Quyoshdаgi dоg’lаrning o’zgаrishigа Yerning аks tа’siri.
Radiasiyabalansi
Yer yuzasi bir davrning o’zida Quyoshdan kelayotgan issiqlikni
qabul qiladi va uni turli yo’llar bilan yana sarflaydi.
Regional tabiiy geografiya
Yer yuzasida ayrim hududlarning tabiiy sharoitining shakillanishini
va o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadi.
Relyef
(franduzcha «relyef»– ko’taraman) – yer yuzasi shakllari: tog’lar, tekisliklar, pasttekieliklar, adirlar, yassi tog’liklar, tepaliklar, qirlar,
vodiylar, botiqlar, soyliklar, jarlar va boshqalar majmui.
Savannalar
(ispancha Sabana) — tropik o’rmonlar va cho’llar oralig’ida tarkib topgan biom tipi. Savannalar qurg’oqchil va sernam mavsumlar aniq almashinadigan va yillik yog’in 250—2000 mm bo’lgan sharoitlarda
rivojlanadi. Afrikada materikning 40% savannalardan iborat.
Shamol
havoning yuqori bosimli joylardan past bosimli joylarga tomon oqishi, harakati. Muayyan masofadagi havo bosimi orasidagi farq
qancha katta bo’lsa, shamol shuncha kuchli esadi.
Simmetriya
grekcha so’z bo’lib, fazodagi nuqtalarni joylanishidagi bir xillikni
bildiradi.