Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: –sinfda, maktabda, oilada, mahallada va jamiyatda o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish, o‘zining burchini bilish, unga rioya qilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya: – vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy asarlarni tushunish, nutqiy me’yorlarga rioya qilish va sog‘lom turmush tarziga amal qilish.
Dars jarayoni 1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
Tashkiliy qism: A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
V.Darsning jihozi: jadvallar, so’zlarning tuzilishiga ko’ra turlarini aks ettiruvchi plakat.
VI. Dars turi:_________________________________________ VII. Dars usuli:_______________________________________ VIII.Darsning borishi IX.Darsning rejasi 1. Sodda so’zlar.
2. Qo’shma so’zlar.
3. Juft so’zlar.
4.Mashqlar ustida ishlash.
So’zlarning tuzilishiga ko’ra turlari haqida ma'Iumot berish uchun quyidagi jadvaldan foydalanish mumkin.
Jadval asosida 1 -va 2-topshiriqlar bajartiriladi.Bitta o’zakdan tashkil topgan so’zlarga sodda so’zlar, ikki va undan ortiq o’zakdan tashkil topgan so’zlarga qo’shma so’zlar, bir-biriga teng bo’lgan o’zakdan tashkil topgan so’zlarga juft so’zlar, bir xil o’zakning takrorlanishidan hosil bo’lgan so’zlarga takroriy so’zlar deyilishi bayon qilinadi, mashqlar bajartiriladi. 306-mashqda ikki guruh so’zlar berilgan bo’lib, birinchi guruhdagi so’zlarga ikkinchi guruhdan mosini topib, qo’shma, juft va takroriy so’zlar hosil qilish so’ralgan. Masalan: jo’jaxo’roz, bozor-o’char, o’pka-jigar, sofdil kabi.307-mashqda sinf taxtasiga yozilgan oq, qora, uch so’zlari ishtirokida kim eng ko’p qo’shma so’z hosil qilishi so’ralgan.
Oqqo’rg'on, Oqtepa, Oqsuv, oqbilak, oqbosh, Oqterak. . .
Qoratepa, Qorasuv, Qorabotir, qorakuya, Qoradaryo. . .
Uchko 'prik, Uchqo 'rg 'on, Uchtepa, Uchko 'za, Uchkapa. . .
Qolgan mashqlarda ham muayyan topshiriqlar berilgan bo’lib, ular yuqoridagi mashqlar kabi bajartiriladi.