O bobojonov k. Jumaniyozov


Moliyaviy hisobot ma’lumotlaridan foydalanuvchilar



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/214
tarix30.01.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#122739
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   214
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

10.2. Moliyaviy hisobot ma’lumotlaridan foydalanuvchilar.
Hisobotdan tashqi foydalanuvchilar ushbu ma’lumotlarni chuqur va har 
tomonlama o’rganib quyidagi imkoniyatlarga ega bo’ladilar:
u yoki bu sub’ekt bilan ish yuritish lozimligi va shart-sharoitlarni 
belgilash;
390


ishonchsiz shaxslarga qarz berish yoki bermaslik;
u yoki bu sub’ektning aktivini sotib olishning maqsadga muvofiqligi;
iste’molchi va buyurtmachilar bilan munosabatni to’g’ri o’rnatish;
kelgusida aloqa qiladigan sub’ektlarning moliyaviy ahvolini 
baholash;
ishni boshlash va yuritish jarayonida ba’zi bir tavakkalchilikni 
hisobga olish.
Davriy va yillik hisobotlar asosan yuqori tashkilot, soliq muassasasi, 
bank, statistika muassasalariga taqdim qilinadi. Ayrim hollarda 
ta’minotchilarga, manfaatdor va qiziquvchi shaxslarga hisobot 
ma’lumotlari ham beriladi.
10.3. Moliyaviy hisobotning oldiga qo’yilgan talablar.
Кorxona, tashkilot va muassasalarda yillik hisobot tuzilayotganda 
buxgalteriya hisobini yuritishning quyidagi shartlariga amal qilish lozim:
joriy yil davomida ayrim xo’jalik muomalalarini qayd qilish va 
Qonunda ko’rsatilgan tartibda sub’ektning mulkini baholash tartibini 
belgilovchi qabul qilingan hisob siyosatiga amal qilish;
Agarda hisob siyosati o’zgartirilsa ushbu o’zgarish yillik hisobotga 
ilova sifatida beriladi.
joriy yilda amalga oshirilgan xo’jalik muomalalarini to’liq aks 
ettirishi va mulk va majburiyatlarining inventarizasiya ma’lumotlarini 
to’g’ri va to’liq yuritish;
buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi, tegishli Standartlarga asosan 
va buxgalteriya hisobi va hisoboti to’g’risidagi Nizomga muvofiq 
daromad va sarflarni joriy yilda to’g’ri hisobga olib borish;
hisobni tashkil qilishda ishlab chiqarish va muomala bo’yicha joriy 
xarajatlarni va kapital qo’yilma xarajatlarini ajratgan holda hisobga 
olish;
yillik inventarizasiya o’tkazish vaqtiga analitik hisob 
ma’lumotlarining sintetik hisob ma’lumotiga to’g’ri kelishi.
Shunday qilib, yillik hisobot tuzishdan oldin o’tgan yilda sodir bo’lgan 
hamma xo’jalik muomalalari buxgalteriya hisobining schyotlarida qayd 
qilingan bo’lishi lozim. Shu bilan bir qatorda buxgalteriya hisobining 
ma’lumotlari to’liq va to’g’ri bo’lishi bilan yillik hisobot va boshqa joriy 
hisobot shakllarini chuqur va haqqoniy yuritib borish imkoniyatiga to’la 
ega bo’la olmaydi. Chunki sub’ekt mulkining va majburiyatlarining hajmi 
va holati tekshirilib hisobotga o’zgartirishlar kiritiladi.
391


Hisobotning ishonchli bo’lishining asosiy sharti joriy yil ma’lumotlarini 
o’tgan yil ma’lumotlari bilan taqqoslash imkoniyatini yaratishdir. 
Hisobotdagi ma’lumotlar o’chirilishi yoki o’zgartirilishi mumkin emas
agarda o’zgartirilish kiritilsa yoki xato yozuvlar to’g’rilansa hisobotga 
imzo qo’ygan javobgar shaxslar kiritilgan o’zgarishlarni imzosi bilan 
tasdiqlashi shart.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin