Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə120/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Markaziy tekisliklar. Shimoliy Amerikaning o‘rta qismida joylashgan, shimolda Lavrentiy yassi tog‘ligi, sharqda Buyuk ko‘llar va Appalachi tog‘lari, g‘arbda Buyuk tekisliklar, janubda Meksikabo‘yi pastekisligi bilan chegaralangan. Yer yuzasining dengiz sathidan o‘rtacha balandligi janubda 150-200 m, shimolda, g‘arbda va sharqda 250-500 m. Markaziy tekisliklarning tektonik poydevorini Shimoliy Amerika platformasining janubiy qismi tashkil etadi. O‘lka hududi gorizontal ravishda yotgan quyi va yuqori paleozoy jinslaridan tarkib topgan. Qadimiy jinslarning ustki qismi keyinchalik to‘rtlamchi davr yotqiziqlari bilan qoplangan.
Markaziy tekisliklarning shimoliy qismini yer yuzasiga to‘rtlamchi davr materik muzliklari kuchli ta’sir etgan. Katta maydondagi tekislik yuzasida morena yotqiziqlaridan hosil bo‘lgan tepaliklar va ular oralig‘ida joylashgan botqoqlangan cho‘kmalar ko‘p uchraydi. Tekisliklarning janubida morena yotqiziqlari o‘rnini lyosslar, lyossimon jinslar va qalin qum yotqiziqlari egallagan. Bu yotqiziqlar keng muzlikyoni havzalarida shakllangan.
Markaziy tekisliklarning janubi-sharqiy qismida gertsin tog‘larining tektonik harakatlar natijasida cho‘kmay qolgan ayrim hududlari yer yuzidan orollar shaklida ko‘tarilib qolgan. Bular balandligi 700-800 m dan oshadigan Uoshito va Boston
tog‘lari hamda balandligi 500-700 m keladigan Ozark platosidir. Ular Appalachi tog‘ tizimining janubi-g‘arbiy tektonik davomi hisoblanadi.
Markaziy tekisliklarning hamma hududi daryo vodiylari va jarliklar bilan kesilgan. Ayniqsa, kuchli erozion parchalanish tekisliklarning lyoss va lyossimon jinslar keng tarqalgan janubiy qismi uchun xarakterlidir. Tekisliklarning janubi- sharqiy qismida Ogayo daryosidan janubda karst relyef shakllari yaxshi rivojlangan. Karstlarning hosil bo‘lishi quyi karbon davridagi ohaktoshlarning yer yuzasiga yaqin yotganligi bilan bog‘liq. Karst hodisalariga Appalachi tog‘ etaklari yaqinidagi, Kamberlend platosida joylashgan Mamont g‘ori misol bo‘la oladi. Mamont g‘ori yer yuzasidan 300 m chuqurlikda, ohaktoshli jinslar orasida hosil bo‘lgan dunyodagi eng katta karst g‘orlaridan biri hisoblanadi. G‘orning morfologik tuzilishi juda murakkab bo‘lib, besh yarusli strukturaga ega. Speleologlarning ta’kidlashicha, hozirga qadar u to‘liq, tadqiq etilmagan. G‘orning tekshirilgan qismining uzunligi 240 km. Tekshirilgan qismida 225 yo‘lak, 47 gumbazsimon xona, 23 shaxta bor. Mamont g‘orining yer osti gidrografik to‘ri juda murakkab tuzilgan. Gidrografik to‘r uchta yer osti ko‘lidan va uchta yer osti to‘ridan tarkib topgan. Yer osti daryolari Grin-River daryo tizimi bilan bog‘langan g‘orning ichidagi harorat doimiy bo‘lib,
+13°S ni tashkil etadi. G‘orda yer osti landshaftiga xos organik hayot ham mavjud. U yerda qorong‘ilik sharoitiga moslashgan ko‘r chigirtka, o‘rgimchaklar, ko‘llarda va daryolarda ko‘r baliq va qisqichbaqalar yashaydi.
Markaziy tekisliklarning iqlimi mo‘tadil va kontinental. Shimoliy qismida havo ancha salqin va janubida iliq. Yanvarning o‘rtacha harorati shimolda -20°S ga va janubda +4°S ga teng. Yozi salqin, yog’in ko‘p bo‘ladi. Iyulning o‘rtacha harorati shimolda +19°S dan, janubda +26°S gacha ko‘tariladi. Yog‘in miqdori janubi- sharqda 1200 mm dan shimoli-g‘arbda 400 mm gacha kamayadi. Qishda qor qoplamining qalinligi o‘lkaning shimolida 1m gacha borib uzoq saqlanadi, janubida esa qor uzoq saqlanmay tezda erib ketadi.
Markaziy tekisliklar tabiiy holdaga unumdor tuproqlarga boy. Uning asosiy tuproq qoplami o‘rmon qo‘ng‘ir va qora tuproqlardan iborat. O‘lkaning katta maydonini egallagan preriyalarning baland bo‘yli o‘tlari kuchli degradasiyalashgan va yo‘q qilib yuborilgan. Aralash o‘rmonlarda zarang, tog‘ terak, getlok, yel, qarag‘aylar, daryo vodiylarida eman va gikorilar o‘sadi. Markaziy tekisliklarning deyarli barcha hududi Missisipi va uning yirik irmoqlari – Missuri va Ogayo havzalarida joylashganligi sababli obikor dehqonchilik yaxshi rivojlangan. Uning 75% hududi haydalgan va agrolandshaft majmualari bilan band.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin