Qurilishda qiymat injiniring asoslari



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə2/8
tarix05.05.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#126363
1   2   3   4   5   6   7   8
QIYMAT KURS ISHI

Kurs ishining maqsadi: alohida bino va inshootlar qurilishining optimal davomiyligini, tayyorIov ishlari va qurilish-montaj ishlari hajmi, tarkibi, ketma-ketligi va muddatlarini, asosiy asbob-uskunalar ta'minoti muddatlarini aniqlash va kapital qo'yilmalar ob'yektlarini taqsimlash hisoblanadi.
Kurs ishining vazifalari quyidagilar:
Kurs ishining obyekti
Kurs ishining predmeti sifatida uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining faoliyati olingan.
Kurs ishining nazariy-uslubiy asosini O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarorlari, Farmonlari va asarlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bo’yicha chop etilgan boshqa texnik-iqtisodiy adabiyotlar tashkil etadi.
Kurs ishining tuzilishi. kirish, ikkita bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
I – Bob.Qurilish ishlarining kalendar rejasi va uning asosiy ko’rsatkichlarining nazariy asoslari
1.1 Qurilish ishlari va ularni rejalashtirishning nazariy asoslari
Qurilish — moddiy ishlab chiqarishning yirik sohalaridan biri; turli maqsadlardagi bino va inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish; ishni yuri-tish uchun foydalaniladigan hudud bilan birga qurilayotgan bino (inshoot); keng maʼnoda yaratuvchilik jarayoni. Tugallangan va foydalanishga topshirish uchun tayyorlangan ishlab chiqarish korxonalari, turar joylar, jamoat binolari, inshootlari va boshqa obyektlar Qurilish mahsu-lotlari hisoblanadi. Qurilishda ishlab chiqarish sikli nisbatan uzun boʻlib (bir necha oydan bir necha yilgacha), ishlab chiqarish jarayoni turli obhavo sharoitida ochiq usulda olib boriladi. Pudrat va xoʻjalik usulidagi Qurilishni va montaj ishlarini, shuningdek, bino, insho-otlarni kapital taʼmirlash ishlarini qurilish tashkilotlari va maxsus tashkilotlar; loyihalash, loyiha-konstruktorlik va qidiruv tashkilotlari; foydalanishga topshirish va raz-vedkaparmalash tashkilotlari amalga oshiradi. Tiklanadigan obyekt xususiyatlariga koʻra sanoat, transport, qishloq, suv xoʻjaligi, uy-joy, kom-munal, ijtimoiy-madaniy va boshqa Qurilishlarga boʻlinadi.
Qurilish xalq xoʻjaligining barcha tarmoqlariga xizmat koʻrsatib, asosiy fondlarni qayta takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni taʼminlaydi, xalq xoʻjaligining maqbul tarkibini barpo etish, ishlab chiqaruvchi kuchlarni maqsadga muvofiq joylashtirish, respublikaning yangi tabiiy boyliklarini oʻzlashtirish, boʻsh mehnat resurslarini ijtimoiy ishlab chiqarish ga jalb etishga yordam beradi. Respublikada Qurilish ishlari pudrat, sub-pudrat va qisman xoʻjalik usullarida olib boriladi.
Qurilish industriyasi negizini davlat, aksiyadorlik, shirkat, xususiy, qoʻshma va boshqa pudrat qurilishmontaj tashkilotlari, shuningdek, oʻz moddiy-texnika va ishlab chiqarish bazasiga, malakali ishchi va mutaxassis kadrlarga ega boʻlgan korxonalar, transport va boshqa yordamchi xoʻjaliklar tashkil etadi. Oʻzbekistonda qurilishmontaj kompaniyalari, korporatsiyalari, qurilish aksiyadorlik jamiyatlari va birlashmalari, quyi pudrat tashkilotlari, kichik korxonalar, qoʻshma korxonalar, loyiha va ilmiy hamda qurilish sohasiga moslashtirilgan ilmiy tadqiqot institutlari faoliyat koʻrsatadi. Qurilishmontaj ishlarining deyarli barchasini ixtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari amalga oshiradi.

Qurilishda ishlarni bajarish loyihasi asosan pudratchi tashkilotlarga zarur bo'ladigan hujjat hisoblanib, u asosiy loyiha tasdiqlangandan so'ng bosh pudratchi yoki uning topshirig'iga ko'ra alohida shartnoma asosida texnologik loyihalash muassasalari tomonidan ishlab chiqiladi. Bu loyihani tuzish bilan bog'liq barcha sarf-harajatlar bosh pudratchi tomonidan «ustama sarflar» hisobiga to'lanadi.


Qurilishda ishlarni bajarish loyihasi tarkibiga quyidagi 3 ta asosiy texnologik hujjat kiradi: qurilishning kalendar rejasi, qurilish bosh tarhi va texnologik xaritalar. Bu hujjatlaming turlari, soni va hajmi quriladigan ob'yektning turiga, katta-kichikligiga va murakkabligiga qarab o'zgarishi mumkin. Har qanday QIBL tarkibida quyidagi hujjatlar bo'lishi zarur:
• obyekt qurilishining kalendar rejasi;
qurilish bosh tarhi;
• qurilishga materiallar, tuzilmalar va jihozlami tashib keltirish grafiklari;
• ishchi kadrlarga ehtiyoj, ularning o'zgarishi va harakatlanishi grafigi;
• qurilish mashinalari va mexanizmlariga bo'lgan ehtiyoj hamda ulaming harakatlanishi grafigi;
• alohida· olingan qurilish-montaj ishlarining turini bajarish bo'yicha texnologik haritalar;
• geodezik ishlarnii bajarish bo'yicha qabul qilingan yechim va ko'rsatmalar;
• qurilishni uzluksiz usulda olib borish bo'yicha tadbirlar;
• qurilish maydonchasida vaqtinchalik suv, elektr, issiqlik va oqava suvlarni yig'ib olish tizimlarini barpo qilish bo'yicha qabul qilingan qaror va yechimlar;
• texnologik asbob-uskunalar ro'yxati;
• qabul qilingan yechim va qarorlarni, ish bajarish usullarini asoslab beruvchi, hamda loyihaning texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari hisoblarini o'zida aks ettiruvchi hisoblash-tushuntirish xati.
Qurilishda ishlarni bajarish loyihasini tuzish uchun quyidagi ma'lumot va hujjatlar zarur:
• qurilishning tasdiqlangan loyihasi, shu jumladan qurilishni tashkil qilish loyihasi, ishchi loyiha va smetalar;
• texnologik, energetik va boshqa xildagi zarur jihozlar va ularni qurilishga tashib keltirish tartibi to'g'risidagi ma'lumotlar;
• qurilish uchun zaruriy materiallar, tuzilmalar, qismlar va yarim tayyor mahsulotlar bilan ta'minlash to'g'risidagi ma'lumotlar;
• qurilish-montaj tashkilotlarining ishlab chiqarish quvvatlari va imkoniyatlari to'g'risidagi ma'lumotlar;
• qurilish ishlab chiqarishida ish bajarish, mehnatni tashkil qilish, ishlarni qabul qilish, havfsizlik texnikasiga oid talab-qoidalar, atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha mavjud me'yoriy hujjatlar va adabiyotlar.
Qurilishda ishlarni bajarish loyihasi mazmuni bo'yicha qurilish-montaj ishlarini ularning texnologik ketma-ketligini hisobga olgan holda qachon, kimlar tomonidan va qanday bajarilishini o'zida aks ettiruvchi hujjat hisoblanadi. Shuning uchun u qurilishda ishchilar mehnatini to' g'ri tashkil qilish va muhofaza qilish, har bir qurilish-montaj ishlarini o'z vaqtida va sifatli bajarishda muhim rol o'ynaydi.
Rejalashtirish qurilishning barcha bosqichlari va darajalarida qurilish ishlab chiqarishni tashkil qilishning ajralmas qismi hisoblanadi. Qurilishning odatiy jarayoni faqat ish qanday ketma-ketlikda bajarilishi, har bir ish uchun qancha ishchi, mashina, mexanizm va boshqa manbalar talab qilinishi oldindan o'ylab topilganidagina mumkin bo'ladi. Buni noto'g'ri baholash, ijrochilarning harakatlarining nomuvofiqligiga, ularning ishidagi tanaffuslarga, muddatlarni kechiktirishga va, albatta, qurilish narxiga olib keladi. Bunday holatlarning oldini olish uchun qabul qilingan qurilish muddati davomida ish rejasi funktsiyasini bajaradigan jadval tuziladi. Shubhasiz, qurilish maydonidagi o'zgaruvchan vaziyat bunday rejani jiddiy ravishda tuzatishni talab qilishi mumkin, ammo har qanday holatda ham qurilish menejeri kelgusi kunlarda, haftalarda, oylarda nima qilish kerakligini aniq tushunishi kerak.
Qurilish muddati, qoida tariqasida, me'yorlarga muvofiq (SHNQ 3.01.01-22 “QURILISHDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL QILISH” SHAHARSOZLIK NORMALARI VA QOIDALARI) qurilayotgan inshootlarning hajmi va murakkabligiga qarab belgilanadi, masalan, sug'orish va drenaj tizimlarining maydoni, sanoat korxonalarining turlari va quvvatlari va boshqalar. Ba'zi hollarda, agar ishlab chiqarish ehtiyojlari, maxsus sharoitlar, ekologik dasturlar va boshqalar talab qilinsa, qurilishning davomiyligi normativdan farqli ravishda rejalashtirilishi mumkin (ko'pincha muddatlarni qisqartirish yo'nalishi bo'yicha). Qiyin tabiiy sharoitlarda qurilgan ob'ektlar uchun qurilish davomiyligini ko'paytirishga yo'l qo'yiladi, ammo bu har doim ham to'g'ri asoslanishi kerak.
Qurilish amaliyotida rejalashtirishning soddalashtirilgan usullari ko'pincha ishlatiladi, masalan, faqat tegishli optimallashtirmasdan, ularni amalga oshirish shartlari bilan ishlarning ro'yxati tuzilganda. Biroq, bunday rejalashtirish faqat qurilish paytida mavjud bo'lgan kichik muammolarni hal qilishda ruxsat etiladi. Butun qurilish davri uchun katta ish ob'ektlarini rejalashtirishda qurilish-montaj ishlarining eng mos ketma-ketligini, ularning davomiyligini, ishtirokchilar sonini va yuqorida aytib o'tilgan ko'plab omillarni hisobga olish kerak. Shu sabablarga ko'ra, qurilishda rejalashtirishning turli shakllari qo'llaniladi, ular o'zlari rejalashtirilgan ish jarayonini, manevralarni va boshqalarni optimallashtirishlari mumkin.
Kalendar rejalar qurilishni tashkil qilish loyihasining (QTQL) tarkibiy qismi bo'lib, u o'zida majmua qurilishidagi asosiy va yordamchi binolarning qurilish navbatlari, muddatlari, kapital mablag'lar va bajariladigan qurilish-montaj ishlarining hajmlari taqsimotini to'la aks ettiradi. Alohida olingan ob'yekt uchun esa yer tekislashdan tortib to binoni qurib topshirguncha bajarilishi lozim bo'lgan barcha turdagi ishlarni ularning texnologik va tashkiliy ketma-ketligini hisobga olgan holda amalga oshirishni ko'zda tutadi. Bu orqali qaysi kuni qanday ishni bajarish ishchilarga bo'lgan talab, moddiy-texnik resurslarga bo'lgan ehtiyojni bevosita aniqlab olish mumkin.
Kalendar rejalar 3 xiI bo'ladi:
1. Chiziqli
2. To'rsimon
3. Siklogrammalar
Kalendar rejalarni tuzish uchun asosan ishchi loyihasining qurilish me'morchilik qismi va smeta hujjatlari, kalendar reja tuzgunga qadar ishlab chiqilgan QTQLning alohida qismlari, qurilish-montaj ishlari hajmlari qaydnomasi, zaruriy moddiy-texnik resurslar hisobi, qurilishning tashkiliy texnologik sxemalari va alohida olingan qurilish-montaj ishlarini bajarish usullari tarhi, binolar majmuasi qurilishining me'yoriy va rejaviy davomiyligi kabi boshlang'ich ma'lumot va hujjatlar zarur bo'ladi. Pudratchi tashkilotning moddiy-texnik bazasi va imkoniyati (quvvati) to'g'risidagi ma'lumotlar ham kalendar rejalarni tuzishda muhim ahamiyat kasb etadi. ob'yekt qurilishida ishlarni bajarishning kalendar rejasi ikki qismdan iborat: chapda hisoblash qismi va o'ngda grafik qismi. Shuning uchun bunday rejalar grafiklar deb ataladi. Grafik qismi yuqorida ko'rsatib o'tilganidek, 3 xil ko'rinishda bo'lishi mumkin: chiziqli, to'rsimon grafik yoki siklogramma ko'rinishda. Alohida olingan ob'yekt qurilishi uchun kalendar rejalar tuzish avvalo qurilish-montaj ishlarining ketma-ketligini aniqlab (tuzib) chiqishdan boshlanadi. Bunda ishlarning texnologik va tashkiliy ketma-ketligini hisobga olish lozim, aks holda kalendar rejani tushinish va undan foydalanish birmuncha qiyinlashadi.
1-jadval
Ob'yekt qurilishida ishlarni bajarishning kalendar rejasi



Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin