O bobojonov k. Jumaniyozov


 Sotib olingan xususiy aktsiyalar tarkibi va uning hisobi



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/214
tarix30.01.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#122739
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   214
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

9.5. Sotib olingan xususiy aktsiyalar tarkibi va uning hisobi. 
Iqtisodiyotni rivojlantirishda ayrim hollarda aksiyalarning nominal 
yoki bozor bahosini ushlab turish yoki iqtisodiy obro’ga putur etkazmaslik 
uchun sub’ektlar ilgari sotilgan oddiy va imtiyozli aksiyalarni emitent 
(aksiyadorlik jamiyati) tomonidan keyinchalik qayta sotish yoki hisobdan 
chiqarish (bekor qilish) maqsadida sotib olishi mumkin. Ushbu sotib 
olingan o’z aksiyalarining holati va harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni 
umumlashtirish quyidagi:
8600
SOTIB OLINGAN XUSUSIY AKTSIYALARNI
HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
8610
Sotib olingan xususiy aktsiyalar - oddiy
8620
Sotib olingan xususiy aktsiyalar - imtiyozli
Boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar (ma’suliyati cheklangan 
jamiyatlar, uyushmalar va shunga o’xshaganlar) 8610-"Sotib olingan 
o’zining oddiy aksiyalari" va 8620-"Sotib olingan o’zining imtiyozli 
372


aksiyalari" schyotlaridan xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan qabul 
qilingan tartibga muvofiq boshqa qatnashuvchilarga yoki uchinchi shaxsga 
berish uchun ustav kapitaliga qo’ygan ulushini hisobga olish uchun 
qo’llaydilar.
O’zining aksiyalarini sotib olishni hisobga oluvchi schyotlar 8300- 
"
Ustav kapitalini hisobga oluvchi schyotlar"ni hisobga oluvchi 
schyotlarga nisbatan kontr-passiv schyot hisoblanib aksiyadorlar 
jamiyatining aksiyadorlik kapitalining kamayishini ko’rsatadi va balansda 
ko’rsatiladigan ustav kapitali summasidan chegiriladigan summa 
hisoblanadi.
Sotib olingan o’zining aksiyalari ularning qayta sotilishi vaqtigacha 
xech qanday huquqga ega emaslar; - ovoz berish, mulk, dividendlar olish 
va sub’ektni tugatish vaqtida aksiyadorlar jamiyati aktivning ulushi 
huquqiga ega emaslar.
Agarda aksiyalar nominal qiymatda yoki undan yuqori bahoda sotilib 
keyinchalik emitent (jamiyat) tomonidan qayta sotib olingan bo’lsa 
boshlang’ich emissiya jarayoniga zid ravishda nominal qiymatidan past 
bahoda sotilishi mumkin.
Emitent (jamiyat) tomonidan sotib olingan o’zining aksiyalarining 
qiymati 8610-"Sotib olingan o’zining oddiy aksiyalari" va 8620-"Sotib 
olingan o’zining imtiyozli aksiyalari" schyotlarining debeti tomonida 
nominal qiymatda yoki sotishning boshlang’ich bahosida emas, balki 
haqiqiy sotib olish bahosida qayd qilinadi.
Emitentlar sotib olingan o’zining aksiyalarini sotib olish bahosidan 
yuqori bahoda qaytadan sotsalar ushbu muomalalar natijasidagi sotib olish 
va qayta sotish baholarining o’rtasidagi farq summani 9590-"Moliyaviy 
faoliyatdan olingan boshqa daromadlari" schyotining krediti tomonidan 
aks ettiradilar. Agarda ushbu aksiyalar sotib olish bahosidan kam bahoga 
sotilsa ushbu muomaladagi baholar o’rtasidagi farq zarar sifatida 
9690-"
Moliyaviy faoliyat bўyicha boshєa xarajatlar"schyotining 
debeti tomonida ko’rsatiladi.
Agarda emitentlar o’zining aksiyalarini bekor qilish maqsadida ularni 
nominal qiymatidan yuqori bahoda sotib olsalar, qiymati va sotib olish 
bahosi o’rtasidagi farq summasi 9690-"
Moliyaviy faoliyat bўyicha 
boshєa xarajatlar " schyotining debeti tomonida ko’rsatadilar.
O’zining aksiyalarini hisobdan chiqarish (bekor qilish) uchun ularni 
nominal qiymatdan past bahoda sotib olsalar, nominal qiymati va sotib 
olish bahosi o’rtasidagi farq summasi 9590-"Moliyaviy faoliyatdan 
olingan boshqa daromadlari" schyotining kredit tomonida qayd qilinadi.
373


8610-"O’zining aksiyalarini sotib olish" schyotlari bo’yicha analitik 
hisob aksiyaning har bir turi va aksiya egalari bo’yicha ayrim olgan holda 
yuritiladi.
8600-O’zining aksiyalarini hisobga oluvchi schyotlarning chizmasi.
8610-"Sotib olingan o’zining oddiy aksiyalari" va 8620-"Sotib olingan 
o’zining imtiyozli aksiyalari".

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin