Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universeteti magistratura bo



Yüklə 56,25 Kb.
səhifə8/10
tarix14.12.2023
ölçüsü56,25 Kb.
#140752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ITI G\'ayratjon

Aralash qazish tizimlari
Aralash qazish tizimlari qazish maydoni hududida bir vaqtning o`zida qazish va kon-tayyorlov ishlarini olib borishda ham stolbali ham sidirg`asiga qazish tizimlarining elementlari borligi bilan tavsiflanadi. Masalan, qatlamni tushish (ko`tarilish) bo`yicha kavjoyga yondashgan qiya lahimlarni gorizont balandligining bo`yicha o`tkazib, boshqalari kavjoy surilishi mobaynida barpo etilib borishi aralash qazish tizimiga misol bo`la oladi. Shuningdek, ishlatilgan 316 havoni oldingi oraliq kvershlagiga, ko`mirni esa, orqadagi oraliq kvershlagiga tashish orqali yupqa o`ta qiya (tik) qatlamlarni qazish tizimi ham aralash tizimlar sirasiga kiradi.
Ko`p sonli aralash tizimlar orasida juft shtreklar bilan qazish tizimi alohida ajralib turadi. Bu tizimning mohiyati shundaki, toq qavat (yarus)lar sidirg`asiga qazish tizimi bo`yicha to`g`ri yo`nalishda, juftlari esa lahimlar bilan chegaralanganligi uchun — stolbali tizimda qazib olinadi.
Ushbu aralash qazish tizimla atrof jinslari turg`un, o`rtacha turg`un sifatiga ega, geologik buzilishlari kam, qalinligi o`rtacha (1,5 m gacha), og`ish burchagi 15° gacha bolgan qatlamlarni, gazdorlik darajasi qanday bolishidan qat`i nazar, qazib chiqarishda qo’llaniladi. Ko`rilayotgan qazish tizimining variant qator afzallik va kamchiliklarga ega.
Juft shtreklar bilan
kombinatsiyalashgan qazish tizimi

Afzalliklari: ish frontining tez rivojlanishi; lavalar alohida havo oqimlari bilan shamollatilishi tufayli shamollatish jarayonining samarali bo`lishi; lavalarning surilish tezligi yuqori bolishi; kuchli gazdorlikga va to`satdan gaz otilib chiqish xavfiga ega bolgan qatlamlarni qazishda ham qollanilishi mumkinligi.
Kamchiliklari: qazish ishlari frontidan tola foydalanish imkoniyati yo`qligi; shtrek va uni qazish kavjoyi bilan tutashadigan joylarida kon bosimi ta`sirining kuchliligi; kon-tayyorlov lahimlarini saqlashning mehnat talabligi.
Ruda konlarini qazib olish tizimining samaradorlik ko’rsatkichlari
Ruda konlarini qazib olishning texnikaviy-iqtisodiy natijalari va uni tashkil etuvchi operatsiyalarini ko’p sonli ko’rsatkichlar bilan ifodalash qabul qilingan.
Ular orasidan beshta asosiy guruhlarni ajratish mumkin: mehnat unumdorligi ko’rsatkichlari, materiallar, energiya va uskunalar, bu ko’rsatkichlar qazib olish jarayonida qo’llaniladi; iqtisodiy ko’rsatkichlar; rudani to’liq ajratib olish va sifat ko’rsatkichi; qazib olishni jadallashtirish ko’rsatkichi.Mehnat unumdorligi ko’rsatkichi. Qo’llaniladigan qazib olih tizimi va texnologiyasini ish unumorligi bo’yicha baholashda bir necha ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Ular orasida fan kursini o’rganish jarayonida eng muhimlari quyidagilardan iborat.
Bevosita kovjoyda ishlaydigan ishchilarning mehnat unumdorligi qazib olish tizimi, bevosita rudani massivdan ajratish, tayyorlovchi, kesuvchi lahimlar o’tishdagi mehnat unumdorligi. Bu ko’rsatkich tonna yoki kub metr-smenada deb ifodalaniladi.
Alohida mutaxassislik malakasiga muvofiq, ishchilarni, rudani ajratib olish, kesish va tayyorlashdagi mehnat unumdorligi. Bu ko’rsatkich juda kam qo’llaniladi, chunki qazib olish tizimi va qazib olish texnologiyasini butunligicha emas, faqat alohida elementlarinigina xarakterlaydi.
Materiallar va energiya sarflash ko’rsatkichlari. Har xil qazib olih tizimi va baholash uchun 1t (yoki 1m3) rudani qazib olishga sarflangan har xil materiallar va energiya miqdorini bilish kerak.
Hisobga olish uchun quyidagi materiallar qabul qilingan: portlovchi materiallar, kg; mustahkamlagich yog’ochlar, m3; burg’ilovchi po’lat, kg; qattiq qotishma, t; qazib olish jarayonida sarflangan materiallarning to’liq qiymati ichida bu uch turdagi materiallar umumiy materiallar xarajatining 80-90% ini tashkil etadi, shuning uchun sarflangan boshqa materiallar odatda hisobga olinmaydi.
1t (1m3) qazib olingan rudaga sarflangan energiya miqdori kVt-soat bilan hisoblash qabul qilingan. Bunga yer ostida ishlatilayotgan konchilik mashinalari va qurilmalariga sarflanadigan elektr energiyasi va yana siqilgan havo bilan ishlaydigan konchilik mashinalariga kerak bo’lgan miqdordagi siqilgan havo ishlab chiqarishga sarflangan elektr energiya ham kiradi. Rudani qazib chiqarish jarayonlarida qo’llaniladigan konchilik mashinalari emiriladi, uning qiymati ham qazilgan 1t rudaning tannarxiga kiritiladi. Shuning uchun iqtisodiy jihatdan ushbu ko’rsatkichning to’g’riroq bo’lishini aniqlash uchun qazilgan rudani tannarx bilan birga qo’shib hisoblash kerak.

Yüklə 56,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin