Mundarija: kirish I. Bob. O‘qish darslarida hikoyaviy mavzularning maqsad,vazifalari va ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati



Yüklə 187,14 Kb.
səhifə8/10
tarix19.11.2023
ölçüsü187,14 Kb.
#133343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

2.2. Hikoya o‘tish darsi namunasi.


Bugun biz siz bolajonlar uchun sarkarda ham,kuchli podishoh Amir Temur haqida tayyorlangan hikoyani o‘qib eshittiramiz.Kim o‘qishni xohlaydi.
Mavzu : Amir Temur haqida hikoya. (Bo‘riboy Ahmedov)
Dars haqida qisqacha ma’lumotlar:DTS talablari asosida dars o‘tish .O‘quvchilarni to‘g‘ri va ifodali o‘qishga o‘rgatish. Markaziy Osiyo mutafakkir va ma’rifatparvarlarining asarlaridagi hikmat, o‘git va nasihatlarni o‘rgatib, ularga amal qilishni uqtirish; Mavzuni tushunarli qilib yoritib berish. O‘quvchilarga odobaxloq, do‘stlashish qoidalarini tushuntirish.
O‘quvchilarda Amir Temur bobomizning ibrati orqali yaxshi xislatlarni hosil qilish. Barkamol avlodga xos odoblilik san’ati va madaniyatini o‘rgatish: o‘zbek xalqining milliy urf-odat, an’ana va qadriyatlarini amalda qo‘llash malakalarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi: Har bir o‘quvchining ifodali o‘qish ko‘nikmalarini va lug‘at boyligini rivojlantirish.
O‘quv jarayoniga oid kompententsiya: TK2 o‘quv fanlarini o‘rganish va birbiridan farqlash; TK2 mehnatsevarlik, to‘g‘rilik, hurmat qilish kabi sifatlarga ega bo‘lish;FK1 matnlarning mazmunini qisqartirib va darslikdagi rasm va
illyustratsiyalarga qarab fikrini og‘zaki bayon qila oladi
Dars jarayoni va texnologiyasi

Ishning nomi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich

Tashkiliy qism

Tez javob
didaktik o‘yin

2 daqiqa

2-bosqich

O‘tilgan mavzunu so‘rash

Zanjir ,
ortiqchani top

5 daqiqa

3-bosqich

Yangi mavzuni
tushuntirish

Kollaj o‘yini, savol javob muammoli
savol

20 daqiqa

4-bosqich

Yangi mavzuni mustahkamlash

,maqollar bilimdoni musobaqasi

15 daqiqa

5-bosqich

Dars yakuni uyga vazifa
berish

Nominatsiyalar
eng faol ,
bilimdon

3 daqiqa

Darsning turi: Yangi bilim beruvchi dars.
Darsning metodi: ifodali o‘qish, suhbat, tushuntirish, izlanish.
Darsning jihozi:Amir Temur surati Amir Temur o‘gitlaridan namunalar yozilgan tarqatma materiallar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism. Salomlashish, davomatni aniqlash, o‘quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish.

  1. O‘tgan darsda berilgan uyga vazifani tekshirish va o‘quvchilarni baholash.

O‘qituvchi tashkiliy qismni bajaradi. O‘tilgan mavzu-ni o‘quvchilarga o‘qitib, mazmunini so‘zlattiradi. O‘quvchilar uyda yozib kelgan bilim egallash haqidagi maqollarini o‘qib, izohlaydilar.
O‘qituvchi ularni to‘ldiradi, o‘quvchilar fikrini umumlashtiradi va xulosalaydi.

  1. Yangi mavzuning bayoni:O‘qituvchi yangi mavzuni e’lon qiladi.

O‘quvchilarga A.Temur haqida ma’lumotlar beriladi , slayddan ko‘rsatiladi Hikoya o‘qituvchi tomonidan ifodali o‘qib beriladi va tushuntiriladi. O‘quvchilar matnni qismlarga bo‘lib, navbat bilan o‘qiydilar. Topshiriq bilan o‘qish. Hikoya bandlarga bo‘lib o‘qitiladi va har bir bandning mazmunini tushuntirish talab qilinadi. O‘qituvchi o‘quvchilarni 5 guruhga bo‘ladi va vazifa beradi. Amir Temur yoshligida qanday bo‘lgan ekan? Katta bo‘lganda-chi? O ’quvchilar Amir Temurning yoshligi suratini so‘z bilan chizadilar va A4 formatdagi qog‘ozga yozadilar.Har bir guruhdan bir o‘quvchi chiqib, o‘zlari yozganlarini o‘qib beradi. O‘quvchilar o‘zaro fikr almashadilar. O‘qituvchi ularning fikrini to‘ldirib
boradi.O‘qituvchi guruhlarga Amir Temur o‘gitlari yozilgan qog‘ozlarni tarqatadi va o‘qib, ma’nosini izohlash topshirig‘ini beradi.
Guruh o‘quvchilaridan biri o‘gitni o‘qib, ma’nosini izohlab beradi. Darslikdagi mavzuga doir qo‘shimcha materiallar bilan ishlanadi.
Bo‘rtboy Ahmedov Temurbek ziyrak, hamma narsani bilishga intiluvchan bolib o‘sdi. To‘rt yoshga to iganida, otasi uni qishloq maktabiga olib borib, Ibodulla domlanmg qo‘liga topshirdi.
Tarag‘ay bahodir qo‘l qovushtirib:
- Bolamning savodini chiqarib bering, - dedi.
Ibodulla domla soddadil va xushfe’l bu odamni yaxshi bilardi. Shuning uchun ham uni ochiq chehra bilan kutib oldi. Qo‘lidagi tugunini olib, bolasini maktabga qabul qildi.Tarag‘ay bahodir chiqib ketganidan keyin domla uning o‘g‘lini oldingi qatorga o‘tqizdi. Keyin murojaat qildi:

  • Qani, o‘g‘lon, tur o‘rningdan. Isming ne?

Yangi talaba dast o‘rnidan turdi va «Temur», deb javob berdi.

  • Barakallo, Temurbek, maktabimizga kelib yaxshi ish qilibsan. Yaxshi o‘qisang, mulloyi zabardast bo‘lursan. Sho‘xlik qilib, kamhafsala bo‘lsang, o‘zingdan ko‘r.Temurbek boshini quyi solganicha qo‘l qovushtirib, indamay turardi.Temurbek to‘rt yil Ibodulla domlaning qo‘lida o‘qidi. Savodi chiqqanidan keyin Tarag‘ay Bahodir o‘g‘lini Shahrisabzdagi madrasaga berdi. U maktabdagi singari madrasada ham yaxshi o‘qidi.Mamlakatni boshqarish ilmini esa otasidan o‘rgandi. Buni otasi kechqurunlari tur mush tashvishlaridan xoli bo‘lgan paytlarida o‘rgatdi. Temurbek ustozi va otasining pand-nasihatiarini butun vujudi bilan tinglardi. Keyin bularga bir umr rioya qildi.

Kuch- adolatdadir
Amir Temur o‘gitlaridan na’munalar aytiladi
1. Hikoya kimning yoshligi haqida ekan? 2. Temurbek qanday ilmlarni o‘rganibdi?

  1. U o‘rgangan bilimlaridan hayoti davomida qanday foydalandi?

  2. Amir Temur haqida yana nimalarni bilasiz? So‘zlab bering.

Amir Temur haqidagi o‘quvchilar fikrlari umumlashtirilib , darsdan tarbiyaviy xulosa chiqariladi va yakunlanadi.Ota-bobolarimiz qadimdan insonlarni odobaxloqli bo‘lishga chorlab kelishgan. Chunki inson odob-axloqi bilan go‘zaldir. Sohibqiron Amir Temur shunday deydi: “Ochiq yuzlilik, rahm-shafqat bilan xalqni o‘zimga rom qildim. Adolat bilan ish yuritib, jabr-zulmdan uzoqroqda bo‘lishga”.
intildim

Bo‘ladigan bola boshidan ma’lum.

Qurilishga terak kerak,
Demak, ekmoq kerak terak!
Роlizdaа koptok bo‘lib,
Dumalab yotar, to‘pmas.
Dehqon bobom avaylab
Oziq, suv berar, tepmas.

  1. Dars jarayonida faol qatnashgan o‘quvchilarni rag‘batlantirish va baholash. O‘quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasi, to‘g‘ri va ravon o‘qishi o‘qituvchi tomonidan baholab boriladi. Dars yakunida umumiy ballar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.Estalik sovg‘alar bilan taqdirlaymiz endi.5 baholarni ham zo‘rlab qo‘yib beramiz.




Yüklə 187,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin