Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor huzuridagi 2023-yil 14-oktabrdagi 2-sonli yig‘ilish b a yonnomasi



Yüklə 31,55 Kb.
səhifə3/4
tarix11.11.2023
ölçüsü31,55 Kb.
#131917
1   2   3   4
1-bayonnoma

O.Davletovning axborotlarini tinglab va so‘zga chiqqan yig‘ilish a’zolarining fikr mulohazalari asosida
Q A R O R Q I L I N D I :


2.1. Kun tartibining 2-masalasi yuzasidan O.Davletovning axborotlari ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2.2. Joriy yil 14-oktabr soat 14-00da Birinchi prorektor bilan tyutorlar uchrashuvi o‘tkazilishi belgilansin.
2.3. Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i O.Davletovga:
2.3.1. TTJlardagi zahira joylar to‘g‘risida universitet ijtimoiy tarmoqlari orqali talabalarga e’lon berish;
2.3.2. TTJlarga xorijiy talabalarni tegishli tartibda joylashtirish choralarini ko‘rish:
2.3.3. Tarbiyachi-pedagoglar faoliyatini tanqidiy o‘rganish;
2.3.4. Bir hafta muddatda Oqtepada joylashgan TTJga tarbiyachi-pedagog lavozimiga nomzod tayinlash bo‘yicha taklif kiritish vazifalari yuklatilsin.
2.4. Birinchi prorektor boshchiligida TTJlarda tungi tekshiruvlar o‘tkazilishi ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2.5. Ijara xonadonlarda yashovchi talabalarning (joylashuv lokatsiyasi va ijara summasi) ma’lumotini taqdim qilmagan yuqorida nomlari keltirilgan fakultet dekan o‘rinbosarlari bugun 12-oktabr soat 18-00ga qadar taqdim qilishi belgilansin.
2.6. Mazkur qaror ijrosi bo‘yicha nazoratni o‘z zimmamda qoldiraman.


EShITILDI: 3. Vazirlik va bo‘lim tomonidan berilgan topshiriqlarni ijrosini bajarishda mas’suliyatsizlik bilan yondashayotgan fakultet tyutorlari xususida M.Xo‘jayev axboroti.
M.Xo‘jayev:- Tyutorlarning lavozim yo‘riqnomasida iste'dodli va iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni respublika va xalqaro tanlovlarga maqsadli tayyorlash, iqtidorli talabalarni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor davlat stipendiyalariga tavsiya etish; shuningdek, talabalar turar joylarida, ijaradagi va xususiy xonadonlarda yashovchi talabalarning yashash manzillariga muntzam borib u yerda yaratilgan sharoitlarni o'rganib borish va ularni yaxshilash bo'yicha mutasaddilarga taklif kiritish; shahar va respublika doirasida tashkil etiladigan tadbirlarga talabalarni tartib va intizom, uyushqoqlik bilan olib kelish va ishtiroklarini ta'minlash; talabaning axloqiy, ma'naviy-ma'rifiy xususiyatlarini va u haqidagi shaxsiy ma'lumotlarni yorituvchi yig'ma jild hamda "Axborot va murabbiylik soati" darsi va ish rejasidagi turli xil tadbirlarni qayd qilish jurnalini elektron tutish va yuritib borish, talabalarning darslarga qatnashishlari bo'yicha kunlik davomatini yuritib borish, ular tomonidan sababsiz qoldirilgan dars mashg'ulotlari yuzasidan tegishli choralar ko'rish bo'yicha fakultet dekanatiga bildirgi kiritib borish; talabalarning darslarni o'zlashtirish darajalarini nazorat qilib borish, innovatsion ta'lim texnologiyalari va o'quv-uslubiy materiallar, axborot-resurslari bilan ta'minlashga hamda ushbu manbalardan keng va unumli foydalanishga ko'maklashish kabi vazifalar belgilab qo’yilgan.

Yüklə 31,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin