2. Jo‘nalish kelishigining –ga\-ka\-qa (uy+ga, buloq+qa, tilak+ka) shakllari quyidagi affikslar bilan omonim bo‘lishi mumkin: a) ot yasovchi: ena+ga; b) fe’lning davomiylik shaklini yasovchi: sur+ga+moq; v) sifat yasovchi: qis+qa; g) otning kichraytish shakli: yo‘l+ka; d) fe’l yasovchi: is+ka+moq..
3.O‘rin-payt kelishigining -da (maktab+da) shakli ta’kid, to‘siqsizlik yuklamasi bilan omonim bo‘lishi mumkin: kelsa-da.
4.Chiqish kelishigining -dan (uy+dan) shakli dona sondan taqsim son shaklini hosil qiluvchi affiks bilan omonim bo‘lishi mumkin: besh+ta+dan.
9.5. Otning lug‘aviy shakllari
Otlarda so‘z o‘zgarishi va so‘z yasalishidan tashqari lug‘aviy shakl yasash hodisasi ham mavjud. Otlarning leksik ma’nosiga qo‘shimcha ma’no qo‘shish uchun xoslangan affikslar lug‘aviy shakl yasovchilar deyiladi. Ular quyidagi sintetik shakllardan tashkil topadi:
1-§. Kichraytirish shakllari. -cha affiksi shaxs bildiruvchi otlardan boshqa otlarga qo‘shilganda kichraytirish ma’nosini ifodalaydi: hovuzcha, qushcha, uycha, baliqcha kabi. Shaxs bildiruvchi otlarga qo‘shilganda esa kichraytirish bilan birga erkalash, hurmat yoki kamsitish, kesatish ma’nolarini ham hosil qiladi: Ko‘chadan bir qizcha chopqilab o‘tdi. Sizni es-hushli yigitcha deb o‘ylardim. Sal o‘pkangizni bosib oling, yigitcha!
Ba’zi so‘zlar tarkibida –cha affiksi kichraytish ma’nosini yo‘qotib,
yangi so‘z yasashi ham mumkin. Bunday holda so‘z yasovchi va kichraytuvchi affiks o‘rtasida omonimlik munosabat hosil bo‘ladi: sholcha, ko‘rpacha, bog‘cha, qizilcha, taqsimcha. Bundan tashqari,–cha affiksi sifat va ravish yasovchi –cha affiksi bilan ham shakldoshdir: o‘zbek+cha raqs, fag‘ona+cha palov, qishloq+cha kiyinmoq, askar+cha yurmoq, yangi+cha fikrlamoq, o‘zbek+cha gapirmoq.
Dostları ilə paylaş: |