1. Fakultetlarda faoliyat yuritayotgan tyutorlarning lavozim yo‘riqnomalari bo‘yicha faoliyati yo‘lga qo‘yilsin.
2. Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i O.Davletovga: 2.1. Tyutorlar faoliyatini hamda ularga biriktirilgan talabalar sonini qayta ko‘rib chiqish;
2.2. Tyutorlik lavozimining vakant o‘rinlari sonini aniqlash va munosib nomzodlarni tayinlash choralarini ko‘rish vazifalari yuklatilsin.
3. Mazkur qaror ijrosi bo‘yicha nazoratni O.Davletovga qoldiraman.
EShITILDI: 2. Ijara xonadonlarida yashovchi talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish va ijara xonadonlariga tashriflar uyushtirilishi ma’lumoti to‘g‘risida
O.Davletov axboroti.
O.Davletov:- Ma’lumki, 2023-2024 o‘quv yilida kunduzgi ta’limda tahsil oluvchi talabalar 11.483 nafarni tashkil qiladigan bo‘lsa, shundan, TTJ bilan qamrab olinmagan 3.587 nafar talaba universitet tyutorlari tomonidan aniqlangan bo‘sh ijara xonadonlariga joylashtirildi. Bugungi kunda ijara xonadonlarida yashovchi talabalarning yashash sharoitlari, xonadonlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlarini o‘rganish va tegishli xavfsizlik chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida universitetning tegishli bo‘lim rahbar-xodimlari va fakultet dekan o‘rinbosarlari tarkibidan iborat Ishchi guruh tuzulib, hozirda ushbu ishchi guruh a’zolari Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi inspektorlari bilan hamkorlikda ijarada turuvchi talabalarning ijara xonadonlariga tashriflar amalga oshirilmoqda.
Tashriflar davomida, ijarada turuvchi talabalarning yashash sharoitlari, jumladan, xonadonlarda talabalar foydalanishlari uchun kerakli bo‘lgan jihozlarning (stol-stullar, gaz plita, kir yuvish mashinasi, xolodilnik va h.k.) mavjudligi o‘rganilib kelinmoqda.
Hurmatli dekan o‘rinbosarlari, barchangizga namuna jadval asosida ijara xonadonlarda yashovchi talabalarning (joylashuv lokatsiyasi va ijara summasi) ma’lumotini elektron variantda bo‘lim xodimi R.Jumataevga 11-oktabr soat 12-00gaqadar taqdim qilishingiz so‘ralgan. Lekin mazkur topshiriqqa sustkashlik bilan yondashgan O‘zbek tili va adabiyoti, Pedagogika va psixologiya, Maxsus pedagogika va inklyuziv ta‘lim, Tabiiy fanlar va Maktabgacha ta‘lim fakultet dekan o‘rinbosarlari hanuzgacha ma’lumotni taqdim qilmadi.
2023-2024 o‘quv yilida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan, joriy yilning sentabr oyida ijara shartnoma tuzib, tegishli hujjatlarni taqdim qilgan 270 nafar talabaga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdori (330.000 so‘m)dagi ijara pulini to‘lab berish bo‘yicha universitet rektori buyrug‘i ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Mazkur masala yuzasidan nazoratni kuchaytirish zarur. Ijara pullari talon-taroj qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rishimiz kerak.