Xalq ta’limi boshqarmasi xalq ta’limi bo‘limiga qarashli



Yüklə 1,69 Mb.
səhifə5/12
tarix26.03.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#124388
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
6-sinf sinf soati ish reja va dars ishlanma 2022-2023-yil

Maktab direktori:_________
___________________________
6-SINF



O‘tiladigan mavzular nomi

Soat

Taqvimiy muddati

Izoh

1

O‘zbekiston – vatanim manim.

1







2

Yo’l belgilarining turlari (Yo’l harakati qoidalari)

1







3

Saylov jarayonida kimlar ishtirok etadi?

1







4

Ustozlar bizning faxrimiz (1 oktyabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan).

1







5

Gaz va elektr manbaini tejash.

1







6

Bir og‘iz shirin so‘z (Filologiya fanlari oyligi doirasida). Jamoat joylarida telefondan foydalanish.

1







7

Ko‘cha va yo‘llarning qatnov qismidagi chiziqlar (Yo‘l harakati qoidalari).

1







8

Ona tilim – mening iftixorim! (O‘z.Res. “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan).

1







9

Velosipedda harakatlanish (Yo‘l harakati qoidalari).

1







10

Bag‘rikenglik.










11

Davlatimiz bayrog‘i (18 noyabr - O‘z.Res. Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan).

1







12

Temir yo‘l kesishuvlaridagi harakat (Yo‘l harakati qoidalari).

1







13

8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun.

1







14

Milliy iftixor tuyg‘usi (10 dekabr - O‘z.Res. Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan).

1







15

Transport vositalarining to‘xtash yo‘li (Yo‘l harakati qoidalari).

1







16

Yangi yilda yangi orzular (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan).

1







17

Mardlar qo‘riqlaydi vatanni (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan).

1







18

Mening mahallamda yashash yaxshi (Tarix fani oyligi doirasida).

1







19

O‘quvchilarning yo‘l transport hodisasi ro‘y bergandagi vazifalari (Yo‘l harakati qoidalari).

1







20

Salomatlik va shaxsiy gigiena

2







21

Barkamol avlod orzusi (Matematika, informatika fanlari oyligi doirasida).

1







22

Olamni mahliyo aylagan diyor! (O‘zbekiston BMTga qabul qilingan kunga bag‘ishlanadi)

1







23

Tabiat va biz (Fizika, biologiya fanlari oyligi doirasida).

1







24

Onalarni ardoqlab (8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan).

1







25

Suvni tejang - u hayot manbai.

1







26

Umrboqiy qadriyatlar (21 mart – Navro‘z bayrami munosabati bilan).

1







27

Amir Temur buyuk sarkarda va davlat arbobi. (Amir Temur tavallud topgan kun munosabati bilan).

1







28

Mehnatdan kelsa boylik – turmush bo‘lar chiroylik (Tasviriy san’at, musiqa, mehnat fan oyliklari doirasida).

1







29

Yurtimiz favvoralari (1-may favvoralar kuni munosabati bilan).

1







30

Tarixiy xotirasiz kelajak bo‘lmaydi (Xotira va qadrlash kuni oldidan).

1







31

Til bilmoq, el bilmoq (Xorijiy tillar fanlari oyligi doirasida).

1







32

Jarohatlanganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish (Yo‘l harakati qoidalari).

1







33

Men yoqtirgan kitob.

1








Sana_______________
1-mavzu: O‘zbekiston – vatanim manim.
Darsning maqsadi:
ta’limiy: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, ona-yurtimiz O`zbekistonimizning yuksalishiga munosib hissa qo`shish har bir farzandning burchi ekanligini uqtirish .
tarbiyaviy: ko’chada va jamoat joylarida o’quvchi o’zini qanday tutishi lozimligi haqida axloqiy sifatlarni shakllantirish;
rivojlantiruvchi: O’quvchilarni fikrlash va o’ziga bo’lgan ishonchini orttish, mexnatsevarlik vatanparvarlik kabi xislatlarini rivojlantirish.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Dars jihozi: АКТ, Mavzuga oid ko‘rgazmalar, rasmlar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
Salomlashish.
Navbatchi axborotini tinglash.
O’quvchilar davomatini aniqlash.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
Doskada:
O, sen Vatan, kindik qoni tomgan joy
Seni so`rmay, ko`rmay bo`lurmi?
Ko`z ko`rgani yoshu qarining –
Ona bag`rin sevmay bo`lurmi?
Abdulla Oripov
O`qituvchi: Jahon keng, dunyoda mamlakatlar ko`p, lekin bu olamda betakror ona-yurtimiz – O`zbekistonimiz yakka-yu yagonadir. Bu go`zal yurt, bu go`zal zamin faqat bizga ato etilgan. Mana shu ulug` tuyg`i har birimizning dilimizga jo bo`lishi, hayotimiz mazmuniga aylanishi lozim.

O`zbekiston- kelajagi buyuk davlat. Bu-mustaqil, demokratik, huquqiy davlatdir. Bu insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodlaridan qat’i nazar fuqarolarining huquqlari va erkinliklarini ta’minlab beradigan davlatdir.


O`zbekiston zaminida mavjud bo`lgan boyliklarga ega davlatlar jahon xaritasida ko`p emas. O`zbekiston o`z yer osti boyliklari bilan haqli suratda faxrlanadi- bu yerda mashhur Mendeleev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan.
Oltin zaxiralari bo`yicha O`zbekiston dunyoda 4-o`rinda, uni qazib olish bo`yicha 7-o`rinda, mis zaxiralari bo`yicha 10-11-o`rinda, uran zaxirasi bo`yicha 7-8-o`rinda turadi.
(Islom Karimov. O`zbekiston buyuk kelajak sari. O`zbekiston.1999)

Zar unadi tuproqlarida,


Hayot kular quchoqlarida,
Jannat oqar gulbog`larida,
Biling, bu yurt O`zbekistondir!

Dillarida duolari bor,


Daholari, donolari bor,
Kelajakka nidolari bor,
Biling, bu yurt O`zbekistondir!
Нa, shoir aytganidek, ona – yurtimiz O`zbekistonimiz Olloh nazari tushgan jannatmakon yurtdir. Mustaqillikka erishganimizdan so`ng, yurtboshimiz tomonidan milliy istiqlol mafkurasining asosiy g`oyalaridan biri Vatan ravnaqi edi. Vatan ravnaqi yo`lida misli ko`rilmagan darajada yurtboshimiz me`morchiligi asosida ishlar qilindiki, ularni sanab adog`iga yetolmaymiz, bu ishlar, rivojlanishlar hammasi yurt uchun va insonlar manfaati uchun qilinayotgan o`zgarishlardir. Respublikamiz poytaxtidan tortib, chekka qishloqlarida ham bugungi taraqqiyot o`zgarish, yuksalish, obodonlashtirishni ko`ramiz.


Topshiriq: Bayram munosabati bo`lganligi uchun ko`tarinki, kayfiyat ila o`quvchilardan ona-yurtimiz O`zbekistonimizni madh etuvchi she’r va qo`shiqlardan bahramand bo`linadi.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin