Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə127/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Meksika Kordil’erasi. Meksika Kordil’erasi tog‘lari o’lkasiga Kaliforniya yarim oroli, shimoli-g‘arbiy Meksika platosi, Meksika yassi tog‘ligi, Baland vulkanlar tizmasi, g‘arbiy Serra-Madre va Sharqiy Serra-Madre tog‘lari qaraydi. O’lkaning janubiy chegarasi tektonik cho‘kmadagi Balsas daryosi vodiysidan o‘tadi. Bu tektonik vodiy Shimoliy Amerika bilan Markaziy Amerika o‘rtasida tabiiy geografik chegara vazifasini ham bajaradi.
Kaliforniya yarim oroli Tinch okeanining Kaliforniya qo‘ltig‘i bilan ajralgan bo‘lib, uzunligi 1200 km, kengligi 50-250 km masofaga cho‘zilgan. Maydoni 144 ming km2 ga yaqin. Sharqiy qirg‘oqlari qo‘ltiqqa tik tushgan, g‘arbiy qirg‘oqlari esa aksincha, qiya pastekislik bo‘lib, ayrim joylarda lagunalar ham uchraydi. Yarim orolning sharqiy qismi bo‘ylab balandligi 500-1500 m bo‘lgan vulkanik va kristall massivlar ko‘tarilgan. Ulardan eng balandi La-Enkantad tog‘i (3078 m) hisoblanadi. G‘arbiy qirg‘oq bo‘ylab 1000-1500 m balandlikdagi zinapoyasimon ko‘tarilgan yassi tog‘liklar, dengizbo‘yi pastekisliklari va Serra Viskayno tog‘i cho‘zilgan. Umuman, Kaliforniya tog‘lari AQSh Qirg‘oq tizmalarining janubiy davomi hisoblanadi. Yarim orolning shimolida subtropik va janubda tropik iqlim hukmronlik qiladi. Yog’in kam, o‘rtacha yillik yog‘in miqdori 250 mm dan oshmaydi. Tabiat majmualari cho‘l, chala cho‘l va tog‘ landshaftlaridan iborat. Cho‘llarda kaktuslar, agavalar, yukkalar va meksitlar o‘sadi. Tog‘li hududlarda baland mintaqa sifatida o‘rmonlar uchraydi. Meksika tog‘ligi maydoni 1200 ming km2. Uning asosiy qismini sharqdan, g‘arbdan va janubdan baland tog‘lar bilan o‘ralgan Meksika yassi tog‘ligi tashkil etadi. U tog‘lik laramiy bosqichida vujudga
kelgan bo‘lib, tektonik jihatdan Qoyali tog‘larning davomi hisoblanadi.
Yassi tog‘likning shimoliy qismi Buyuk tekisliklar va Kolorado platosi bilan tutashgan. Uning sharqiy chekkasida Sharqiy Serra-Madre (Penya-Nevada, 4054 m) va g‘arbida G‘arbiy Serra-Madre (Chorreras, 3150 m) tog‘lari ko‘tarilgan. Janubiy qismi qator so‘ngan va harakatdagi vulkanlar bilan o‘ralgan bo‘lib, ular Ko‘ndalang Vulkanik Serra tog‘i deb ataladi. Tog‘likning va butun Meksikaning eng baland nuqtasi Orisaba vulkani (5747 m) ham shu yerda joylashgan. Bundan tashqari Popokatepetel (5452 m), Istaksiuatl (5286 m), Kolima (3846 m) kabi vulkanlari yassi
tog‘likning janubida qad ko‘tarib turibdi. Parikutin va Xorulo vulkanlari eng yosh va ular yaqinda hosil bo‘lgan.
Meksika tog‘ligining ichki qismi ikki rayonga Shimoliy Mesa va Markaziy Mesaga bo‘linadi. Shimoliy Mesa uncha baland bo‘lmagan va qisqa tog‘lar bilan ajralib turgan alohida-alohida tekislik hududlardan iborat. Tekislik hududlarning balandligi 900-1200 m ni tashkil etadi. Markaziy Mesa tog‘ ko‘tarilmalari va botiqlar bilan ajralgan bir qator vulkanik platolardan tarkib topgan. Uning okean sathidan balandligi 2000-2400 m. Meksikaning ko‘plab shaharlar va qo‘rg‘onlari Markaziy Mesaning botiqlarida joylashgan. Meksika yassi tog‘ligi ohaktoshlardan, qumtoshlardan, mergellardan tashkil topgan. Yuzasining katta maydoni lavalar bilan qoplangan.
Ko‘ndalang Vulkanik Serra tog‘ining vulkan konuslari oralig‘ida vulkanik jinslardan tarkib topgan keng botiqlar va platolar joylashgan. Ular eng qadimdan inson xo‘jalik faoliyati ta’sirida kuchli o‘zlashtirilgan hududlar bo‘lib, hozirgi kunda shahar seliteb va agrolandshaftlar bilan band. Baland tog‘lar bilan o‘ralgan va balandligi 2300 m bo‘lgan platolarning birida Meksikaning poytaxti Mexiko shahri joylashgan. Meksika Kordil’era o’lkasining iqlimi tropik iqlim. Uning shimoliy va shimoli-g‘arbiy qismlari uchun qurg‘oqchil, kontinental cho‘l va chala cho‘l iqlim, eng janubiy va sharqiy qismlari uchun nam iqlim xarakterli. Yassi tog‘likning shimoliy va shimoli-g‘arbiy qismlarida kontinental quruq tropik iqlim hukmronlik qilgani uchun yozi issiq va qishi yumshoq bo‘ladi. Iyulning o‘rtacha harorati shimoldan janubga tomon +15°S dan +20°S gacha, yanvarning o‘rtacha harorati
+9°S dan +14°S gacha o‘zgaradi. Qish oylarida shimoldan keladigan sovuq havo massasi hisobiga harorat -20°S gacha pasayishi mumkin. Havoning namligining baland bo‘lishiga qaramasdan yillik yog‘in miqdori 200-400 mm, g‘arbiy Serra- Madre tog‘i yonbag‘irlarida biroz ko‘payadi.
O’lkaning janubiy qismi Atlantika passatlarining tropik havo massasi ta’sirida bo‘lganligi sababli yog‘in ko‘payadi. Yog’inning asosiy qismi yoz fasliga to‘g‘ri keladi. Sharqiy Serra-Madre tog‘ining sharqiy yonbag‘riga va Ko‘ndalang Vulkanik Serra tog‘ining janubiy yonbag‘riga yiliga 2000-4000 mm yog‘in yogadi. Tog‘lar va platolarning 1500 m dan yuqori qismida harorat +20oS dan yuqori ko‘tarilmaydi. 3000 m dan balandda qish oylarida sovuq bo‘lib qor yog‘adi. Qor chizig‘i 4500 m dan balandda yotadi. Ko‘ndalang Vulkanik Serra tog‘larining cho‘qqilarida qor va muzlar yil davomida saqlanadi. Meksika Kordil’era tog‘larining iqlimi uchta mintaqaga bo‘linadi. 1400 m balandlikkacha bo‘lgan qismi terra-kalida (issiq) mintaqaga, 3000 m gacha bo‘lgan qismi terra-teplada (mo‘tadil) mintaqaga va 3000 m dan yuqorisi terra-fria (sovuq) mintaqaga qaraydi.
Meksika tog‘ligining o‘simliklar olami xilma-xil va nihoyatda endemik turlarga boy. Tog‘likning shimoliy qismi cho‘l va chala cho‘l landshaft majmualaridan tarkib topgan. Bu o’lka kaktus florasining shakllanish va tarqalish vatani bo‘lganligi uchun kaktusli cho‘l landshaftlari katta-katta maydonlarni egallagan. Meksika tog‘ligining o‘simlik dunyosida 8000 dan ortik endemik turlar bor. Jumladan kaktuslarning 500 ga yaqin turi, agavalarning 140 turi mavjud. Bulardan tashqari opunsiyalar, sereuslar, yukkalar, tikanli butalar keng tarqalgan.
Yumaloq tikanli kaktuslarning aylanasi 2 m gacha bo‘lib, ularning tarkibida 2 t gacha suv saqlanadi.
Tog‘larning 1000-1200 m gacha bo‘lgan sernam yonbag‘irlari doimiy yashil tropik o‘rmonlar bilan qoplangan. Bu o‘rmonlar asosan turli xil eman va magnoliya daraxtlaridan iborat. Tog‘larning o‘rtacha balandlikdagi qismi chinor, eman, yong‘oq, qarag‘ay, pixta va mojjevelniklardan tashkil topgan aralash va igna bargli o‘rmonlar mintaqasi bilan band. Ularning 4000-4500 m dan yuqori qismida subal’p va al’p mintaqalari joylashgan. Meksika tog‘ligining tog‘oralig‘i botiqlarida, vodiylarida apelsin, kofe, banan, makkajo‘xori va boshqa subtropik hamda tropik ekinlar yetishtiriladi.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin