana shu chohga tortaveradi. Balki o‘zi bu chohdan chiqish uchun yon-veridagilardan foydalanmoqchi bo‘lar. Lekin bunday qilish o‘rniga uning ham jarga qulashiga sababchi bo‘ladi, xolos. Bunday odam xuddi suvda cho‘kayotgan kishini eslatadi.
    • Fazilatlar yosh yigit-qizlarda o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmaydi. U
    • tarbiyalash, tushuntirish, ko‘rsatish va o‘rgatish orqali orttiriladi. Tarbiya esa bu insondagi fazilatlar sonini ko‘paytirishga qaratilgan jarayondir. Shu ma’noda, xalq orasidagi tarbiyali, axloqli, odobli, ma’naviyatli, bama’ni, ma’nili, adabli, tartib- intizomli kabi so‘zlar sinonim so‘zlardir. Axloqli odam odobsiz bo‘lolmaydi, odob- axloqsiz odamni esa ma’naviyatli deyolmaymiz. Bularning barchasi bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan so‘z va tushunchalardir.
    • Bu tushunchalar kecha yoki bugun paydo bo‘lgani yo‘q. Ular odamzodga ming, million yillardan buyon tanish. Ular haqida qadim-qadimlardan bobokalonlarimiz, buyuk ajdodlarimiz – Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abu-l-Qosim Mahmud Zamaxshariy, Abu Mansur Moturidiy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Burhonuddin Marg‘inoniy, Alisher Navoiy, Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur, ma’rifatparvar bobolarimiz Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitratu Mahmudxo‘ja Behbudiylar o‘z fikrlarini bildirib, inson kamoloti, ma’naviy yetukligi haqida qayg‘urib kelishgan. Jumladan, “Avesto” kitobida, turkiy tosh bitiklarda, hadisi shariflarda, Amir Temur “Tuzuklar”iyu Alisher Navoyning shoh asarlarida, Abdulla Avloniyning tarbiyaviy-pedagogik asarlaridan aynan ma’naviyat, axloq-odob va tarbiya masalalari, insonga xos fazilatlarning mazmun-mohiyati haqida ko‘plab ma’lumotlar olishimiz mumkin.
    • Buyuk allomalarimiz, ma’rifatparvar bobolarimiz va bugungi kunning har jihatdan yetuk shaxslari fazilatlarning barchasiga ega bo‘lish eng oliy saodat ekanini ta’kidlash bilan birga, ularning eng saralari haqida o‘z asarlarida yozib qoldirganlar. Masalan, zardushtiylikning muqaddas kitobi hisoblanmish “Avesto” kitobida barcha insonlar ezgulikka chorlanib, undagi asosiy g‘oya ham “Ezgu o‘y, ezgu so‘z, ezgu
    • amal” deb nomlanadi.“Avesto”da ezgulik xudosi Axura Mazda haqida yozilgan. Axura iloh, xudo, degani. Mazda so‘zining ma’nosi “bilim”, “bilimdonlik”, “donolik”, “donishmand”, “oqil” mazmuniga to‘g‘ri keladi. Demak, bu kitob insonlarni bilimdonlikka, donolikka, oqillikka chorlagan.
    • VIII-IX asrlarda “O‘g‘uznoma”, “Kultegin bitiklari”, “To‘nyuquq bitigi”, “Bilka qog‘on bitigi” singari yirik tarixiy-badiiy asarlar ajdodlarimiz ma’naviy kamolot darajasi va tarbiyaga bo‘lgan e’tiborini aks ettiradi.
    • Bilka qog‘on ermish, Alp qog‘on ermish,
    • Buyruqchilari ham bilka(bo‘lg‘on bo‘lsa) ermish, Alp bo‘lgan bo‘lsa ermish.
    • Beklari yana, buduni yana to‘g‘ri ermish, Shuning uchun ancha qo‘l tutgan bo‘lsa ermish.
