Mov. T.: Yangi asr avlodi, 2015. 336 b



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/107
tarix28.04.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#125980
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   107
f229f7ed2e8f42677ceb9ddb16a80b18 Dunyoning ishlari

 
 
MUHABBAT
Uzoq, entikib o‘pishdilar. Qizning soch tolalari 
Tirkashning yuziga tegib turar, allanechuk nota-
nish, ammo totli is anqir, uning butun vujudi ta-
rang tortilib, oyoqlari titrar, qizning ham yelka-
lari bilinar-bilinmas silkinayotganini his qilib tu-
rardi. To‘satdan qiz siltanib qaddini rostladi-yu, 
zarb bilan itarib yubordi uni.
Tirkash laylak qilib qo‘yilgan aravaga suyanib 
qoldi. U hamon o‘ziga kelolmas, allaqanday ichki 
bir to‘lqin borgan sayin qattiqroq jo‘sh urardi.
– Dadam so‘yib tashlaydi, – dedi qiz to‘zib ket-
gan sochlarini kafti bilan tekislarkan. Ammo da-
dasidan hech qachon hayiqmaganligi, bundan 
keyin ham hayiqmasligi uning ovozidan bilinib 
turardi.
Tirkash aravadan uch-to‘rt qadam narida, 
maysalar ustiga tashlab qo‘yilgan bir parcha 
namat ustida uxlab yotgan cholga qaradi. Chol 
ola-bula xurjunga boshini tashlab, oyoqlarini 
kerganicha, chalqancha yotar, qorong‘ida yuzi 
aniq ko‘rinmasdi. Undan ham nariroqda bir tup 
do‘lananing to‘kilgan xazonini shitirlatib, shar-
paday qop-qora eshak o‘tlab yurardi.
Tirkash qaddini rostlab, qizga tikilib qoldi. 
Uning katta-katta ko‘zlari yonib turar, uzun-uzun 
kipriklari, qirra burni qorong‘ida yanayam jozibali 
ko‘rinar, Tirkash hali ham hayajonini bosib 
ololmas edi. Ikkovlari anchagacha jimib qolishdi. 
Arslonbobo tog‘ining cho‘qqisi yonib ketdi. Zum 
o‘tmay dum-dumaloq to‘lin oy chiqdi. Chor at-


O‘tkir Hoshimov
306
rofga nur aralash sukunat seli quyilganday, 
hamma yoq jimjit bo‘lib qoldi. Yaproqlari to‘kila 
boshlagan do‘lana soyaday qorayib ko‘rinar, 
havoda xazon, g‘o‘zapoya isi anqirdi.
Qiz sochini qaytadan o‘rib, orqasiga tashladi. 
Tirkashning yoniga keldi-da, niholday nozik gav-
dasini egib, arava ichidan paxtalik nimcha olib 
kiydi. Tirkashga bir qarab qo‘ydi-yu, oyoqlarini 
osiltirib, aravaga o‘tirib oldi. U endi hamma nar-
sani unutganday, Tirkashni ko‘rmayotganday 
edi. Boshini baland ko‘tarib, oyga tikilib o‘tirar, 
chehrasida beparvolik ko‘rinib turardi. Boyagi 
to‘lqin yana jo‘sh urib ketdi. Tirkash nima qilayot-
ganini o‘zi ham sezmay, tiz cho‘kib, qizning oyoq-
laridan mahkam quchoqlab oldi.
– Dilor, ketma. Iltimos qilaman, yalinaman... – 
U qizning tizzasiga bosh qo‘ydi. Negadir shu tob-
da qizning qo‘llari sochini silashini kutar, orzu 
qilardi. Dilor egilib uning yelkasidan itardi.
– Ket bu yerdan!
– Tushunsang-chi, axir, qayoqqa borasan?! Ni-
ma ga borasan? – Tirkash qizning oyoqlarini mah-
kamroq qisib iltijo bilan bosh chayqadi. – Yo‘q 
dema, Dilor. Ikkalamiz birga ishlaymiz. Sen ni-
mani xohlasang...
– Ket, men uxlayman! – Dilor tag‘in uning 
yelkasidan itardi.
Tirkash qizning chimirilgan qoshlariga, qat’iyat 
bilan qimtilgan lablariga qarab, endi gapirish or-
tiqcha ekanini tushundi. Asta qaddini rostlab, 
boshini quyi soldi. O‘ziga ham erish tuyilgan past 
ovozda pichirladi:
– Ketib qolmanglar, tongotarda kelaman.
Shartta burildi-da, tasmaday oqarib yotgan 
tuproq ko‘chadan soyasini bosib, chopib ketdi. 


Dunyoning ishlari
307
Oy koptokday sakrab-sakrab unga ergashib ke-
layotgandek bo‘lar, qishloq tomondan itlarning 
akillagani eshitilar, soy shovillar edi. Qir usti-
ga chiqqanida old tomondan qishloq chiroqlari 
ko‘rindi. U to‘xtab qoldi. Orqasiga burilib qara-
di. Pastlikda, yo‘l yoqasidagi o‘sha bir tup do‘la-
na qorayib ko‘rinar, Dilor ham, otasi ham daraxt 
ko‘lankasi tagida qolib ketgandi.
Tirkash tez yurganidan nafasi qisib, terlab ket-
ganini endi sezdi. Ko‘ylagini yechib yelkasiga tash-
ladi-da, tag‘in qishloq tomonga qaradi. Katta yo‘ldan 
nur zanjiri bilan bog‘lanib qolganday qator-qa-
tor mashinalar o‘tib borardi. «Punktga paxta olib 
ketishyapti», deb o‘yladi u. Birdan ko‘ngli cho‘kdi. 
«Yo‘q! – dedi u pichirlab. – Hech qayoqqa bormay-
man. Bormayman! Uyga ham, Dilorning oldiga 
ham. Hech nima kerakmas menga, hech nima!»
U ko‘ylagini yerga tashlab, qurib, sarg‘ayib qol-
gan ko‘katlar ustiga o‘tirdi.
«Nima bo‘lyapti o‘zi? Qayoqdanam shu qizni 
uchratdim?! Nahotki endi hamma narsadan – 
uyim, qishlog‘im, otamdan ayrilsam? Nahotki 
endi Tentaksoydan bir umr bosh olib ketsam? 
Nima bo‘lyapti o‘zi?»
U diqqat bilan quloq sola boshladi. Bu safar 
soyning shovillashi aniq eshitildi. Keyin xo‘rozlar 
cho‘zib-cho‘zib qichqira boshladi. Ehtimol, ular-
ning hovlisidagi tojdor xo‘roz ham qo‘noqda turib 
bo‘ynini cho‘zgancha jo‘r bo‘layotgandir. Ehtimol, 
Qosim ota xirmondan qaytib, uning kelishini 
kutib, supada nos chekib mudrab o‘tirgandir.
Tirkashning xayolida Qosim otaning oppoq 
qoshi ostidan o‘ychanlik, muloyimlik bilan boqib 
turgan ko‘zlari, so‘lg‘inroq, ammo nuroniy yuzi, 



Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin