Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə222/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Dunyo okeanining geografik zonalari. Dunyo okeani akvatoriyasida Quyosh energiyasining taqsimlanishi bir tekis bo’lmay, ekvatordan qutblar tomon o’zgarib boradi va zonallik qonuniyatiga bo’ysunadi. Shuning uchun umumsayyoraviy zonallik faqat materiklarning muhim xususiyatlaridan biri bo’lib qolmasdan, u butun Yer landshaft sferasining, jumladan Dunyo okeanining ham muhim xususiyatlaridan biridir. Okeanlardagi geografik zonalarni tadqiq etishda va ularni ajratishda V.G.Bogorov, D.V.Bogdanov, K.K.Markov, L.A.Zenkevich, O.K.Leontev, A.V.Gembellarning xizmati katta.
Dunyo okeanida suv massalarining o’ziga xos harakatchanligi, landshaft sferasining ikki yarusligi, akvatoriyasining nisbatan bir xilligi, okean yuzasida orografik to’siqlarning yo’qligi va tabiiy chegaralarning keskin ifodalanmaganligi, geografik zonalarda o’zining aksini topgan. Bu hol Dunyo okeanida mavjud bo’lgan tabiiy geografik zonalarni ajratishda va chegaralashda bir muncha qiyinchiliqlarni tug’diradi.
V.G.Bogorov va O.K.Leontevlarning ta’kidlashicha, Dunyo okeanining yuqori va quyi yaruslarida geografik zonalar soni bir xil emas. Dunyo okeanining yuza qatlamida shakllangan zonalar soni okean tubidagi zonalar soniga nisbatan ko’proq va ular okean ostidagi zonalarga qaraganda yaqqolroq ifodalanganligi bilan farq qiladi. Quyida Dunyo okeani yuzasida va ostida ajratilgan tabiiy geogafik zonalarning tavsifi bilan tanishasiz.
Okean yuzasidagi geografik zonalar tizimi. Dunyo okeanida geografik zonalarni ajratish tajribasi dastlab D.V.Bogdanov (1961) tomonidan amalga oshirilgan. U shimoliy va janubiy yarim sharlarda quyidagi 11 ta geografik zona ajratgan: arktika, subarktika, mo’tadil, subtropik, tropik (passatli), ekvatorial, tropik (passatli), subtropik, mo’tadil, subantarktika va antarktika. Keyinchalik A.B.Gembel (1979), O.K.Leontev (1982) va boshqalar ham okeanlarni tabiiy geografik rayonlashtirishda D.V.Bogdanovning rayonlashtirish sxemasini asos qilib olib, shu tartibdagi geografik zonalarni ajratganlar.
Arktika zonasi Arktika havzasining yoki Shimoliy Muz okeanining katta qismini egallaydi. Zona akvatoriyasida suv va havo harorati juda ham past va yil davomida uning ko’rsatkichi manfiydir. O’rtacha yillik radiasiya balansi 2-10 kkal/sm2 ni tashkil etadi. Lekin bu issiqlik qisman bo’lsada muzni eritish va sovuq suvni bug’lantirishga sarf bo’ladi. Shu boisdan suv harorati yil bo’yi manfiyligicha qolaveradi. Zonaning ayrim qismlarida suvning ilishiga Shimoliy Atlantika oqimi ta’sir ko’rsatadi. Arktika havosining keskin sovuq bo’lishi, zonaning fauna va flora kompleksiga, ularning turlariga, miqdoriga, biomassasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun dengiz hayvonlari va baliqlar tur jihatdan ham, miqdor jihatdan ham kam rivojlangan. Suvining sho’rligi o’rtacha me’yordan ancha past.
Subarktika zonasi Barens, Kara, Laptevlar, Sharqiy Sibir, Chukotka dengizlarining janubiy qismlarini, Bering dengizi va Atlantika okeanining shimoliy qismini hamda Bofort dengizini o’z ichiga oladi. Uning janubiy chegarasi mavsumiy muzlik va aysberglar chegarasi hisoblanadi. Subarktika zonasining janubiy chegarasi Atlantika sektorining g’arbiy qismida, Sharqiy Grenlandiya va Labrador sovuq oqimlari tufayli ancha janubga, sharqiy qismida esa Shimoliy Atlantika iliq oqimi tufayli katta masofada shimolga siljigan.
Zona akvatoriyasida qishda arktika va yozda mo’tadil havo massalari hukmronlik qiladi. O’rtacha yillik radiasiya balansi 20-30 kkal/sm2 ga teng. Yoz oylarida suv yuzasi 50S gacha isiydi. Quyosh nurining suvga bo’lgan ta’siri natijasida organik hayot yuqori darajada rivojlangan. Fitoplankton va zooplanktonlar massasi 200 mg/m3 ni tashkil etadi. Suvining sho’rligi o’rtacha me’yordan past.
Mo’tadil zona 400 va 600 sh.k. lar oralig’ini egallaydi. Janubiy chegarasi Shimoliy Amerika qirg’og’idagi Keyp-Kod yarim orolidan va Pireney yarim orolidagi Finisterri burnidan o’tadi. Bu zonaga Norvegiya, Shimoliy, Boltiq, Azov dengizlari hamda Qora va Kaspiy dengizlarining shimoliy qismlari ham kiradi. Zona akvatoriyasida g’arbiy atmosfera sirkulytsiyasi, sharqiy va shimoli-sharqiy oqimlar hukmronlik qiladi. Suvning harorati +50S dan pasaymaydi, yoz oylarida +200S dan yuqori ko’tariladi. O’rtacha yillik radiasiya balansi 40 kkal/sm2 atrofida. Atmosfera yog’inlari 1000 mm dan ko’p tushadi. Organik hayot yaxshi rivojlangan (200-500 mg/m3) va xilma xil xarakterga ega. Sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan baliq turlari keng tarqalgan. Dunyo okeanidan ovlanadigan baliqlarning 65-70% i shu zonaga to’g’ri keladi. Suvining sho’rligi o’rtacha me’yorga yaqin.
Subtropik zona 300 va 400 sh.k. lar oralig’ida joylashgan bo’lib, uning janubiy chegarasi Azor va Shimoliy Tinch okean maksimumi markazidan o’tadi. Bu zonaga Qora va Kaspiy dengizlarining janubiy qismlari, O’rta dengiz va qisman Sariq, Yapon dengizlari ham kiradi. Zona akvatoriyasida qishda mo’tadil, yozda tropik havo massalari ustunlik qiladi. Havo bosimi baland, atmosfera yog’inlari fasllarga qarab taqsimlangan, yilning aksariyat paytlarida shamolsiz ob-havo kuzatiladi. O’rtacha yillik radiasiya balansi 75 kkal/sm2 gacha yetadi, suvining o’rtacha harorati
+150+160S. Yoz oylari quruq va issiq, bug’lanish midori katta. Shuning uchun suvining sho’rligi 38-40 ‰, O’rta Dengizda 39‰. Suvning vertikal sirkulyasiyasi sekin bo’lganligi sababli organik hayotning rivojlanishi ancha sust, plankton
biomassalari 50-100 mg/m3 gacha kamayadi. Baliq resurslari ham mo’tadil zonadagiga nisbatan juda kam. Zonada ko’proq yirik qisqichbaqasimonlar va boshoyoqlilar ovlanadi.
Tropik zona yil davomida tropik havo massisining, atmosfera yuqori bosimining va passat shamollarining doimiy barqarorligi bilan xarakterlanadi. Uning janubiy chegarasi Atlantika sektorida Puerto-Riko va Yashil Burun orollari chizig’idan o’tadi. Zona akvatoriyasida suvning harorati va sho’rligi yuqori. O’rtacha yillik harorat +200S, radiasiya balansi 100 kkal/sm2 ga teng, sho’rligi 37- 38‰. Tropik zonada passat shamollari doimiy ravishda esib turganligi sababli bulutli kunlar va yog’in kam. Shuning uchun bu zonani okean sahrosi deb ham ataydilar. Suvning vertikal sirkulyasiyasi kuchsiz, biomassalarning hajmi uncha katta emas, plankton massasi 50 mg/m3 gacha boradi, marjon qurilmalari keng tarqalgan.
Ekvatorial zona uchun yil bo’yi yuqori harorat, serob yog’in, kam farqli harorat amplitudasi, suvning o’rtacha meyordan past sho’rligi xarakterli. Yillik radiasiya balansi 115 kkal/sm2 ni tashkil etadi. Bunday sharoit organik hayotning yaxshi rivojlanishiga, biomassa miqdorining (100-150 mg/m3) mo’l-ko’l bo’lishiga, xilma- xil hayvon turlarining tarkib topishiga qulaylik yaratadi. Ekvatorial zona marjon riflar, mangra o’simliklar va issiqsevar hayvonlar makonidir. Zona akvatoriyasidan juda qimmatbaho hisoblangan oltin makrel, sardiniya, tunes kabi baliqlar ovlanadi. Marvarid va suv jonivori – bulutlar ham ko’p tarqalgan. Ekvatorial zonadan janubda shimoldagi zonalarning aksi takrorlanadi. Lekin ekvatordan janubda joylashgan tabiiy geografik zonalar shimoldagi zonalardan o’zlarining chegarasini tashqi qiyofasi, konfigurasiyasi, akvatoriyasining maydoni va tabiiy sharoitining ayrim xususiyatlari bilan farq qiladi.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin