Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə211/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Dunyo okeani tushunchasi. Dunyo okeani deb, Yerning materik va orollarini o’rab turgan payonsiz suv qobig’iga aytiladi. Okean tushunchasi yunonchadan tarjima qilinganda “Yerni aylanib oqadigan azim daryo” degan ma’noni bildiradi.
Dunyo okeani Yerni suv qobig’i bo’lib, o’zining fizik va kimyoviy xususiyatlari, suvining kimyoviy tarkibi, sayyora bo’yicha akvatoriyasining tutashganligi jihatidan geografik qobiq va landshaft sferasining bir butun tabiiy geografik tizimini tashkil etadi. Dunyo okeani geografik qobiqda takrorlanmas tabiiy geografik hosila bo’lib, u o’ziga xos modda va energiya almashinish, fizik va kimyoviy, vertikal va gorizontal differensiasiyalanish xususiyatlari bilan materiklardan farq qiladi.
Maydonining kattaligi. Sayyoramizning 361 mln. km3 maydoni yoki 70,8% qismi okean suvi bilan qoplangan. Dunyo okeanining umumiy suv hajmi 1370 mln. km3, o’rtacha chuqurligi 3795 m okean suvi Yer yuzida natekis taqsimlangan. Uning katta qismi ekvatordan janubda, kamroq qismi esa shimolda joylashgan. Okean akvatoriyasi shimoliy yarim sharning 61% ini, janubiy yarim sharning 81% ini egallagan, lekin ochiq va ichki dengizlar qo’ltiqlar janubiy yarim sharda ko’p tarqalgan. 810 sh.k. dan shimolda va 560 bilan 650 j.k.lar o’rtasida okean suvi Yer kurrasini uzluksiz xalqa shaklida o’rab olgan. Suv va quruqlik maydonining ko’pligiga qarab Yer yuzasi Okean yarim shari va Materik yarim shariga bo’linadi. Gidrosferaning nihoyatda katta qismi bo’lgan okeanosfera atmosfera va yer po’sti bilan o’zaro uzluksiz aloqada. Shuning uchun Dunyo okeanining ko’pgina xususiyatlari atmosfera va yer po’stiga bog’liq.
Dunyo okeani ostining geologik tuzilishi va rel’efi. Okean osti yer po’stining tuzilishi. Dunyo okeani osti suv sathidan turli xil chuqurlikda joylashgan. Uning yuzasi rel’efining va yer po’stining tuzilishiga ko’ra bir-biridan keskin farq qiladigan global morfostrukturalardan – suvosti materik chekkasi, o’tkinchi zona, okean lojesi va o’rtalik okean tizmalaridan tarkib topgan. Ularning har biri okean ostidagi yer po’stining alohida-alohida tiplariga to’g’ri keladi. Jumladan, materikning suvosti chekkasi yer po’stining materik tipiga, okean lojesi okeanik tipiga, o’rtalik okean tizmalari riftogenal tipga va o’tkinchi zona geosinklinal tipga mansub. Okean osti yirik rel’ef shakllarining vujudga kelishida yer po’stining vertikal va gorizontal harakatlari asosiy rol o’ynagan.
Dunyo okeani osti global morfostrukturalar o’z navbatida ikkinchi darajali megamorfostrukturalarga bo’linadi. Materikning suvosti chekkasi materik sayozligi yoki shel’f, materik yon bag’iri va materik ostidan iborat. O’tkinchi zona chekka dengiz botiqlari, orollar yoyi va chuqur suv osti cho’kmalariga bo’linadi. Okean lojesi okean botiqlaridan va okean ko’tarilmalaridan tashkil topgan. O’rtalik okean tizmalari riftli va tomonli zonalarga bo’linadi.
Okean osti yer po’stining materik tipi okean tipiga nisbatan keng tarqalgan va o’rtacha qalinligi 35 km ni tashkil etadi. Uning yuqori qatlami cho’kindi jinslardan, quyi qismi granitli va bazaltli qatlamlardan iborat. Okean lojesi ostidagi yer po’sti okeanik po’st deb atalib, uning qalinligi taxminan 7 km ga teng. Okean yer po’stining yuqori 1 km qalinlikdagi qismi cho’kindi qatlamdan, undan pastda qalinligi 1 km atrofida bo’lgan zichroq jinsli ikkinchi qatlamdan va eng pastda qalinligi 5 km ga teng bo’lgan bazalt qatlamidan tuzilgan.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin