O bobojonov k. Jumaniyozov


V. Ish bilan ta’minlanmagan (prostoy) vaqtiga haq to’lash va uni



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/214
tarix30.01.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#122739
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   214
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

V. Ish bilan ta’minlanmagan (prostoy) vaqtiga haq to’lash va uni 
rasmiylashtirish
Ishchi sub’ektda bo’lib, lekin undan foydalanishning iloji bo’lmasa, bu 
holda u ish bilan ta’minlanmagan hisoblanadi. Ishchining ish bilan 
ta’minlanmaganligi mahsulotning tannarxini orttirib, foydani kamaytiradi 
va tegishli sub’ektga zarar keltiradi. Bunga ishchining o’zi, shuningdek 
sex va sub’ektning rahbariyati, xom ashyo etkazuvchilar, energiyaning 
yo’q bo’lib qolishi sabab bo’ladi. Bu xolga ishchining o’zi sababchi bo’lsa, 
mehnat haqi to’lanmaydi, boshqa hamma hollarda ishchi ish bilan 
ta’minlanmaganligi uchun stavkaning 2/3 qismi miqdorida haq to’lanadi. 
Bu vaqtda bekor turib qolish haqidagi xujjat kasaba uyushma qo’mitasi 
tomonidan xujjatlashtiriladi. Unda to’xtab turishning sabablari va 
sababchilari, uning muddati, ishchining tarif stavkasi, mehnat haqining 
darajasi va summasi ko’rsatiladi.
Muddatiga ko’ra bekor turishlar smena ichidagi va butun smenaliga 
bo’linadi. Smena ichidagi bekor turishlar kundagi bekor turishlar haqidagi 
varoq bilan xujjatlashtiriladi, mehnat vaqtining tabelida esa qo’shimcha I /
2I, 3I/ harfi bilan belgilanadi. Butun smenalilar ko’pincha tashqi sabablar 
uchun chiqariladi (energiyaning kelmasligi) va sexdagi butun tarmoqning 
ishchilarini qamrab oladi. Tabeldagi bu bekor turishlar T harfi bilan ajralib 
turadi va bekor turishdagi qatnashgan ishchilarning ilovali ro’yxati bilan 
dalolatnoma yozilib xujjatlashtiriladi. 
Bekor turishlar vaqtida ishchilar ishlatilgan bo’lishi ham mumkin, ya’ni 
bu davr ichida ishchilar yangi vazifalarni olishadi va boshqa ishga 
jo’natiladi. Ishbay qiymati yoki o’rtacha oylikning saqlanishi bo’yicha 
mehnat haqini hisoblash tartibiga muvofiq naryadlarni yozish bilan ish 
xujjatlashtiriladi. Bekor turish haqidagi varoqda naryadning raqami va 
ishlangan vaqti ko’rsatiladi.
280



Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin