Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə197/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Tibet tog’ligi. Tibet Yer yuzidagi eng buyuk, yaxlit va baland tog’likdir. Uning o’rtacha balandligi 4000-5000 m, ko’pchilik tizmalarning maksimal balandligi 6000 m dan oshadi. Tibet tog’ligi Osiyoning boshqa qismlaridan uni o’rab turgan baland tizmalar orqali ajralib turadi. Uning o’ziga xos xususiyatlari juda katta mutloq balanddikka ko’tarilganligi, quruq kontinental tog’ iqlimiga ega ekanligi, baland tog’ cho’l va chala cho’l landshaftlarining keng tarqalganligidir. Tibetning tektonik morfo strukturasi turli yoshdagi jinslardan tarkib topgan bo’lib, ular paleozoy, mezozoy va kaynozoy burmalanishlari natijasida vujudga kelgan. Al’p tog’ hosil bo’lish jarayonida Tibetning hamma qismi yoppasiga ko’tarila boshlagan. Kuchli zilzilalarning bo’lib turishi, vulkanlar va qaynoq buloqlarning mavjudligi tog’ hosil bo’lish jarayonini davom etayotganligidan darak beradi. Tog’likning geologik tuzilishida granit, gneys, kvarsit, ohaktosh, qumtosh va slaneslar ishtirok etadi. Bu tog’ jinslaridan oltin, rangli metallar, polimetall va temir rudalari, yonuvchi slanes, toshko’mir, surma konlari topilgan. Sho’r ko’llarda tuz, soda va boshqa minerallarning katta zahiralari mavjud.
Tibet tog’ligining rel’efida va iqlim sharoitida ichki tafovutlar mavjud. Uning shimoliy qismida kenglik bo’ylab cho’zilgan Kunlun tog’ tizimi joylashgan. Bu tizim sharqda ikki tarmoqqa bo’lingan bo’lib, shimolda Oltintog’ va Nanshan tizmalaridan, janubda Orqatog’ (Prjevalsk) va Marko Polo tizmalaridan iborat. Bu tizmalar oralig’ida Saydam botig’i joylashgan. Botiqning dengiz sathidan balandligi 2700-3000 m, uzunligi 700 km va keng joyi 300 km. Tibetning eng baland nuqtalari Kunlunda joylashgan. Bular Ulug’muztog’ (7723 m), Cho’ngqorlitog’ (7720 m) va Muztog’ (7282 m) cho’qqilaridir. G’arbiy va Markaziy Tibetning yuzasi tekislangan tizmalardan, uvoq materiallar bilan to’lgan botiqlardan tuzilgan va dengiz sathidan o’rtacha 4500-5000 m baland ko’tarilgan. Ayrim botiqlar oqmas ko’llar bilan band. Sharqiy Tibet uchun yorqin ifodalangan tektonik va erozion parchalanishlar
xarakterli. Parallel joylashgan tog’ tizmalari bir-biridan chuqur darasimon vodiylar bilan ajralib turadi. Darasimon vodiylardan Xuanxe, Yanszi, Mekong, Saluin kabi yirik daryolar oqib o’tadi. Sharqiy Tibetning sharqiy qismida Xuanxe va Yanszi daryo vodiylari oralig’ida Sino-Tibet tog’lari joylashgan. Uning uzunligi 750 km, maksimal balandligi Gungashan cho’qqisida 7596 m ga yetadi. Tibetning janubiy chekka qismida bir necha tog’ tizmalari baland ko’tarilgan bo’lib, ular Transhimolay (Gandisishan) tog’lari deb ataladi. Bu tog’ tizmalari Himolaydan Braxmaputra (Sangpo) va Hind daryolarining keng bo’ylama tektonik vodiylari orqali ajralib turadi. Braxmaputra daryosining chap irmog’i vodiysida, 3650 m balandlikda Lxasa shahri joylashgan.
Tibet tog’ligi juda baland bo’lganligi sababli iqlimi keskin kontinental, sovuq va quruq. Uning g’arbiy va markaziy qismlarida (mahalliy nomi Changtan) o’rtacha yillik harorat 0°+5°S ga teng. Qish uzoq davom etadi. Qor kam yog’adi, harorat - 32°S gacha pasayadi. Yoz salqin va qisqa. Iyulning o’rtacha haroarti +10°+15°S, ba’zan +20°S gacha ko’tariladi. Yozda ham harorat 0°S dan pasayib, tuproq qatlami muzlashi mumkin. Tibetning janubidagi vodiylarda iqlim nisbatan iliq. Iyulning o’rtacha harorati +14°+18°S, yanvarniki -2°-4°S. Yog’in miqdori tog’likning aksariyat qismida 100-200 mm ni tashkil etadi, chekkalarida 500 mm gacha ko’payadi. Tibetning faqatgina janubiy va sharqiy qismlariga Hind va Tinch okeanlaridan keladigan yozgi mussonlar ta’sir etib, yillik yog’in miqdorini 800-1000 mm ga yetkazadi. Iqlimning quruqligi natijasida Changtanda qor chizig’i 6000 m balandlikdan, janubda Transhimolay tog’larida 5000-5500 m balandlikdan o’tadi. Tibetning shimoliy, g’arbiy va markaziy hududlarida iqlimning quruqligi tufayli daryo to’ri nihoyatda kam rivojlangan. Baland tog’ tizmalaridagi muzliklardan boshlanib, shimol tomonga oquvchi daryolar berk havzalarga quyiladi. Tog’likning mo’tadil namli, muzliklar va doimiy qorlar keng tarqalgan janubiy va sharqiy qismlaridan boshlanuvchi Osiyoning yirik daryolari Tinch va Hind okeanlari havzalariga qaraydi. Tibetning janubiy va sharqiy qismlaridan boshlanuvchi Xuanxe, Yanszi, Mekong, Saluin, Braxmaputra, Hind daryolari tog’ muzliklaridan va musson yomg’irlaridan to’yinib yozda to’lib oqadi. Tibetda qoldiqli ko’llar ko’p. Ular pleystosenning oxirida vujudga kelgan muzliklarning erishidan hosil bo’lgan yirik ko’llarning qoldiqlaridir. Keyinchalik bu ko’llarning maydoni quruq iqlim sharoitida keskin qisqarib, mayda va sho’r ko’llarga aylangan. Ko’pchilik ko’llar sayoz bo’lganligi tufayli qurib qolib, ularning o’rnida sho’rxoklar, sho’rxok- botqoqlar hosil bo’lgan. Eng yirik ko’llar Selling (dengiz sathidan 4495 m baland), Namso, Kukunor (3205 m), Orin-Nur, Jorin-Nur va boshqalardir. Tibetning g’arbida va janubida muzliklar, doimiy qorlar keng tarqalgan. Sharqqa tomon tog’larning pasayishi munosabati bilan ularning soni va maydoni keskin kamaya boradi. Janubiy va Sharqiy Tibetda doimiy qorlar va muzliklar 5000 m dan yuqorida joylashgan.
Tibetning katta qismida baland tog’ dasht, chala cho’l va cho’llarga xos bo’lgan, chirindiga kambag’al, shag’al aralash tuproqlar keng tarqalgan. Ayrim joylarda tuproqlar va o’simliklar umuman shakllanmagan. Tog’likning chekka yaxshi namlangan janubiy va sharqiy hududlarida tog’ o’tloq-dasht va tog’-o’tloq tuproqlar uchraydi. Uning katta-katta maydonlarini chala cho’l va cho’l landshaftlari
egallagan. Daryo vodiylari bo’ylab yashil butazorlar va to’qayzorlar polosasi cho’zilgan. Transhimolayda turli xil o’tli tog’ dashtlari uchraydi. Nanshanning Sharqiy va Sino-Tibet tog’ining shimoliy qismlarida eman, qarag’ay, qayin, yel daraxtlaridan tashkil topgan aralash o’rmonlar o’sadi. Tibetning chekka janubi- sharqiy qismida eman, yel, qarag’ay, sarv daraxti va boshqalardan iborat doimiy yashil keng bargli va igna bargli o’rmonlar musson iqlim ta’sirida vujudga kelgan. Bu yerda tog’-o’rmon qo’ng’ir tuproqlari yaxshi rivojlangan. Yirik daryo vodiylarida terak, tol, qarag’ay, yel, Yapon qayini, tis, padub kabi daraxtlar uchraydi.
Tibetning fauna tarkibida tuyoqli va kemiruvchi hayvonlar ko’pchilikni tashkil etadi. Uning shimoliy qismi uchun qo’tos, orongo va ada antilopalari, arxar, ko’lon, kukuyaman, pishuxaxo’r ayiq, bo’ri, tulki, quyon, tarbag’an, pishuxa va boshqa xil hayvonlar xarakterli. Janubiy qismida shimolda uchramaydigan mushkli bug’u, qoplon, yo’lbars, g’izol, kabarg’a, suvsar, latcha, makaklar yashaydi. Qushlardan Tibet ulari, Tibet sajasi, tog’ g’ozi, tog’ o’rdagi, to’rg’ay, tustovuq, lochin, kalxat, kaptarlar ko’p uchraydi. Ayrim qushlar Tibet sut emizuvchilariga o’xshab yerga in qazib qishda ham yashaydi.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin