Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti



Yüklə 204,5 Kb.
səhifə5/20
tarix05.02.2023
ölçüsü204,5 Kb.
#123028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Hamid Olimjon adabiyotshunoslikdagi tanqidi

Nomard ketay, shu otash yurak
Sendan boshqa o‘zgani desa.
Bunday misollarni yana ko‘plab keltirishimiz mumkin. Shoirning “Chimyon esdaliklari, “Xolbuki tun”, “Xayolimda bo‘lding uzun kun...”, “Ishim bordir o‘sha ohuda”, “Qora dengiz bo‘yida”, “Sog‘inganda”, “O‘rik gullaganda”, “O‘lka” kabi bir qator she’rlarida ham shoir qalbining yoniq tafti, xalq ijodi namunalarining u yoki bu qirrasi ufurib turibdi. Bular Hamid Olimjonning xalq og‘zaki ijodi namunalarini qayta-qayta mutoala qilib turishidan bir nishonadir. Hamid Olimjon ijodida folklor an’anlari mavzusini batafsil tadqiq qilish folklorshunosligimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir.
Shoir:
Ko‘zlarimni yummasman aslo -
Daryo kabi uyg‘oq o‘turman, -
deb bejiz takidlamagan.
Xalq chashmasidan suv ichgan xalqona ohanglar marjonidan tuzilgan Hamid Olimjon she’riyati doimiy uyg‘oqdir.
"Odam ota-onasini tanlayolmaganidek Vatanni ham tanlayolmaydi. Albatta, Olloh odamga Vatanni muzliklardan ham, sahrolardan ham, changalzorlardan ham ato etishi mumkin. Lekin siz bilan bizga Olloh O‘zbekistan deb atalgan, tuprog‘ida oltin gullaydigan, qishlarida bahor shivirlaydigan, tog‘ desa tog‘i bor, bog‘ desa bog‘i bor, har tongda bulbullar madhini o‘qib tamom qilolmaydigan bir yurtni Vatan qilib bergan ekan, buning uchun o‘zimizni BAXTLI deb bilmog‘imiz kerak".
Bu topib aytilgan, har bir O‘zbekistonlikning ko‘nglidagi mulohazaning muallifi O‘zbekiston Qahramoni, adabiy tanqidchiligimiz sardori Ozod Sharafiddinovdir. Xo‘sh, bu fikrni sal davom ettiraylik. Aynan shunday BAXTLI Vatanda tug‘ilgan bizdan oldingi uzoq va yaqin ajdodlar ham Allohga shukronalar keltirsa, ular ham "Baxtlar vodiysi"ni - "Shodlik va baxt o‘lkasi" deya ta’riflasa nega bizning "g‘ashimiz" keladi? Nega biz o‘tgan asrda yashaganlar baxtni bilmagan, shodlikni ko‘rmagan, totalitar tuzumda bu tuyg‘ular umuman bo‘y ko‘rsatmagan degan xukmni chiqaramiz? "Sovet davridagi tariximizni mutlaqo maqtash mumkin bo‘lmagan tuzum, deb" hisoblaymiz? "Bu tuzum xalqimizning fikrlashiga yo‘l qo‘ymagan..." deya qat’iy xulosa chiqaramiz? Nega?
Axir, birinchidan, inson tuzumning bandasi emas-ku! U Allohning bandasidir. Shu bois, u qazo-qadarning hukmiga binoan muayyan bir vaqtda dunyoga keladi. Va u qaysi tuzumda yashashidan qatiy nazar, doimo g‘am-alamlarga ham, baxtu saodatga ham duch kelishi, uni boshidan kechirishi muqarrar. Axir baxt, baxtiyorlik tuzumlarning kashfi emas, u kishiga bog‘liq, tuyg‘u, insoniyatning tug‘ma xislati-ku! Gap yashayotgan tuzumidan, davridan Haqni va mohiyatni topa bilishida, xarakteri xislatlarini - o‘zligini ro‘yobga chiqarishida, kimligini anglatishida, avlodlariga qoldiradigan betakror merosida bo‘lsa kerak. Ikkinchidan, XX asrdagidek rivojlanish, katta sifat o‘zgarishlari tariximizda kam bo‘lgan.
Vatanga tug‘ilmasingdan tug‘ilgan muhabbat, unga mahliyolik yuz ko‘rsatib, so‘zga aylanganda Hamid Olimjon bo‘lib hayqirasan:
"Men dunyoga kelgan kundanoq
Vatanim deb seni, uyg‘ondim,
Odam baxti birgina senda
Bo’luriga mukammal qondim ".
Demakki, lo‘nda fikr va mehrga to‘la so‘z yaxlitlashganda Vatan mohiyati va unga baxshidalik ajoyib aniqlik bilan gavdalanadi, yurakni hapqirtiradi. Ha, aniqlik - qisqalik bilan, qisqalik - topib ifodalash bilan tug‘iladi. Ana shunda bu misralar har qanday qalbni egallaydi, qalbga eng sevimli, eng ardoqdi tuyg‘u bo‘lib, umrbodga joylashadi, asrlarga tatiydi.
Hamid Olimjon o‘zi yashagan zamonasining bosh haqiqatlarini kashf etmasdan, ularning mohiyatini ochmasdan, qalbida "gullagan", fikrida "tinigan" xulosalarini ifodalamasdan tura olmaydi:
"Bilsinlarkim, yo‘ldoshim bo‘lmas
Ko‘zda yoshi bilan kulganlar,
Tillari bor, o‘zlari hayot
Lekin yurak-bag‘ri o‘lganlar”.
Sovet tuzumini qabul qilmagan millatchilarga atalgan, ularning qalblariga nashtar bo‘lib sanchilgan bu misralar muallifini aybsitish, bugungi Istiqlol nuqtai nazaridan uning bu haqiqatlarini rad etish, bizningcha, notug‘ridir. Chunki zamonaviy shoir bo‘lmasdan umriboqiy shoir bo‘lolmaydi. Bu badiiy ijodning azaliy va o‘zgarmas qonunidir. Umriboqiylikning asosida o‘z zamonasining asosiy dardlarini, ko‘plab zamondoshlarining urib turgan yuragi shodliklari va og‘riqlarini kashf etish, umumlashtirish, uni o‘zga avlodlar his qiladigan darajada anglatish yotadi. Darvoqe, XX asrning 30-yillari - Lenin davri, VKPB mafkurasi davri edi. Lenin - Stalin va sotsialistik partiya - yagona yetakchi edi. O‘zbekistonning "Moskvada suyangan tog‘i, Gurjistonda sevgan o‘rtog‘i - Unga husn va iftixor edi", "Odamga baxt va toleni yor etgan ajib diyor"da yashaganlarni "qo‘shiq, Leninga eltgan" davr edi.
"Hamma yoq intilar Moskovga qarab,
Shu yerdan qon olar qalbiga hayot;
Shu quyosh o‘ngida aylanar dunyo,
Shu yerdan boshlanar butun koinot ".
Shunday tushuncha, bu tushunchaga to‘liq ishonch 28 yoshdagi Hamid Olimjon qalbida ham hukmron edi. Va bu haqiqatlar shoir poeziyasida aks etmasligi mumkin emasdi.
Bugun biz Hamid Olimjon bilgan haqiqatlarning mag‘zi puch bo‘lganini, totalitar tuzum o‘ziga g‘ov bo‘lganlarni ayovsiz mahv etganligini, xalq boshiga ko‘plab qirg‘inlarni solganini bilamiz. U paytlar esa, shoir biz bilgan haqiqatlarni xayoliga ham keltirmagan, sotsialistik jamiyatni baxt va saodatga eltuvchi yagona jamiyat deb tushungan, sotsialistik Vatanga o‘zligini baxshida qilgan, "sovet shoiriman", deya faxr-tuyg‘uga to‘lib yashayotgan yigit edi.
Shu sababli, Hamid Olimjon "O‘lka" she’rida aytgan, uning qa’ridan, mantig‘idan kelib chikuvchi quyidagi so‘zlarida shoir asarining umriboqiyligini anglaymiz; Vatanga bo‘lgan mehrimizni, ishonchimizni, safarbarligimizni, unga bo‘lgan qaynoq muhabbatimizni, aql va yuragimiz amrini biz ham, kelajak avlodlar ham shunday izhor qilamiz:
"Har aytganing buyuk jangnoma,
Qayga desang qaytmay keturman,
Ko‘zlarimni yummasman aslo -
Daryo kabi uyg‘oq o‘turman".
Xullas shunday ijodkorlar bo‘ladiki, ularning har bir asarining poetik g‘oyasida shoir ruhiyati qalblardan qalblarga, dillardan dillarga ko‘chib o‘tadi. Boshqacha aytganda bunday asarlar dil tarjimoni, ijodkorning qalb qiyofasidir.
Hamid Olimjon lirikasida poetik g‘oya dunyoda eng ulug‘ zot bo‘lgan insonning yuksak ma’naviy boyligi va beqiyos go‘zalligini shoirona san’at bilan tasvirlanishida aks etadi. Hayotga muhabbat, Vatanga sadoqat, inja tuyg‘ular tarannum etilgan Shoir she’riyati rang-barangligi va bir satri nurga yo‘g‘rilganligi bilan ham diqqatga sazovordir.


Yüklə 204,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin