Nazorat topshiriqlari


Javob: bu ekvatorial iqlim



Yüklə 217,6 Kb.
səhifə8/53
tarix19.12.2022
ölçüsü217,6 Kb.
#121417
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   53
5-10-sinf nazorat ishlari yangi

Javob:

  1. bu ekvatorial iqlim mintaqasi.

  2. Tropik mintaqa

  1. Misrda yanvar oyining o‘rtacha harorati 100C, iyul oyiniki esa 38°C. Yillik havo haroratini o‘zgarish amplitudasini aniqlang.

Javob: Agar kuzatilgan haroratlarning ishorasi bir xil bo‘lsa, katta ko‘rsatkichdan kichigi ayriladi. Ya’ni 38°C-10°C=28°C


II variant.
1. Afrika materigini 300 meridian yoyi bo‘ylab shimoldan-janubga qancha masofaga cho‘zil­gan­ligi­ni gradus va km larda hisoblang.
Javob: 30° meridian yoyi bo‘ylab Afrikaning chekka shimoliy nuqtasi 31,4° shimoliy kenglikdan, janubi esa 31,6° janubiy kenglikka to‘g‘ri keladi. Bu ikki nuqta ikki xil yarimsharda joylashganligi sababli ular o‘zaro bir-biriga qo‘shiladi, ya’ni 31,4°+31,6°=63°. Demak, 30° meridian yoyi bo‘ylab Afrika materigi shimoldan janubga 63° ga cho‘zilgan. Endi uni km larda ifodalaymiz. Buning uchun bizga 1° meridian yoyining o‘rtacha uzunligining qiymati kerak bo‘ladi. Bu qiymatda 1° meridian yoyining o‘rtacha uzunligi 111,1 km ga teng. Bundan 63×111,1 km = 6999,3 km. Afrika materigi 30° meridian yoyi bo‘ylab shimoldan janubga 63° ga cho‘zilgan. Bu o‘rtacha 6999,3 km ni tashkil etadi.
2. Materikning quyida berilgan iqlim xususiyatlariga ega bo‘lgan hududlari, iqlim mintaqalari qan­­day nomlanadi?
a) Bu mintaqa ekvatorning har ikkala tomondan 15-20° kengliklargacha cho‘zilgan. Bu yerda 2 ta fasl sernam yoz, quruq qish ifodalanadi.
b) Bu mintaqada o‘rta dengiz iqlimi shakllangan. Mavsumiy havo massalari almashinadi.
Javob:

  1. Bu subekvatorial iqlim mintaqasi

  2. Subtropik mintaqa

3. Masala. Livan shahrida yanvar oyining o‘rtacha harorati -43,3°C, iyul havo harorati +19,1°C. Yillik havo haroratini o‘zgarish amplitudasini aniqlang.
Javob: agar haroratlar ko‘rsatkichi ikki xil (musbat va manfiy) bo‘lsa bu haroratlarni kattasidan kichigi ayriladi. Ya’ni +19,1°C – (-43,3°C) = +19,1°C +43,3°C= 62,4°C;



Yüklə 217,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin