3.2.Tillarning qiyosiy-tarixiy tavsifi. Tillarning tarixan qarindoshligi, umumiy va noo‘xshash bo‘lib qolgan xususiyatlari qiyosiy-tarixiy tahlil usuli asosida aniqlanadi. Masalan: fors-tojik, rus, ingliz, nemis, fransuz tillaridagi modar, mat, mather, mutter, mere so‘zlarini hind-yevropa oilasidagi eng qadimgi lotin va sanskrit tillaridagi mater\ mata so‘zlari bilan qiyoslanishi mazkur tillarning qarindoshligidan dalolat beradi. Tillarning qiyosiy-tarixiy tahlil usuli tilshunoslikda komparativistika (lot. comparativus-qiyosiy) atamasi bilan ham yuritiladi.