|
|
səhifə | 162/250 | tarix | 04.01.2022 | ölçüsü | 0,84 Mb. | | #55018 |
| 4. Takroriy sifatlar bir xil shaklga ega bo‘lgan so‘zlarning aynan takroridan tuziladi. Masalan: baland-baland, mayin-mayin, shirin-shirin. Ba’zi takroriy sifatlarning birinchi qismida qo‘shimchalar mavjud bo‘lishi ham mumkin: poyma-poy, ko‘pdan-ko‘p, kattadan-katta, xilma-xil, limmo-lim. Bunday sifatlar ma’noni kuchaytirish, ta’kidlash uchun ishlatiladi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
-
Sifat va uning ma’no turlarini misollar vositasida izohlang.
-
Sifat darajalari xususida nimalarni bilasiz?
-
Sifatlarning otlashishida qanday grammatik birliklar muhim o‘rin tutadi?
-
Sifatlarning gapdagi sintaktik vazifasi nimalar asosida belgilanadi?
-
Asliy va nisbiy sifatlarning farqini tushuntiring.
Dostları ilə paylaş: |
|
|