3. Antonim affikslar bir-biriga zid ma’noli qo‘shimchalardir. O‘zbek tilida qo‘shimchalarning zid ma’noligi boshqa yondosh hodisalarga nisbatan ancha kam uchraydi. Ular ko‘proq sifat yasalishida ko‘zga tashlanadi. Masalan: kuchli- kuchsiz, mazali – bemaza, g‘ayratli-serg‘ayrat.
4. Ko‘p ma’noli affikslar birdan ortiq leksik va grammatik ma’noni shakllantiruvchi qo‘shimchalardir. Masalan, - chi qo‘shimchasi: temirchi (asosdan anglashilgan kasbga ega bo‘lgan shaxs oti), hasharchi, ijarachi, pudratchi (o‘zakdan anglashilgan faoliyat ishtirokchisi bo‘lgan shaxs oti) kabi yasama so‘zlardagi - chi ko‘p ma’nolidir. Affikslarning ko‘p ma’noligi shakl yasovchi va so‘z o‘zgartuvchilarga ham xos hodisadir. Xususan,-lar affiksining bolalar – sof ko‘plik ma’nosida, unlar- tur, nav ma’nosida, dadamlar - hurmat ma’nosida ishlatilishi, ularning nutqiy ko‘p ma’noligidan dalolat beradi.