Darsning maqsadi: Talabalarda Paleontropologik va etnografik ma’lumotlarning o’lka tarixini o’rni bo’yicha yangi bilimlar xosil qilishni ko’zda tutadi.
E’tibor bering: O’lkashunoslikni o’rganishda paleontropologik ma’lumotlarning o’rni. Antropologiya va etnologiya fanining tadqiqot ob’yektlari. O’zbekistonning qadimgi odam tarqalgan hudud ekanligi (Teshiktosh, Samarqand topilmalari). O’zbekiston hududida zamonaviy odamlarning paydo bo’lishi va voha bo’ylab tarqalishi. Qadimda o’lkamizda majud bo’lgan irqlar, mongoloid irqining o’lkamizga kirib kelishi. O’lkamiz qadimgi aholisining antropologik shakllari va tipi. Toshkent vohasining qadimgi aholisi. Kushon, Baqtriya aholisi, Zarafshon vohasi aholisi, Farg’ona vodiysining qadimgi aholisi. O’lkamizdagi etnik guruhlar (So’g’dlar, baqtriyaliklar, xorazmliklar, sak va massagetlar). Antik davri migratsiyalari va etnik jarayonlari. O’rta asrlarda turkiy tilli xalqlarning kirib kelishi masalalari va uning bosqichlari. Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklarining etnik tarkibi. O’lkamiz etnografiyasining o’rganilishi. Qo‘llaniladigan ta'lim texnologiyalari: “Aqliy hujum”,” O‘z-o‘zini nazorat”, “Klaster”, “Birgalikda o’rganamiz”, “O’ylang - juftlikda ishlang - fikr almashing”
6-mavzu: Yevropa tadqiqotchilari tomonidan o’lkamiz etnografiyasining o’rganilishi
Reja:
1. Xonliklar davrida Yevropa tadqiqotchilar tomonidan o’lkamiz etnografiyasining o’rganilishi
2. Sovetlar davrida Yevropa tadqiqotchilar tomonidan o’lkamiz etnografiyasining o’rganilishi
Dostları ilə paylaş: |