Mustaqil ish mavzu: maktabgacha ta'lim tarbiyani tashkil etish fanining predmeti va asosiy vazifalari



Yüklə 441,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix19.10.2023
ölçüsü441,78 Kb.
#130585
1   2   3   4   5   6
MAKTABGACHA TA\'LIM TARBIYANI TASHKIL ETISH FANINING PREDMETI VA ASOSIY VAZIFALARI

Maktabgacha 
ta’lim 
va 
tarbiyaning 
asosiy 
prinsiplari 
quyidagilardan iborat:
o
har bir bola uchun maktabgacha ta’lim va tarbiya olish 
imkoniyatining mavjudligi;
o
har bir bolaning iste’dodi nishonalarini, ishtiyoqlari va 
qobiliyatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar tengligi;
o
maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarga ta’lim, tarbiya 
berish va ularni sog‘lomlashtirishning, oila hamda 
maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyaviy ta’sirining birligi;


o
maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya 
berish uyg‘unligi;
o
bolaning shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan shaxsiy 
yondashuv;
o
maktabgacha va umumiy o‘rta ta’limning izchilligi hamda 
uzluksizligi;
o
ta’lim va tarbiyaning demokratik hamda dunyoviy 
xususiyatga egaligi;
o
ta’lim-tarbiya jarayonining shaffofligi va ochiqligi;
o
maktabgacha ta’lim va tarbiya mazmuni, darajasi hamda 
hajmining maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarning 
rivojlanish xususiyatlariga hamda sog‘lig‘i holatiga 
muvofiqligi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari quyidagi turlar bo‘yicha tashkil 
etiladi:

umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti;

ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti;



inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha ta’lim tashkiloti;

qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti.
Umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotining umumiy 
rivojlantirish yo‘nalishidagi guruhlarida maktabgacha ta’lim va 
tarbiyaning davlat ta’lim dasturi amalga oshirilishi ta’minlanadi.
Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida 
rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun 
maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi amalga 
oshirilishi 
ta’minlanadi.
Inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning 
alohida ta’lim olish ehtiyojlari va individual imkoniyatlarini hisobga 
olgan holda, ularni sog‘lom muhitga uyg‘unlashtirish orqali ta’lim va 
tarbiya 
olishi 
uchun 
teng 
imkoniyatlar 
ta’minlanadi.
Qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlanishida 
jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarning va rivojlanishida 
nuqsonlari bo‘lmagan bolalarning bitta tashkilotda alohida guruhlarda, 
shuningdek 
inklyuziv guruhlarda birgalikda o‘qishini hamda 
tarbiyalanishini tashkil etishga qaratilgan maktabgacha ta’lim va 
tarbiyaning davlat ta’lim dasturi amalga oshirilishi ta’minlanadi.



Yüklə 441,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin