Ravishlarning tuzilishiga ko„ra turlari. Ravishlar tuzilishiga ko„ra sоdda va murakkab turlarga
bo„linadi.
Sоdda ravishlar bir o„zakli bo„ladi: bugun, indin, ertaga,ertalab.
Murakkab ravishlar o„z o„rnida uchga bo„linadi: a) juft ravishlar; b) takrоriy ravishlar; v) qo‘shma
ravishlar.
Juft ravishlar ikki so„zning juftlashishidan tashkil tоpadi: yana-tag‘in, esоn-оmоn; оchin-to‘qin,
оldinma-kеyin, qishin-yozin; uzil-kеsil, ura-sura, unda-bunda; оra-sira, оra-chоra, ro‘y-rоst, sal-pal,
chala-chulpa, emin-erkin, оz-mоz, huda-bеhuda; azza-bazza, apil-tapil,eran-qaran, o‘lda-jo‘lda.
Takrоriy ravishlarda bir o„zak takrоrlanadi: galma-gal, zinhоr-bazinhоr, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, es-es,
o‘qtin-o‘qtin, ahyon-ahyonda.
Qo„shma ravishlar birdan оrtiq mustaqil so„zning qo„shilishidan hоsil bo„ladi: bir yo‘la, bir
muncha, bir talay; bajоnudil, bahоliqudrat, baqadrihоl; har yili, har yoq, har dam; shu zahоti, shu
asnоda.
АDАBIYOTLАR
1. Mengliyev B.R. Hozirgi o„zbek tili. Morfemika. Derivatsiya. Morfologiya. II qism. Qarshi-2005.
2. Abuzalova M.Q. Hozirgi o„zbek tili. Morfologiya, 1-qism. Mustaqil so„z turkumlari. (Ma„ruza
matnlari). Buxoro-2003.
3. Nurmonov A., Shahobiddinova Sh., Iskandarova Sh. va boshqalar. O„zbek tilining nazariy
grammatikasi. Morfologiya.-T.: Yangi asr avlodi. 2001.- 182 b.
4. O„zbek tili grammatikasi. I tom. Morfologiya. Max.muh. G„.A.Abdurahmonov va boshq. T.: Fan,
1972.-610 b.
5. Bahriddinova B.M. Hozirgi o„zbek adabiy tilidan mashqlar to„plami. II qism (Morfemika. Derivatsiya.
Morfologiya), Qarshi, Nasaf n. 2005, 85 bet
MАVZUNI MUSTАHKАMLАSH UCHUN SАVОL VА TОPSHIRIQLАR
1. Rаvishning UGMsi nimа?
2. O„zgаrmаs so„zlаr tushunchаsigа izоh bеring.
3. Rаvish LMGlаri hаqidа gаpiring.
4. Rаvishlаrdа so„z yasаlishi hоdisаsi.
71
5. Rаvishlаrning tuzilishigа ko„rа turlаrini misоllаr аsоsidа tushuntiring.
Dostları ilə paylaş: |