1. Iqtisodiy rayonning rivojlanganlik darajasini qanday bilish mumkin? A) hududiy ishlab chiqarish majmualari (HICHM) mavjudligi va qay darajada shakllanganidan;
B) Aholi sonining ko‘p yoki kamligidan;
C) Tabiiy boyliklar bilan ta’minlanganlik darajasidan;
D) Mehnatga resurslarining yetarli yoki yetarli emasligidan.
2. Chirchiq daryosi suvlaridan samarali foydalanish maqsadida uning yuqori oqimida qanday suv ombori bunyod etilgan? A) Ohangaron; B) Tuyabo‘g‘iz; C) Chorvoq; D) Tuyamo‘yin;
3. Qaysi iqtisodiy rayon qazilma boyliklarning xilma-xilligi jihatidan barcha iqtisodiy rayonlardan oldinda turadi? A) Farg‘ona; B) Toshkent; C) Mirzacho‘l; D) Zarafshon;
4. Toshkent iqtisodiy rayonidagi qaysi shaharda qiyin eriydigan va o‘tga chidamli qotishmalar kombinati bor? A) Olmaliq; B) Bekobod; C) Angren; D) Chirchiq.
5. Toshkentdan 30 km shimoli sharqda joylashgan, kimyogarlar va mashinasozlar shahri to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. A) Olmaliq; B) Bekobod; C) Angren; D) Chirchiq.
6. Qadimgi qishloq (Qovunchi) o‘rnida shakllanib, yengil va oziq-ovqat sanoatiga ixtisoslashgan shahar nomi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. A) Olmaliq; B) Yangiyo‘l; C) Angren; D) Chirchiq.
7. 1940-yillarda ko‘mir qazib olishga bog‘liq holda sanoat punkti sifatida paydo bo‘lgan shahar nomi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. A) Olmaliq; B) Yangiyo‘l; C) Angren; D) Chirchiq.
8. 2017-yildan boshlab Toshkent viloyatining ma’muriy markazi hisoblangan shahar nomi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. A) Olmaliq; B) Yangiyo‘l; C) Angren; D) Nurafshon.
9. Toshkent havo yo‘li orqali xorijiy davlatlarning nechta shaharlari bilan bog‘langan? A) 40 dan ortiq; B) 20 dan ortiq; C) 60 dan ortiq; D) 50 dan ortiq;
10. Toshkent metropoliteni orqali yiliga qancha yo‘lovchi tashiladi? A) 30 mln; B) 20 mln; C) 60 mln; D) 80 mln;