NAZORAT ISHI (NI) –VII Nazorat shakli: Test sinovi Mavzular: Hindiston Respublikasi - Afrika mamlakatlarining aholisi va xo‘jaligi 1. Hindistonda aholining 80 % i qaysi dinga e’tiqod qiladi?
A) islom; B) buddizm; C) xristianlik; D) induizm.
2. Hindiston Yalpi ishki mahsulot hajmiga ko‘ra jahonda nechanchi o‘rinda turadi?
A) 3-o‘rin; B) 5-o‘rin; C) 2-o‘rin; D) 4-o‘rin.
3. Hindiston iqtisodiyotining asosini qanday sanoat tarmoqlari tashkil etadi?
A) rangli metallurgiya, yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati;
B) elektroenergetika, qurilish, avtomobilsozlik sanoati;
C) metallurgiya, mashinasozlik, kimyo sanoati
D) aviaraketa kosmos, metallurgiya, yog‘ochsozlik.
4. Hindiston ekin maydonlarining kattaligiga ko‘ra, jahonda qaysi davlatdan keyin 2-o‘rinda turadi?
A) Xitoy; B) AQSH; C) Kanada; D) Rossiya.
5. Hindistondagi qaysi shahar butun dunyoga mashhur zamonaviy axborot texnologiyalatning markazi hisoblanadi?
A)Bangalor; B) Mumbay; C) Haydarobod; D) Ahmadobod.
6. Fors qo‘ltig‘i bo‘yidagi qaysi davlatlar neft bilan ta’minlanganlik bo‘yicha alohida ajralib turadi?
A) Qatar, Saudiya Arabistoni, BAA; B) Bahrayn, Qatar, Ummon;
C) Saudiya Arabistoni, Qatar, Ummon; D) Saudiya Arabistoni, Kuvayt, BAA.
7. Quyida keltirilgan davlatlarning qaysilari boshqaruv shakliga ko‘ra mutlaq monarxiya davlatlari hisoblanadi?
A) Qatar, Saudiya Arabistoni, BAA; B) Bahrayn, Qatar, Ummon;
C) Saudiya Arabistoni, Qatar, Ummon; D) Saudiya Arabistoni, Kuvayt, BAA.
8. Quyida keltirilgan davlatlardan qaysi birida aholining 90 % ga yaqinini xorijiy migrantlar tashkil etadi?
A) Kuvayt; B) BAA; C) Qatar; D) Ummon.
9. Fors qo‘ltig‘i davlatlarida dehqonchilikning rivojlanishi nima uchun cheklangan?
A) suv resurslari yetishmaydi; B) yer resurslari yetishmaydi;
C) ishchi kuchi resurslari yetishmaydi; D) agroiqlimiy resurslar yetarli emas.
10. Bromo, Krakatau, Selak, Tamboro kabi harakatdagi vulqonlar qaysi davlat hudida uchraydi?
A) Filippin; B) Tailand; C) Malayziya; D) Indoneziya.
11. Musulmonlar soni bo‘yicha jahon mamlakatlari orasida birinchi o‘rinda turuvchi davlat nomi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
A) Saudiya Arabistoni; B) Turkiya; C) Indoneziya; D) Pokiston.
12. Boshqaruv shakliga ko‘ra Malayziya qanday davlat hisoblanadi?
A) mutlaq monarxiya; B) konstitutsion monarxiya;
C) federativ respublika; D) prezidentlik respublikasi.
13. Malayziya hududining 40 % ini egallagan yarimorol qismida mamlakat aholisining qancha qismi istiqomat qiladi?
A) 80 %; B) 75 %; C) 60 %; D) 50 %.
14. Konstitutsiyasiga ko‘ra, quyidagi dinlardan qaysi biri Malayziyaning davlat dini maqomiga ega?
A) sintoizm; B) konfutsiylik; C) buddizm; D) islom.
15. Quyidagi davlatlardan qaysi biri so‘nggi yillarda xorijiy sayyohlar sonining ko‘pligi bo‘yicha jahonning yetakchi 10 ta mamlakatlari qatoriga kirmoqda?
A) Singapur; B) Yaponiya; C) Malayziya; D) Bruney.
16. Singapur aholisining asosiy (75 %) qismini qaysi millat vakillari tashkil qiladi?
A) malaylar; B) xitoylar; C) hindlar; D) tamillar.
17. Quyidagi shaharlardan qaysi biri dunyodagi eng yirik port shaharlardan biri hisoblanadi?
A) Singapur; B) Kuala-Lumpur; C) Bangkok; D) Yangon.
18. “Afar” so‘zi finikiyaliklar tilida qanday ma’noni anglatgan?
A) qora tanli; B) toza odam; C) loyqa; D) chang.
19. 1847-yil AQSHning yordamida barpo etilgan G‘arbiy Afrikadagi davlat nomi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
A) Mali; B) Niger; C) Liberiya; D) Angola.
20. Afrika davlatlari orasida aholi soni jihatidan yetakchi bo‘lgan davlat nomi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang.
A) Efiopiya; B) Nigeriya; C) Misr; D) Tanzaniya.