    • Demak, hukmdorning asosiy fazilati bilimli, farosatli, shu bilan bir paytda,
    • shijoatli va mard bo‘lsa, lashkarboshilar, amaldorlar ham shunday bo‘lsa, beklar, oddiy fuqarolar millat va Vatanga sodiq, to‘g‘riso‘z, gapi bilan amali bir joydan chiqadigan bo‘lsa, mamlakat yuksalar, el farog‘atda yashar ekan8.
    • Islom dini ta’limoti bo‘yicha Qur’ondan keyin turadigan ikkinchi muqaddas manba – hadis. Hadislar Muhammad payg‘abarning hayoti va foliyati, shuningdek, diniy va axloqiy ko‘rsatmalarini o‘z ichiga oladi. Ularda islom, imon va ibodatning tartib-qoidalari hamda ularni mukammal bajarishga da’vat etish bilan birga insoniy fazilatlar ham keng targ‘ibu tashviq qilinadi, insoniylik sha’niga dog‘ tushiradigan razil sifatlar – illatlar qoralanadi. Masalan, quyidagi hadislar shular jumlasidandir:
    • Mo‘minlarning afzali xulq-atvori yaxshilaridir.
    • Mo‘min kishi o‘zining yaxshi xulqi bilan kechasi qoim (ibodat qiluvchi) va kunduzi soimlar (ro‘za tutuvchi) darajasiga erishadi.
    • Sizlarning eng yaxshilaringiz umringiz uzun bo‘lib, savob ishlarni ko‘p qiladiganlaringizdir.
    • 8Imomnazarov M. Milliy ma’naviyat asoslari. – T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2006. – B. 103.
    • Ota-onaning farzandlariga qoldiradigan eng yaxshi merosi ularning odob- axloqidir.
    • Osonlashtiringlar, qiyinlashtirmanglar! Xushxabar aytinglar, qiziqtiringlar, nafratlantirib qo‘ymanglar (o‘zingizdan bezdirmanglar)!9
    • Amir Temur o‘z “Tuzuklar”ida: “Garchi ishning qanday yakunlanishi taqdir pardasi ortida yashiringan bo‘lsa ham, aqli raso va hushyor kishi mulohazakorlik,
    • tadbir va kengashga tayanishi lozim”, – deydi va “Azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor,
    • mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz va loqayd kishidan afzaldir”, degan xulosaga keladi. Bundan odob, ilm Amir Temur uchun ham mayoq – minor bo‘lgani, loqaydlik qoralangani va bu uning muvaffaqiyatlari kaliti bo‘lgani ayon bo‘ladi.
    • Qadimgi ajdodlarimiz komil inson haqida butun bir axloqiy talablar majmuasini, zamonaviy tilda aytsak, sharqona axloq Kodeksini ishlab chiqqanlar.
    • Kishi qalbida haromdan hazar, nopoklikka, adolatsizlikka nisbatan murosasiz isyon bo‘lishi kerak”10.
    • Demak, ezgulik har zamonu har makonda dolzarb bo‘lgan, insonlarni bunyodkorlikka, taraqqiyatga chorlagan. Ma’naviyat esa barcha ezguliklar
    • manbaidir. Bugun yuksak ma’naviyat haqida ko‘p va xo‘p gapirilmoqda. Haqli
    • ravishda “ma’naviyat yuksak bo‘lmasa, bo‘lmaydimi”, degan savol paydo bo‘ladi. Biz globallashuv davrida yashamoqdamiz. Dunyoda sodir bo‘layotgan voqea- hodisalar haqida zum o‘tmay barcha xabardor bo‘lishi mumkin. Demakki, tashqi tahdidlar, yot ta’sirlar ham oz fursatda dunyoning turli burchaklariga yetib borishi mumkin. Shunday ekan, har birimiz uchun yuksak ma’naviyatning shakllangani mustahkam mafkuraviy immunitet ta’minlanganidan dalolat beradi.
    • 9 To‘liqroq ma’lumot olish uchun qarang: Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy. Sahihi Buxoriy.
    • –T.: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2008. –B. 20-33.
    • 10Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. –T.: O‘zbekiston, 1996. –B. 39.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin