Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə64/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Iqlim mintaqalari. Janubiy Amerikada oltita iqlim mintaqasi mavjud. Bular ekvatorial, shimoliy va janubiy subekvatorial, tropik, subtropik hamda mo‘tadil
mintaqalar. Har qaysi mintaqa bir-biridan havo harorati, yog‘in miqdori va atmosfera sirkulyasiyasi tafovutlari bilan ajralib turadi.
Ekvatorial mintaqa. Bu mintaqaga Amazonka pastekisligining o‘rta va g‘arbiy qismlari, Gviana yassi tog‘ligi hamda Orinoko pastekisligining Amazonkaga tutash joylari va Tinch okeani qirg‘og‘ining ekvatordan shimoldagi qismi kiradi. Ekvatorial mintaqada doimiy nam va issiq harorat +26°+28°C ni tashkil etadi, yillik yog‘in miqdori 2000 mm dan ortadi.
Subekvatorial mintaqalar. Ekvatorial mintaqadan shimol va janubda subekvatorial iqlim mintaqalari joylashgan. Shimoliy subekvatorial iqlim mintaqasiga Karib dengizi sohillari, Orinoko pastekisligi, Gviana pastekisligi va Gviana yassi tog‘ligining katta qismi kiradi. Janubiy subekvatorial iqlim mintaqasiga Braziliya yassi tog‘ligining shimoliy qismi, Amazonka pastekisligining janubiy qismi va Tinch okean sohilining ekvatordan to 5° j.k. gacha bo‘lgan qismi kiradi. Shimoliy va janubiy yarim sharlarning subekvatorial mintaqalari materikning sharqiy qismida o‘zaro tutashadi. Subekvatorial iqlim mintaqalarida yozda ekvatorial havo massalari, qishda tropik havo massalari barqaror bo‘ladi. Shu sababli subekvatorial iqlim uchun sernam yoz va qurg‘oqchil issiq qish fasllari xarakterlidir. O‘rtacha oylik harorat +25°+30° C ni tashkil etadi. O‘rtacha yillik yog‘in miqdori mintaqaning aksariyat qismida 1500-2000 mm dan ortadi. Faqat Braziliya yassi tog‘ligining shimoli-sharqiy qismiga yiliga 1000 mm dan kamroq yog‘in tushadi.
Janubiy yarim sharda, Braziliya yassi tog‘ligida, Amazonka pastekisligining janubida ekvatorial musson bilan bog‘liq bo‘lgan yomg‘ir davri dekabrdan may oyigacha davom etadi. Shimoliy yarim sharda aksincha, yomg‘ir davri maydan dekabr oyigacha davom etadi. Qishda tropik passatlar hukmronlik qilgan davrda yog‘in bo‘lmaydi.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin