Madaniy – tarixiy resurslar. Ma`lum hududda turizmni rivojlantirishda u joyning tarixiy – madaniy resurslari potentsiali asosiy o`rinni egallaydi. Turistik xizmatda madaniy – tarixiy resurslardan ko`p maqsadlarda foydalanish mumkin. Madaniy majmualarning jozibadorligi ularning tarixiy va tasviriy bahosiga, foydalanish qo`layliliga bog`liq.
Mavjud resurslardan turizm faoliyatida intensiv foydalanish, ya`ni antropogen yukning oshib borishi natijasida tabiiy turistik resurslarning ifloslanishiga, tarixiy obidalarning tez buzilishiga olib keladi.
Turizmga oid Gaaga deklaratsiyasida qo`yidagi takliflar bildirilgan:
Turistlarni mamlakat ichkarisida yoki chet elda borgan joylarida madaniy ieros va atrof – muhitni saqlashga, ularga nisbatan hurmatda bo`lishga o`rgatish, hamda targ`ib qilish;
Joylarda turistlarni qabul qilish darajasini aniqlash, me`yordan ortishiga yo`l qo`ymaslik lozim deb ta`kidlanadi.
Madaniy – tarixiy resurslarga moddiy va madaniy turli yodgorliklari majmuasi, ma`lum mintaqaning turistik qiziqish ob`ektlari hisoblanadi.
Mintaqalarning arxitektura yodgorliklariga boyligi turizmni rivojlanishiga turtki bo`ladi. Ammo oxirgi paytlarda turistik oqimning oshishi ayrim muammolarni ham keltirib chiqarmoqda.
Bu resurslardan turizm maqsadida saqlashni quyidagicha amalga oshirish taklif qilinadi:
mavjud tarixiy joylar, binolar va yodgorliklarni turistik qiziqish ob`ektlari sifatida qayta tiklash;
tabiiy resurslarni muhofaza qilishni faollashtirish;
turistik ehtiyojni qondirish maqsadida atrof – muhitni saqlash va yaxshilashda boshqaruv organlari ma`suliyatini oshirish
Turistik resurslar ichida jahon ahamiyatidagi madaniy ob`ekt va yodgorliklar asosiy o`rinda turadi. «Madaniy meros» deyilganda qo`yidagilar tushiniladi:
Yodgorliklar: arxitektura binolari, arxeologik ahamiyatidagi joylar, ilmiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega g`orlar, yozuvlar;
Ansanbillar: ilmiy, madaniy yoki tarixiy ahamiyatga ega o`zaro bog`langan binolar guruhi. Masalan, Registon ansambili;
Mehmondo`stlik joylari: inson yoki tabiat tomonidan yaratilgan estetik, etnografik, tarixiy ahamiyatga ega bo`lgan, o`ziga jalb qiluvchi o`ziga xos joylar.
Butunjahon madaniy merosi ro`yxatiga kiritiladigan ob`ektlarning qo`yidagi hususiyatlari hisobga olinadi:
inson ijodining noyob namunalari;
-ajoyib madaniy, arxitektura ob`ektlari, hamda madaniy landshaftlarining alohida ahamiyatga ega hududlari;