6-jadval
Yordamchi
so„z turi
Sof yordamchi so„z
o„shimchasi-
mon yordamchi
so„z
Yarim
yordamchi so„z
Ko„makchi
kabi, singari, sari,
sayin, dovur, uchun,
orqali
-dek, -day,
dayin, -cha
old,
oldin,
orqa,
qarshi, avval, bo„ylab,
ko„ra, qarab, tomon
Bog„lovchi
va, hamda, ammo,
lekin, biroq, chunki,
shuning uchun, agar,
go„yo, toki, basharti,
garchi, xoh, dam, yoki,
yoxud, yo
-ki, (-kim),
-u, -yu, -da
vaqtida, bir, ba‟zan,
gоhida
Yuklama
axir, xatto, faqat, ham,
naq, go„yo, go„yoki,
atigi
-mi, -ku, - gina, -u, -
yu, - da, -a, -oq, (-
yoq), -dir
yolg„iz, ba‟zan, bir
Jadvaldan ko„rinib turganidek, yordamchi so„zlar salmog„i mustaqil so„zlar hisobidan ortib
boradi. Yordamchi so„zlarning boyishida yana bir yo„l ularning ichki tomondan bir turdan ikkinchi turga
o„tishidir, aniqrog„i, “oraliq hodisa” xususiyatiga ega bo„lgan ko„makchi-bog„lovchi, bog„lovchi-
yuklamalarning mavjudligi. Masalan, bilan, deb, deya kabilar ko„makchi-bog„lovchilardir. Ushbu
ko„makchilarning bog„lovchi vazifasida kelishi ancha keng tarqalgan hodisadir. Ammo lekin bu ishni
paysalga solish yaramaydi gapida bog„lovchi-yuklama qo„llanilgan, ya‟ni ammo bog„lovchisi
kuchaytiruv yuklamasi vazifasida kelgan.
Bugungi kunda yordamchi so„zlarni har tomonlama o„rganish, ularni lisoniy tahlil qilish ishlari
tilshunosligimizda davom etmoqda.
Ko„makchilar yordamchi so„zlarning bir ko„rinishi sifatida. Turkiy tillarda (jumladan, o„zbek
tilida ham) ko„makchilar ko„p yillardan buyon tilshunoslarning tekshirish manbai bo„lib kelmoqda.
O„zbek tilidagi ko„makchilarga birinchi bo„lib mukammal ta‟rifni A.N.Kononov bergan: “Ko„makchilar
shunday bir gruppa so„zlarki, ular ot bilan yoki ob‟ekt bilan predikat orasidagi qurol – vosita, maqsad,
sabab, payt, masofa, yo„nalish, o„xshatish kabi munosabatlarning yaratilishida xizmat qiladi”.
Sh.Shoabdurahmonov ham o„zining “YOrdamchi so„zlar” asarida ko„makchilarga xuddi shunday ta‟rif
bergan: “Ko„mak-chilar ob‟ektning ob‟ektga yoki ob‟ektning predikatga bo„lgan turli grammatik
munosabatlarini ko„rsatuvchi yordamchi so„zlardir”. Darhaqiqat, ko„makchilar orasidagi tobe
munosabatni ifodalash va kelishik ma‟nolarini aniqlash, to„ldirish uchun xizmat qiladi. Shu xususiyati
bilan ko„makchi bog„lovchi va yuklamalardan farq qiladi. Ko„makchilar ma‟no va vazifa jihatidan
kelishik qo„shimchalariga yaqin turadi. Shuning uchun ba‟zan kelishik shakllaridan anglashilgan ma‟no
ko„makchi bilan ham ifodalanadi (Mashinada keldim - mashina bilan keldim. Ukamga oldim- ukam
uchun oldim kabi). Lekin bular kelishik affikslariga qaraganda ma‟noni aniq, konkret ifodalaydi.
|