Moliya va kredit



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə1/101
tarix02.12.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#137056
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101
Moliya va kredit


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAХSUS TA’LIM VAZIRLIGI
DAVLAT SOLIQ QO‘MITASI
SOLIQ AKADEMIYASI
MOLIYA VA KREDIT”
kafedrasi
«INVESTITSIYALARNI TASHKIL ETISH VA MOLIYALASHTIRISH» fanidan
MA’RUZALAR MATNI


Toshkent-2016 y


KIRISH
Milliy iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirishish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, asosiy ishlab chiqarish fondlarini modernizatsiya qilish, texnik qayta ta’mirlash, ishlab chiqarishda zamonaviy texnologiyalarni qo’llash va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va shu orqali mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashda “Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish” fani muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu fanning maqsadi – investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati, investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari, investitsiyalarni jalb etish, davlat investitsiya dasturini shakllantirish, investitsiya loyihalarini baholash bo’yicha yo’nalishga mos bilim, ko’nikma va malaka shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi – talabalarga investitsiyalar, ularning turkumlanishi hamda investitsiyalarni moliyalashtirishda munosib investitsiya loyihalarini tanlab olishga o’rgatishdan iborat.
“Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish” fani asosiy ixtisoslik fan hisoblanadi. Dasturni amalga oshirish uchun o’quv rejasida rejalashtirilgan “Iqtisodiy nazariya”, “Pul, kredit va banklar”, “Makroiqtisodiyot”, “Davlat byudjeti”, “Mikroiqtisodiyot”, “Korporativ moliya”, “Moliyaviy tahlil” fanlaridan etarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlik talab etiladi.
“Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish” fanining ishlab chiqarishdagi o’rni aynan investitsiyalarni amalga oshirish uchun maqbul loyihalarni tanlab olish, ularni moliyalashtirishning optimal variantlarini ishlab chiqish, loyihani amalga oshirish bilan bog’liq risklarni boshqarishda namoyon bo’ladi.
Shu bilan birgalikda iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida har qanday xo’jalik yurituvchi sub’ektning investitsiya resurslariga bo’lgan ehtiyojining ortib borishi mazkur fanning ishlab chiqarishdagi yuqori ahamiyatga ega ekanligini belgilab beradi.
Talabalarning “Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish” fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga ega. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallardan foydalaniladi. Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarida aqliy hujum, klaster, amaliy ish o’yini, portfolio, keys-stadi, didaktik o’yinlar, shuningdek, kompyuter dasturlaridan ("Project Expert 7", Microsoft Excel,
Microsoft PowerPoint, TopS Business Integrator, Hyperion Enterprise, WebTrust, SysTrust), slaydlardan, multimediya vositalaridan, internet sahifalari va tizimlaridan foydalaniladi.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin