Dunyoning ishlari
315
lib kinoya bilan ovozini pasaytirdi. – Kim qo‘yibdi
senga duch kelgan qizga ergashib yurishni? Bor,
qishlog‘ingga boraver! Sen bilan ishim yo‘q. Men
bilan ham ishing bo‘lmasin!
Dilor tuproq yo‘ldan pastga qarab chopib ket-
di. Tirkash uning shamolda hilpirab uzoqlashib
borayotgan ko‘ylagini ko‘rib turar, ammo nima
bo‘layotganiga hali ham tushunolmasdi. U bir
nafas
ikkilanib turdi-da, qizning ketidan yugurdi.
Tepaning yarmiga borganda, halloslab yetib olib,
qo‘lidan tortdi.
– Dilor!
– Qoch! – qizning ko‘zlari nafrat bilan yonib tu-
rardi.
– Ketma, Dilor!
– Qoch, laycha!
Birdan Tirkashning vujudi muzlab qoldi. Bo-
yagi qaynoq hislar o‘rnini allaqanday yovvoyi
kuch egalladi-yu, tarsakilab yubordi uni.
– Yo‘qol, – dedi xirillab, – yo‘qol!
U Dilorning kafti bilan yuzini ushlab qolgani-
ni ko‘rdi. Keyin keskin burildi-da, qishloq yo‘lini
mo‘ljallab chopib ketdi. Bir marta ham orqasiga
qaramadi.
Arslonbobo cho‘qqisidan qip-qizarib oy chiqib
kelar, tuproq yo‘l oqarib ko‘rinar, Tirkashning
soyasigacha qaltirardi.
IV
Qish erta tushdi. Hali g‘o‘zapoyalar yig‘ishtirib
olinmasdan qor yog‘di.
Ertasiga havo charaqlab
ochilib ketdi.
Tirkash qor ko‘rpasiga burkanib endigina uy-
quga ketgan yerni cho‘chitib traktor haydar, qor
O‘tkir Hoshimov
316
bosgan dalalar oftob nurida ko‘zni qamashtirib
yarqirar, yakkam-dukkam g‘o‘zapoyalar taqdiri-
dan noliganday shumshayib turardi. Traktor hali
yaxlamagan dalada
yengilgina suzib, muzyorar
kemaday orqasidan qop-qora iz qoldirib borardi.
U tushlikka chiqish uchun motorni o‘chirib,
kabinadan sakrab tushdi-yu, paykal boshida-
gi tutzor yonida turgan qizni ko‘rib qoldi. Boya,
motorga suv quyayotganida ham ko‘rganday
bo‘lgandi. Qiz sariq paxtalik kiyib, boshiga ko‘k
ro‘mol o‘rab olgandi. Uning bir qo‘lini biqiniga ti-
rab turishi tanishday ko‘rindi yigitga.
«O‘tkinchilardan bo‘lsa kerak».
Tirkash shiy-
pon tomonga burilib ketayotgan edi, qiz qo‘l sil-
tab imo qildi.
Tirkash kirza etiklari bilan qor kechib, besh-o‘n
qadam yurdi-yu, qizni tanib qolib, yugurib ketdi.
Yuragi yana o‘sha sog‘inch hislar bilan jo‘sh urar,
etikning sirg‘anishiga ham, g‘o‘zapoyalarga qoqi-
lishiga ham parvo qilmasdi. «Dilor, Dilor!» – derdi
u pichirlab. Negadir quvonchdan entikar, nimaga
quvonayotganini o‘zi ham bilmasdi.
U nafasi tiqilib yugurib keldi-yu, Dilorning
nozik, ammo chayir qo‘llarini kaftiga oldi.
«Qo‘li muzlab ketibdi», – deb o‘yladi qizning
yuziga tikilarkan. Dilorning rangi so‘lg‘inlash-
gan, ko‘zlari cho‘kkan, ammo
hamon jozibali ta-
bassum bilan jilmayib turardi. U isib ketganday
paxmoq ro‘molining tugunini yecharkan, tirsagi
bilan Tirkashning ko‘kragiga turtdi.
– Haydab yubormaysanmi?
– Qachon kelding?
– Ertalab.