Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə208/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Nazorat savollari:


  1. Janubiy Osiyo tabiiy geografik rayoni tabiiy sharoiti va geografik o’rni xususiyatlariga tavsif bering?

  2. Himolay tog’lari o’lkasi tabiiy, iqlimiy va gidrografik sharoitini tavsiflang?

  3. Hind-Gang pastekisligi o’lkasi gidrografiyasining o’ziga xos tomonlari nimada?

  4. Hindiston yarim oroli tabiiy geografik o’lkasi tabiat mintaqalari geografiyasiga tavsif bering?

  5. Shri-Lanka oroli o’lkasini boshqa o’lkalar bilan qiyosiy tavsif bering?



      1. JANUBI-SHARQIY OSIYO




Tayanch so’z va iboralar: kristall massiv, mezozoy burmali struktura, orografik mintaqa, Iravadi, Menam, Mekong, ekvotorial va subekvotorial mintaqa, tropik tayfunlar, mussonlar, mangrazorlar, savannalar, sinklinal cho’kmalar.

Yevrosiyoning eng janubi-sharqiy qismida joylashgan Hindixitoy yarim oroli va uning janubiy davomi bo’lgan Malakka yarim oroli Janubi-Sharqiy Osiyo rayonini tashkil etadi. Hindixitoy yarim oroliga yaqin joylashgan Malay arxipelagi ham orollar tabiiy geografik o’lka sifatida Janubi-Sharqiy Osiyo rayoni tarkibida o’rganiladi.


Hindixitoy yarim oroli. Hindixitoy yarim oroli Yevrosiyoning eng janubi- sharqiy qismida joylashgan tabiiy geografik o’lkadir. Uning maydoni 2 mln km2 atrofida bo’lib, sharqiy va janubiy qirg’oqlarini Tinch okean dengizlari, g’arbiy qirg’oqlarini Hind okeanining dengiz va qo’ltiq suvlari yuvib turadi. Hindixitoy yarim oroli materikning janubiy qismida joylashgan yarim orollardan qirg’oqlarining kuchli kesilganligi, geologik strukturasining murakkabligi va yer usti tuzlishining xilma-xilligi bilan farq qiladi. O’lka hududida Vetnam, Laos, Kampuchiya, Tailand, Birmaning katta qismi va Malayziya joylashgan.
Hindixitoy yarim orolining markaziy qismi eng qadimiy Hind-Sina kristall massividan, sharqiy qismi mezozoy burmali strukturadan va g’arbiy qismi kaynozoy burmali strukturadan tarkib topgan. Shuning uchun tog’ tizmalarining yo’nalishi submeridional yo’nalishga ega. Yer yuzasining umumiy qiyaligi shimoldan janubga tomon pasayib boradi. Shimoliy va markaziy qismlarida tog’liklar va platolar, janubiy qismida allyuvial pastekisliklar joylashgan. O’lkaning barcha tog’ tizmalari
va tog’liklari shimoldan janubga tomon cho’zilgan g’arbiy, markaziy va sharqiy orografik mintaqalarga bo’linadi.
Yarim orolning g’arbiy chekka qismida Rokxayn yoki Arakan tog’ tizmasi Bengal qo’ltig’i qirg’og’i bo’ylab cho’zilgan. Uning janubiy davomi Andaman, Nikobar, Sumatra va Yava orollarigacha kirib boradi. Arakan tog’lari parallel tizmalardan iborat bo’lib, aksariyat qismi paleogen davrining yotqiziqlaridan tuzilgan. Uning eng baland nuqtasi Viktoriya cho’qqisida 3053 m ga yetadi. Arakan tog’ tizmasidan janubda balandligi 1898 m bo’lgan Sun tog’i, sharqiy tomonda baland nuqtasi 800 m ga ko’tarilgan Pegu past tog’lari joylashgan. Arakan va Pegu tog’ tizmalarini bo’ylama cho’zilgan Iravadi vodiysi va shu nomli allyuvial pastekislik ajratib turadi.
G’arbiy mintaqadan sharqroqda joylashgan markaziy orografik mintaqa shimolda Shan tog’ligidan boshlanib, Malakka yarim orolining janubiy qismigacha davom etadi. Shan tog’ligi va uning janubiy davomi bo’lgan tizmalar kembriydan oldingi qadimiy kristall jinslardan tarkib topgan. Ularning ustki qismi paleozoyning ohaktoshlari va qumtoshlari bilan qoplangan. Bu qadimiy burmalangan zona mezozoy va kaynozoyda vertikal tektonik harakatlar natijasida qaytadan ko’tarilib burmali-palaxsali tog’larga aylangan. Shan tog’ligi chuqur vodiylar va tog’oralig’i botiqlari bilan kuchli parchalangan. Uning g’arbiy ohaktoshli pastroq qismida karst rel’ef shakllari yaxshi rivojlangan. Sharqiy qismi tik yonbag’irli va dengiz sathidan 2000-2500 m baland ko’tarilgan. Ular Saluin daryosining chuqur vodiysi orqali ajralib turadi. Shan tog’ligidan janubda Tanentaunji (Intixanon cho’qqisi, 2595 m) va Bilau tizmalari joylashgan. Malakka yarim orolida markaziy mintaqa ancha kengayib balandligi orta boradi. Malakkaning shimoliy qambar qismini Punet (1465 m) va Luang (1793 m) tog’lari, janubiy kengaygan qismini Taxan (2187 m) va Korbu (2183 m) tog’lari egallagan. Hindixitoyning markaziy qismida maydoni 160 ming km2 atrofida bo’lgan Korat platosi joylashgan. Uning balandligi 150-500 m dan 1000 m gacha boradi. Korat platosi bilan Pasak vodiysi oralig’ida meridian bo’ylab Dongpxrayafay tizmasi (Miang cho’qqisi, 2320 m) cho’zilgan. Undan janubi-sharq tomonda Kravan (Kardamon) tog’i cho’zilgan. Baland nuqtasi Samkax cho’qqisida 1744 m ga yetadi.
Hindixitoyning sharqiy qismidagi sharqiy orografik mintaqa shimoldan janubga dengiz qirg’og’i bo’ylab cho’zilgan. Uning shimoliy qismidagi kuchli parchalangan tog’likda yarim orolning eng baland nuqtasi Fansipan cho’qqisi dengiz sathidan 3143 m ko’tarilgan. Undan janubga tomon cho’zilgan Chionshon tizmasidagi Saylayleng tog’ida maksimal balandlik 2711 m ga, Raoko tog’ida 2286 m ga yetadi. Sharqiy mintaqa tog’lari janubga tomon pasayib boradi. Iravadi, Menam va Mekong daryolarining quyi qismlarida allyuvial pastekisliklar katta maydonlarni egallagan. Hindixitoyning janubi-sharqiy qismida yuzasi yassi tekis bo’lgan Dongrek botig’i joylashgan. Daryo vodiylari va pastekisliklar aholi eng zich joylashgan va maksimal o’zlashtirilgan yerlar hisoblanadi. O’lkaning qadimgi burmali strukturalardan tarkib topgan markaziy tog’ mintaqasi foydali qazilmalarga boy. Shan tog’ligidan qo’rg’oshin, rux, volfram, qalay, kumush va boshqa rudalar qazib olinadi. Malakka yarim orolidagi tog’larda, Annam tog’ida oltin, volfram,
qalay konlari joylashgan. Sharqiy mintaqaning kaynozoy yotqiziqlarida neft konlari bor. Kravan (Kardamon) tog’lari sapfir, yoqut kabi qimmatbaho toshlarga boy.
Hindixitoy yarim orolining katta qismi subekvatorial mintaqada va janubiy (Malakka yarim oroli) qismi ekvatorial mintaqada joylashgan. Mintaqalar o’rtasidagi chegara taxminan 10° sh.k. dan o’tadi. Subekvatorial iqlim mintaqasida harorat, yog’in va musson sirkulyasiyasining fasliy o’zgarishi aniq ifodalangan. Bundan tashqari o’lka hududida tog’ tizmalarining meridianal yo’nalishi qish oylarida shimoldan kontinental sovuq havoning kirib kelishiga to’sqinlik qila olmaydi. Shuning uchun o’lkaning shimoliy qismida eng sovuq oyning o’rtacha harorati 1000 m balandlikda +16°S dan yuqori ko’tarilmaydi. Ayrim paytlarda yanvarda harorat +4°S gacha pasayadi. 15° sh.k. dan janubda kontinental havo massasining ta’siri sezilmaydi. Bu yerda eng sovuq oyning harorati +21°+23°S gacha boradi. Pastekisliklarda iyulning o’rtacha harorati +26°+27°S. Yarim orolda eng issiq oy iyul emas, aprel hisoblanadi. Aprelning o’rtacha harorati Rangunda
+29°S ga teng, tekisliklarning ichkari hududlarida esa +30°S dan oshadi.
Janubi-g’arbiy ekvatorial mussonlar o’lkaning katta qismiga nam havo massalarini keltiradi. Natijada yarim orolning g’arbiy qirg’oqlariga yiliga 3000 mm atrofida yog’in tushadi. Yog’inning 80% i yoz oylariga to’g’ri keladi. Ichki hududlarda yog’in miqdori 1000 mm gacha kamayadi. Hindixitoyning shimoliy qismida Janubi-Xitoy dengizidan esadigan janubi-sharqiy mussonlar harakat qiladi. Bu yerda ham yog’inning asosiy qismi yoz fasliga to’g’ri keladi. Dengiz tomonidan tropik tayfunlar kelib turadi. Yarim orolning sharqiy qirg’oqlariga yomg’irni shimoli-sharqiy yo’nalishdagi qishki mussonlar keltiradi. Maksimum yog’in kuz va qish oylarida kuzatiladi, yozda esa g’arbiy mussonlar sharqiy qirg’oqlarga orografik to’siq tufayli yetib bora olmaydi va u yerlar yoz faslida quruq bo’ladi. Shunga qaramasdan sharqiy sohillarga yiliga 1500 mm dan 3000 mm gacha yomg’ir yog’adi. Ekvatorial iqlim mintaqasida o’rtacha oylik harorat ham yog’in miqdori ham bir tekisda taqsimlangan. Yil davomida harorat +26°+29°S ni tashkil etadi, yog’in miqdori 1500-2000 mm va undan ham ko’proq. Kuchsiz shamollar esib turadi.
Hindixitoy yarim orolining barcha yirik daryolari Tibet tog’ligidan va Himolayning sharqiy qismidagi tog’lardan boshlanadi. Ular yuqori oqimida tog’ tizmalarini va tog’liklarni kesib o’tib, quyi oqimida keng allyuvial pastekisliklar hosil qiladi. Kichik daryolar o’lka hududidagi tog’liklardan va tizmalardan boshlanadi. Barcha daryolar uchun musson rejim xarakterli. Mekong daryosi faqat Hindixitoyda emas, balki Yevrosiyoda eng uzun daryolardan biri hisoblanadi. Uning uzunligi 4500 km, havzasining maydoni 810 ming km2, maksimal suv sarfi 30000 m3/sek ga, minimali 1500 m3/sek ga teng. Mekong Tibetning Tangla tizmasidan boshlanib, Tinch okeanning Janubi-Xitoy dengiziga quyiladi. Quyi oqimida Mekongning suv rejimini Tonlesap ko’li boshqarib turadi. Uzunligi jihatidan ikkinchi o’rinda Saluin daryosi turadi. Uning uzunligi 3200 km, havzasining maydoni 325 ming km2. Bu daryo ham Tangla tizmasining 4000 m balandligidan boshlanib, Hind okeanining Andaman dengizidagi Martaban qo’ltig’iga quyiladi. Saluin yuqori oqimida qor suvidan, o’rta va quyi oqimida yomg’ir suvidan to’yinadi.
Iravadi daryosi uzunligi jihatidan Mekong va Saluin daryolaridan keyin uchinchi o’rinda turadi. Uzunligi 2150 km ga, havzasining maydoni 430 ming km2 ga teng. O’rtacha yillik suv sarfi 13600 m3/sek. Iravadi Tibetning janubiy yonbag’ridan boshlanib Andaman dengiziga quyiladi. Menam daryosi yuqorida ta’riflangan daryolardan farq qilib, o’lka hududidagi tog’lik va platolardan boshlanib, quyi qismida Menam allyuvial pastekisligidan oqib o’tadi va Janubi-Xitoy dengizining Siam qo’ltig’iga quyiladi. Barcha daryolar kemalarning qatnovi uchun juda qulay.
Hindixitoyda laterit tuproqlarining bir necha xillari, tog’larning quyi mintaqalarida podzollashgan lateritlar keng tarqalgan. Savannalarda sariq, qizil, qizg’ish-qo’ng’ir tuproqlar, yirik daryo vodiylarida va del’talarda allyuvial tuproqlar rivojlangan. Baland tog’lar uchun qora tusli qo’ng’ir va tog’-o’tloq tuproqlar xarakterli. O’lka hududida tropik kengliklarga xos bo’lgan barcha o’simlik tiplari uchraydi. Ayniqsa nam tropik o’rmonlar, mangrazorlar, savannalar, Malakka yarim orolida tipik ekvatorial o’rmonlar yaxshi rivojlangan. Hindixitoyning pastqam sohillarini mangra o’rmonlari egallab olgan. Mangrazorlarda lipa palmasi ham uchraydi. Bu o’rmonlar polosasi vaqti-vaqti bilan suv bosadigan sohilbo’yi o’rmonlari bilan almashinadi. Sohilbo’yi o’rmonlarida kokos palmasi, kazuarina, panduslar ko’pchilikni tashkil etadi. Eng ko’p tarqalgan o’simlik tipi nam tropik o’rmonlardir. Ular Hindixitoyning tekisliklarini, tog’ yonbag’irlarining quyi qismini, Malakka yarim orolini va sharqiy qirg’oqlarining katta maydonini egallab olgan. O’rmonlar tarkibida palmalar, fikuslar, bambuklar, daraxtsimon paporotniklar ustunlik qiladi. Qimmatbaho daraxtlardan qizil, nim pushti rang tiko va kauchuk beradigan daraxtlar o’sadi. Muskat, qalampir munchoq, koritsa daraxtlari ham uchraydi. Malakkadagi o’rmonlarda havoning katta namligi tufayli daraxtlarda mox va lishayniklarning qalin qoplami hosil bo’lgan.
Hindixitoy tog’larining 700-800 m dan yuqori qismlari doimiy yashil emanlar, bambuklar, paporotniklar bilan, tog’larning baland qismi bargini to’kuvchi keng bargli (kashtan, dafna daraxti) o’rmonlar bilan qoplangan. Tog’larning eng baland cho’qqilarida qing’ir-qiyshiq o’rmonlar va subal’p o’tloqlari tarkib topgan. O’lkaning namgarchilik kam bo’ladigan shimoliy va ichki hududlarida savanna o’simlik tipi vujudga kelgan. Ular kesilib ketgan o’rmonlar o’rnida shakllangan bo’lib, antropogen savannalar hisoblanadi. Savannalar uchun boshoqli o’tlar va yovvoyi shakarqamishlar xarakterli. Tekisliklarda va tog’ etaklarida janubiy o’simlik o’rnini madaniy ekinlar egallagan. Pastqam yerlarda sholi, shakarqamish, bananlar yetishtiriladi. Qurg’oqchil sug’oriladigan hududlarda paxta, sal daraxti, kokos palmasi, geveya daraxti ekiladi. Tog’larning terrasalashtirilgan yon bag’irlarida choy plantasiyalari barpo etilgan.
Hindixitoy yarim orolining fauna tarkibida o’rmon hayvonlari hukmronlik qiladi. Ular orasida gibbonlar, makakalar, Hindixitoy fili, qora ayiq, Malay ayig’i, yo’lbars, qoplon, karkidon, yovvoyi mushuk, bug’u, jayra, bambuk kalamushi ko’pchilikni tashkil etadi. Suvda va quruqlikda yashovchi hayvonlardan timsohlar uchraydi. Qushlardan jannat qushlari, tustovuqlar, kakliklar, to’tilar, yovvoyi tovuqlar, tovuslar ko’p tarqalgan.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin