Oʻzbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi


Turkiy xalqlar mifik dunyosi aks etgan tarixiy-adabiy kitoblardan biri “Kitobi Dada Qo‘rqut” hisoblanadi



Yüklə 297,01 Kb.
səhifə9/90
tarix13.08.2022
ölçüsü297,01 Kb.
#117538
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   90
2 5406708684237572583 (1)

Turkiy xalqlar mifik dunyosi aks etgan tarixiy-adabiy kitoblardan biri “Kitobi Dada Qo‘rqut” hisoblanadi. Qo‘rqut ota ismi bilan ham mashhur bo‘lgan Dada Qo‘rqut o‘z vaqtida odamlarga yaxshilik qilish, mushkullarini osonlashtirishda ko‘makdosh bo‘lgan. Kelgusi hayot haqida bashorat qiluvchi, Alloh nazar solgan tabarruk insonlardan biri sifatida hurmat topgan.
Turkiy mifologiyaga oid voqea-hodisalar tasvirlangan yana bir kitob “O‘g‘uznoma” deb ataladi. “O‘g‘uznoma”da voqealar bayoni qisqa-qisqa jumlalar vositasida berilgan. Jami 42 maktubni eslatuvchi matnning har birida to‘qqiztadan jumla bor. Har bir jumla ifodalanayotgan voqea haqida muhim ma’lumot berish vazifasini bajargan. O‘g‘uz ismli qahramon bo‘lib, nomada tasvirlanishicha, oyog‘i ho‘kiznikidek baquvvat, beli bo‘rinikidek ingichka, yag‘rini silovsinnikidek, ko‘kragi ayiqnikidek keng edi.
O‘g‘uznoma”da turkiy xalqlar mifik dunyoqarashidagi bo‘ri, ot, ayiq totemlari, kun, oy, yulduz, ko‘k, tog‘, dengiz, yoy, o‘q fetishlari muhim o‘rin olgan. Nomada Ko‘k bo‘ri O‘g‘uzxonga bir necha marta yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi, uni xavfdan ogoh qiladi, unga g‘alaba xabarini beradi. Bu bilan animizm belgilarining “O‘g‘uznoma”da yetakchi ekanini dalillash mumkin.
Xullas, o‘zbek mifik olamini alohida bir sirli olamga qiyoslash mumkin. Unda xalqimiz, yurtimiz, tariximiz o‘zining mukammal ramziy qiyofasini namoyon etadi. Ayni choqda o‘zbek xalqining qadim zamonlardan boy og‘zaki ijodga va mifik asarlarga ega boy xalq ekanini isbotlaydi.
Xalq og‘zaki ijodi janrlari. Har bir fan, sohaning muhim nazariy masalalari bo‘ladi. Badiiy adabiyotni o‘rganuvchi fan adabiyotshunoslik deb ataladi. Xalq og‘zaki poetik ijodini o‘rganish sohasini folklorshunoslik deymiz. Folklorshunoslik adabiyotshunoslik tarkibidagi mustaqil fan hisoblansa-da, o‘rganish ob’ekti badiiy adabiyot bo‘lgani sabab bir qator umumiy va mushtarak jihatlar bor. Xususan, janrlar masalasi adabiyotshunoslik uchun ham, folklorshunoslik uchun ham muhim hisoblanadi. Faqat adabiyotshunoslikda yozma adabiyot vakillari qalamiga mansub g‘azal, ruboiy, doston, noma kabi (mumtoz adabiyot); she’r, hikoya, roman, drama kabilar (zamonaviy adabiyot) ning janr xususiyalari o‘rganiladi. Folklorshunoslikda esa xalq og‘zaki adabiyotidagi maqol, qo‘shiq, ertak, doston kabi janrlarning o‘ziga xoslik tomonlari tadqiq etiladi. Ammo qaysi shaklda yaratilgan adabiyot ekanidan qat’i nazar har bir yo‘nalishdagi yutuqlar va kashfiyotlar adabiyotshunoslik ilmi taraqqiyotiga qo‘shilgan hissa sifatida baholanaveradi.

Yüklə 297,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin