Namangan davlat universiteti arxeologiya kafedrasi


GLOSSARIY Tabiiy manbalar



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə20/50
tarix05.05.2022
ölçüsü0,81 Mb.
#115647
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   50
Namangan davlat universiteti arxeologiya kafedrasi

GLOSSARIY

Tabiiy manbalar (poleozoologiya, poleobotanika) - inson va hayvon suyaklari, o’simliklar qoldiqlari va geologik qatlamlar bo’lib ularni asosan zoologlar, botaniklar va geologlar o’rganadilar.

Toponimika - geografik nomlar kishi ismlarini o’rganadigan fan sifatida maydonga keldi. Toponimikani zamin tili deb atashimiz ham mumkin. Geografik nomlar va zamin qa’rida o’rganilmayotgan nomlar insonlarga qo’yiladigan ismlar toponomikaning asosiy manbai hisoblanadi.

Arxeologiya - «arxayos» - qadimgi, «logos» - fan degan ikkita grekcha so’zning birikishidan tashkil topgan.

Antropologiya - odam haqidagi fan bo’lib, inson suyaklari qoldiqlarini tosh davri odamidan tortib keyingi davr odamlarigacha bo’lgan ajdodlarning jismonan qiyofasini tiklash imkonini beradi.

«Avesto» jamiyati - uning asosini katta patriarxal oila tashkil etgan. U «nmana» deb atalgan. Shunday bir necha urug’ jamoasi «vis» deb atalgan. «Varzana» deb esa hududiy qo`shnichilik jamoasining, qabilalar jamoasi esa — «zantu»ni tashkil qilgan.



Ahamoniylar — mil. av.gi 558—330 yillarda eronda hukmronlik qilgan sulola. Ahamoniylar sulolasiga mil. av.gi VIII asrda elam yaqinidagi Parsa hududida yashagan qadimgi fors qabilalarining boshlig’i Ahmon asos solgan. Kir I davrida O`rta Osiyo hududlari ham Ahamoniylar sulolasiga bo`ysundirilgan. Uning davrida Qadimgi SHarqning katta qismi o`z hukmronligiga bo`ysundiriladi va Ahamoniylarning buyuk imperiyasi tuziladi Ahamoniylar sulolasi vakillari: Ahmon (Xaxomanshi), CHish-pish, Kir I, Kambiz I, Kir II, Kambiz II, Doro I, Kserks I, Ortokseroks I, Kserks II, Sekudian II, Doro II, Ortokserks II, Ortokserks III, Arses, Doro III. Gerodotning yozishicha, Ahamoniylar bosib olgan hududlarni satrapliklarga bo`lib idora qilganlar. Ularning soni 20 ta bo`lgan. O`rta Osiyo hududi esa uchta satraplikka bo`lingan.

Amirlik — musulmon mamlakatlarida amir tomonidan boshqariladigan mamlakat XVIII asrning o`rtalaridan boshlab Buxoro xonligi Buxoro amirligi deb yuritilgan.


Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin