Nazorat topshiriqlari


Javobi yoziladigan testlar javobi



Yüklə 217,6 Kb.
səhifə39/53
tarix19.12.2022
ölçüsü217,6 Kb.
#121417
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   53
5-10-sinf nazorat ishlari yangi

Javobi yoziladigan testlar javobi

16. Janubiy iqtisodiy rayon uchta davlat - …………………………, ………………………………… va ……………………………….. bilan, shimolda esa Zarafshon iqtisodiy rayoni bilan chegaralanadi.



Javob: Afg‘oniston, Turkmaniston, Tojikiston

17. ……………………………..yoqilg‘i sanoati yalpi mahsulot hajmi bo‘yicha mamlakatda 1-o‘rinda turadi.



Javob: Qashqadaryo

18. ……………………………. – mamlakat neft va gaz sanoatining tayanchi hisoblanadi.



Javob: Qashqadaryo

19. Yaqin yillar ichida ………………………………, ……………………………, ………………………….., ……………………………. tumanlarida qator to‘qimachilik komplekslari tashkil etilib, viloyatda yetishtirilayotgan paxta tolasining qayta ishlash hajmini 20-25 foizga yetkazish mo‘ljallanmoqda.



Javob: Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Denov, Sho‘rchi

20. Ulkan gidrotexnika inshooti - …………………………………….. 1973-yilda ishga tushirildi.


Javob: Taxiatosh gidrouzeli
9-SINF
NAZORAT ISHI (NI) – I
Nazorat shakli: Test sinovi
Mavzular: Jahonning siyosiy xaritasi – Zamonaviy ekologik muammolar.
1. 2018-yil holatiga ko‘ra jahon hamjamiyati tomonidan mustaqilligi rasman tan olingan nechta suveren davlat mavjud?
A) 240 dan ortiq; B) 180 dan ortiq; C) 194 ta; D) 230 dan ortiq.
2. Quyidagi davlatlardan qaysi biri Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning faoliyatida kuzatuvchi-davlat sifatida ishtirok etmoqda?
A) Vatikan; B) Andorra; C) Monako; D) Belgiya.
3. Yarimorol davlatlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
A) Saudiya Arabistoni, Italiya, Indoneziya, Madagaskar;
B) Norvegiya, Koreya Respublikasi, Vyetnam, Ispaniya;
C) Fransiya, Germaniya, Polsha, Xitoy;
D) AQSH, Yamayka, Kuba, Gaiti.
4. Hududining kattaligiga ko‘ra jahonda 10-o‘rinda turuvchi davlat nomi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang.
A) Qozog‘iston; B) Sudan; C) Argentina; D) Jazoir.
5. 1993-yilda ko‘p yillik urush natijasida Efiopiya tarkibidan ajralib chiqib, suveren davlat maqomiga ega bo‘lgan davlat nomi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang.
A) Eritreya; B) Marokash; C) Sudan; D) Misr.
6. “Ko‘chirilgan” kapitalizm mamlakatlari guruhiga kiruvchi davlatlar nomi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang.
A) Avstriya, Belgiya, Finlandiya; B) Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar;
C) Avstraliya, Yangi Zelandiya, JAR; D) Isroil, Singapur, Tayvan.
7. 2017-yilda boshqaruvning parlamentar respublika shaklidan prezidentlik respublika boshqaruviga o‘tgan davlat nomi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang.
A) Nepal; B) Jazoir; C) Sudan; D) Turkiya.
8. Hozirgi vaqtda mineral resurslarning qanchaga yaqin turlaridan xo‘jalik ehtiyojlari uchun foydalanilmoqda?
A) 180; B) 200; C) 156; D) 215.
9. 3600 dan ziyod havza va konlari bor bo‘lgan, quruqlikning 15% ini egallagan foydali qazilma nomi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang.
A) ko‘mir; B) neft; C) tabiiy gaz; D) torf.
10. Ko‘mirning eng yirik zaxiralariga ega mamlakatlar nomi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang.
A) Saudiya Arabistoni, Quvayt, Qatar; B) Xitoy, Turkmaniston, Eron;
C) AQSH, Rossiya, Xitoy; D) Kanada, Meksika, Venesuela.
11. 2011-yil 9-iyuldagi referendum natijalariga ko‘ra mustaqillikni qo‘lga kiritgan davlat nomi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang.
A) Sharqiy Timor; B) Palau; C) Eritreya; D) Janubiy Sudan..
12. Hozirgi vaqtda jahon yer fondining umumiy hajmi necha mlrd gektarga teng?
A) 12 mlrd gektar; B) 13,4 mlrd gektar;
C) 9,6 mlrd gektar; D) 12,4 mlrd gektar;
13. Yer fondi tarkibida 30% hududni egallagan joylar nomi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang.
A) aholi punktlari va muhandislik inshootlari bilan band bo‘lgan texnogen yerlar;
B) kam foydalaniladigan yoki unumsiz yerlar; C) o‘rmonlar;D) yaylovlar.
14. Hududlarning turli ekin yetishtirish imkoniyati ko‘p jihatdan qanday omilga bo‘g‘liq hisoblanadi?
A) iqlim; B) shamol; C) havo massalari harakati; D) suv.
15. Tuproq yuvilishi, ya’ni eroziya jarayoni har yili qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan necha mln.gektar yerdan mahrum qilmoqda?
A) 8-10 mln.gektar; B) 5-10 mln.gektar;
C) 10-15 mln.gektar; D) 6-7 mln.gektar;
16. Chuchuk suv bilan eng yaxshi ta’minlangan davlatlar nomi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang.
A) Sudan, Misr, Jazoir, Efiopiya; B) Tojikiston, Afg‘oniston, BAA, JAR;
C) Braziliya, Rossiya, Kanada; D) O‘zbekiston, Qozog‘iston, BAA, JAR.
17. Geotermal resurslarga boy bo‘lgan davlatlar nomi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang.
A) Sudan, Misr, Jazoir, Efiopiya; B) Islandiya, Yaponiya, Italiya, Meksika;
C) Braziliya, Rossiya, Kanada; D) O‘zbekiston, Qozog‘iston, BAA, JAR.
18. Mutaxassislarning fikricha, agar Monreal bitimi qat’iy ravishda bajariladigan bo‘lsa, ozon qatlamining me’yordagi qalinligi nechanchi yilga kelib qayta tiklanadi?
A) 2030; B) 2040; C) 2050; D) 2060.
19. Oxirgi 50 – 60 yilda o‘rmonlarning maydoni 3 barobar ko‘paygan davlat nomi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang.
A) Islandiya; B) Shvetsiya; C) Finlandiya; D) Buyuk Britaniya.
20. BMT tomonidan “Cho‘llar va cho‘llashishga qarshi kurashishga bag‘ishlangan o‘n yillik” deb e’lon qilingan yillar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang.
A) 1990-2000 yy; B) 1980-1990yy; C) 2010-2020 yy; D) 2020-2030yy. NAZORAT ISHI JAVOBLARI



1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

Javob

C

A

B

D

A

C

D

B

A

C

D

B

C

A

D

C

B

C

D

C


Yüklə 217,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin