507-mashq. Ko‘chiring. Ma'nodosh so‘zlarni aniqlab, ma'nosidagi farqini tushuntiring. Dalamizda salqin shabboda esdi. Ulug‘ Madhiyaning yangroq ohangini olib ketdi tungi sho‘x sabo. Yel keltirar mayin bir ohang. Yana olib ketar nariga. Saharlab turaman, qutlayman tongni, bo‘ynimga osilar subh shamoli. (Mirmuhsin) 508-mashq. Do‘st, faqir, vatan, mangu, dangasa, inoq so‘zlarining ma'nodoshlarini toping. Ular ishtirokida uchtadan gap tuzing.
Savol va topshiriqlar 1. Ma'nodosh so‘zlar deb qanday so‘zlarga aytiladi?
2. Ma'nodosh so‘zlardan foydalanishning qanday ahamiyati bor?
3. Qaramoq so‘zining ma'nodoshlarini toping. Ulaming farqlanishlarini ayting.
509-mashq.Uyga topshiriq. O‘zingiz o‘qigan badiiy asardan ma'nodosh so‘zlar topib ko‘chiring.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V.Uyga vazifa. VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
Ilmiy bo’lim mudiri: _____________________ «Ona tili» 5-sinf sana:_________________ Sinf: ________________ Mavzu: 168-dars. MA'NODOSH SO‘ZLARDA UMUMIY VA XUSUSIY MA'NOLAR Darsning maqsadi: a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda
estetik did, estetik ong, ona tilimizga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish. b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda
milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;