Mustaqil ish


Karimov I.A. O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo• lida



Yüklə 156,01 Kb.
səhifə2/3
tarix05.01.2022
ölçüsü156,01 Kb.
#113691
1   2   3
O‘zbekiston Respublikasida bozor infratuzilmasining shakllanishi

2.Karimov I.A. O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo• lida.

T.: «O'zbekiston», 1995, 240-b.

qo'llanmasida infratuzilmaning mazmuniga "Bozor infratuzilmasi — bu tovar va xizmatlar harakatini vositalovchi tashkiliy-huquqiy shakllar vig'indisi” deb ta "rif berilgan. Shu bilan birga ushbu qo'llanmada infratuzilma mazmuni bilan bog'liq bo'lgan, uning belgi va mezonlarini tavsiflovchi boshqa tushunchalarga ham ta'rif berilgan. Jumladan, "Bozor iqtisodiyoti infratuzilmasi — bu alohida bozorlar doirasida harakatlanuvchi va ularning me'yoriy tartibda amal qilishini ta'minlash bo'yicha ma'lum vazifalami bajaruvchi o'zaro bog'liq ixtisoslashtirilgan institutlar yig'indisi. Bozor infratuzilmasi institutlari bozor munosabatlari amal qilishi, barcha bozor faoliyati turlarining muvaffaqiyatli faoliyatini ta 'minlovchi korxonalar yig ' indisi”. Bu yerda bozor infratuzilmasini yoritishga asosan bozor iqtisodiyoti subyektlari nuqtayi nazaridan yondashilgan.

R.loximsen infratuzilmani xo'jalik faoliyati darajasini oshiruvchi, hududlarda xo'jalik birligini tashkil etishga imkoniyat yaratuvchi, bir xilda sarfqilgan xarajatlariga oladigan daromadlarini tenglashtiruvchi moddiy, shaxsiy va institutsional faoliyat turlari va ular tashkilotlarining yig'indisi sifatida talqin qiladi 1

Yana shunday nuqtayi nazar ham mavjudki, unga ko'ra infratuzilma qulay faoliyat maydonini ta'minlashga qaratilgan sanoat korxonalarining muvaffaqiyatli amal qilishi uchun zarur moddiy-texnikaviy sharoitlami ta'minlovchi obyekt va inshootlarning yig'indisi sifatidagi jamg'arilgan moddiy boylikni tashkil etadi.

Bugungi kunda O'zbekistonda ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o'tish jarayoni mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqivotidagi juda ko s plab omil va xususiyatlarni, jumladan, respublikamizning geosiyosiy va geostrategik holati; mineralxomashyo resurslariníng mavjudligi va tabiiy-iqlimiy sharoitlar; demografik ahvol; aholi an'analari, odatlari, hayot tarzi, mentaliteti; iqtisodiy tizimni bosqichma-bosqich isloh qilish; davlatning faol, belgifovchi roli; islohotlarga qadar davrdagi iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishidagi nomuvofiqliklar; kuchli ijtimoiy siyosat zarurligi kabilarni e'tiborga Olgan hołda amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga bozor mexanizmlarining samarali amal qilishi uchun zarur bo' Igan barcha shart-sharoitlarni, shu jumladan, bozor infratuzílmasining to'laqonli faoliyatini ta'minlash davlatning asosiy vazifalaridan biriga aylangan. Zero, Prezidentimiz ta'kidlaganidek, "Keng tarmoqli bozor infratuzilmasi — fond va ulgurji bozorlar, birjalar, kredit va moliya muassasalari, lizing va konsalting kompaniyalari, tadbirkorlarga xizmat qilishi lozim bo' Igan boshqa tuzilmalar tom ma'noda shakllantirilmas ekan, ular to ' la kuch bilan ishlamas ekan, iqtisodiyotimizni ochiq, erkin, eng muhimi, samarali, qisqa qilib aytganda, haqiqiv bozor iqtisodiyotiga aylantira olmaymiz 13

Bozor infratuzilmasining rivoj lanishi o'ziga xos xususiyatlarga ega. Jumladan, bunday xususiyatlardan biri bo' lib bozor infratuzilmasining samarali amal qilishini ta'minlashda davlatning alohida rolining zarurligi hisob!anadi. Chunki, bunday zaruriyat quyidagi holatlar bilan izohlanadi:

infratuzilma sohasidagi talab va taklifni tartibga solib turuvchi bozor mexanizmining samarali amal qilmasligi; infratuzilma obyektlari xizmatiga bo' Igan narxlar bo'yicha talabning elastik emasligi; infratuzilma xizmatlari bozorining notekis tarkibiy tuzilishi natijasida bozordagi muvozanatga erishishda davlat tomonidan aralashuvning zarurligi; infratuzilma sohasi faoliyatining rivojlanishi asosiy tarmoqning rivojlanish darajasiga bog'liqligi va boshqalar.

Shunga ko • ra, O•zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o 'tishning birinchi bosqichidayoq iqtisodiy siyosatning ustuvor yo'nalishlari, ya'ni mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish; narxni bosqichma-bosqich erkinlashtirish; moliya-kredit islohotini o'tkazish; iqtisodiyotda tarkibiy o•zgarishlarni amalga oshirish;

13 Karimov I.A. «O'zbekislon XXI asrga intilmoqda» - T:O'zbek'istoru 1999, 35bel.

aholini ijtirnoiy himoya q i I ish bilan birqatorda bozorinfratuzi Imasinł yaratish ham muhim yo'nalish si ratida belgilab olindi. Bozor infratuzilmasini shakllantirish borasida davlat tomonidan quyidagi chora-tadbirlarga alohida e'tibor qaratish ko'zda tutildi:

bozor subyekttari o s rtasidagi bevosita xo'ialik aloqalarini har tomonlama rivojlantirish:

bozorning maviud turlarni rivojlantirib, yangilarini vujudga keltirish; iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirishga ko'maklashuvchi idoralami barpo etish; bozor sharoitida ishlay oladigan malakali kadrlarni tayyorlash.

Mamlakatimizda bozor infratuzilmasi rivojlanishining xususiyatlaridan yana biri — bu uning alohida holda emas, balki iqtisodiyotda olib borilayotgan o'zgarishlar bilan chambarchas bog'liq holda olib borilishidir. Jumladan, mulkchilikning turli shakllarini vujudga keltirishda davlat mulkini baholash, uni sotishga tayyorlash va sotish, yangi mulk egasiga berish, mulk egalari o'rtasidagi bitimlarni ro'yxatga olish, xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishda salohjyatli mulk egalarini aniqlash, ularni moliyaviy jihatdan qo'llab-quvvatlash kabi vazifalarni bajarish maqsadida ko'plab infratuzilma unsurlari barpo etildi. Shuningdek, iqtisodiyotning barcha sohalari, ayniqsa bozor infratuzilmasi tarkibiga kiruvchi bank-kredit, sug'urta tizimlari faoliyatining erkinlashtirilishi ham yangi tashkiliy tuzilmalarning shakllantirilishiga imkon yaratdi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal sur'atlar bilan rivojlantirish, o'rta mulkdorlar sinfini qaror toptirishga bo'lgan e'tibor tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlashga, ularning ish samarasini oshirishga ixtisoslashgan ko'plab tuzilmalarning vujudga kelishiga olib keldi.

Bozor infratuzilmasini yaratish uzoq davom etuvchi va murakkab jarayon hisoblanadi. Ayniqsa, uning tarkibidagi tuzilmalami barpo etish uchun ularning iqtisodiy tabiatidan kelib chiqqan holda alohida yondashuv zarur bo'lib, bu boradagi tadbirlar bosqichma-bosqich va izchil ravishda amalga oshirib borilishi lozim. Shunga ko'ra, yurtboshimiz I.A.Karimov, avvalambor, bozor sharoitida xo'jalik yurituvchi subyektlar o'rtasida o'zaro munosabatlami ta'minlaydigan muhit yaratish zarurligini ta'kidlagan holda bozor infratuzilmasini yaratish birinchi darajali vazifalardan ekanligini ko'rsatib berdi. Ma'muriy-buyruqbozlik tizimidan meros bo s lgan iqtisodiy munosabatlar mexanizmini bozor munosabatlari mexanizmi bilan almashtirish va Shu asosda ish]ab chiqaruvchilar hamda iste'molchilar manfaatlari mushtarak]igini ta'minlash, buning uchun «bevosita xo'jalik aloqalarini har tomonlama rivojlantirish, tovar]ar, sarmoya, ishchi kuchi va boshqa bozorlarni shakllantirish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish, bozor infrastrukturasini vujudga keltirish, bozor sharoitida ishlay oladigan malakali kadrlar tayyorlash» 14 zarur.


Yüklə 156,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin