Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti «energo mexanika» fakulteti «avtomatlashtirish va boshqarish» kafedrasi


Boshqarishning iqtisodiy usullari jumlasiga



Yüklə 186,55 Kb.
səhifə7/11
tarix16.03.2023
ölçüsü186,55 Kb.
#124133
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Иноятова

Boshqarishning iqtisodiy usullari jumlasiga: kredit va foiz stavkasi; soliq va
soliq yuki; boj to’lovlari; subsidiya va sanktsiya; litsenziya; transfert to’lovlari; narxnavo va hokazolar kiradi.
Boshqaruv organlari, xususan, davlat bu usullarni qo’llab, bozorni shakllantirish
chog’ida ham, uning o’zini o’zi boshqarishi bosqichida ham g’oyat muhim
jarayonlarni boshqaradi.
Agar ma'muriy boshqarish usullari o’zini o’zi boshqaradigan bozor
mexanizmlariga qarshilik ko’rsatsa, ularga to’sqinlik qilsa, iqtisodiy usullar esa
aksincha, ulardan foydalanishga tayanadi. Xo’jalik sohasiga davlatning ta'siri ham
tubdan o’zgaradi. Binobarin, ma'muriy boshqarish usulida davlat korxonalarga o’z
ta'sirini qat’iy belgilangan reja orqali o’tkazadi.
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyotini boshqarishning iqtisodiy usullari muhim
ahamiyat kasb etmoqda. Menejmentning iqtisodiy usullari kishilarga iqtisodiy
manfaatlar orqali ta’sir ko'rsatadi. Iqtisodiy usullarning mohiyati xodimlar va ishlab
chiqarish jamoasiga ular manfaatli bo'lishini ta’minlovchi iqtisodiy sharoit
yaratishdan iboratdir. Menejment usullari tizimida iqtisodiy usullar yetakchi o'rinni
egallaydi. Iqtisodiy usullar iqtisodiy ta’sir vositalari yig'indisidan (narx, kredit,
biznes-reja, foyda, soliqlar, ish haqi, iqtisodiy rag'batlantirish va h.k.), ya’ni xo'jalik
faoliyatiga ta’sir etishning har bir jamoa mos xo'jalik bo'g'ini bilan uzviy aloqada
amal qilishini ta’minlovchi tadbirlardan iboratdir.
Bozor mexanizmining muhim vazifalaridan biri biznes-reja va bozorning uzviy
bog'liq bo'lishiga imkon yaratuvchi pul va tovar resurslari to'g'ri nisbatini
ta’minlashdir. Shunday qilib, menejmentning iqtisodiy usullari juda keng
imkoniyatlarga ega bo'lib, ular mohirona va o'z vaqtida tashkiliy farmoyish, ijtimoiypsixologik va huquqiy usullar bilan qo'shib olib borilgan taqdirda yaxshi natijalarga erishish mumkin. Korxonalar, aksiyadorlik jamiyatlari, firmalarda muhim menejment usullaridan biri - biznes-rejalardir. U iqtisodiy jarayoniarni umummilliy manfaatlarni ko'zlab, xo'jalik amaliyotida ob’yektiv iqtisodiy qonunlardan foydalanish asosida, ongli ravishda, bir maqsadga intilgan holda menejmentning o'zaro uzviy bog'liq tizimidan iboratdir. Biznes-reja vositasida hal etiladigan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: iqtisodiyot rivojlanish yo'nalishlari va maqsadlarini amalga oshirish yo'llarini ko'rsatish, iqtisodiyotning barqaror, mutanosib o'sishini ta’minlash, moddiy, mehnat
va moiiyaviy resurslarni tarmoqlar va ishlab chiqarishlar o'rtasida taqsimlash va qayta taqsimlash, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etishni ta’minlash; tarmoqlararo integratsiya, tarmoq ichida ixtisoslashuv va sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tezkor tartibga solish va koordinatsiya qilish. Biznes-reja korxona, aksiyadorlik jamiyati, kontsernlar faoliyatining hamma tomonlarini:
 mahsulot ishlab chiqarish va sotish;
 moddiy-texnikaviy ta’minot va ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish;
 mehnat va ish haqi;
 jamoada ijtimoiy jarayonlar va h.k.larni qamrab oladi.
Bozor munosabatlari sharoitida ularga rejalashtirish borasida keng huquqlar
beriladi.

Yüklə 186,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin