«Ona tili» 5-sinf sana: Sinf: Mavzu: til-ijtimoiy hodisa darsning maqsadi



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə297/371
tarix11.12.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#120811
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   371
5-sinf-ona-tili-yillik-dars-ishlanma

Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 5-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
1-topshiriq. Quyida berilgan so‘zlarga zid ma'no bildiruvchi so‘zlarni aniqlang.
Uzun -..., uzoq -..., kuldi -...


2-topshiriq. Quyida berilgan gapdagi zid ma'noli so‘zlarni aniqlang.
Oq кип - baxt-u saodat,
Qora кип - g‘am, musibat.
(Tohir Qahhor)
Qarama-qarshi ma'noli so‘zlarga zid ma'noli so‘zlar deyiladi.


Zid ma'noli so‘zlar doimo ikki qarama-qarshi a'zodan iborat bo‘ladi. Birini aytsak, ikkinchisi xayolimizga keladi. Masalan: achchiq deyishimiz bilan shirin esimizga tushadi. Zid ma'noli so‘zlar birgalikda qo‘llanib, yangi so‘z hosil qilishi mumkin. Masalan: yosh-u qari -bari, achchiq-chuchuk –ovqat turi, uzoq-yaqindan - hammayoqdan kabi.
515-mashq. Maqollarni o‘qing va ma'nosini sharhlang. Zid ma'noli so‘zlarni o‘zi bog‘langan so‘z bilan birgalikda ko‘chiring.
l.Yaxshi so‘z - jon ozig‘i, yomon so‘z - bosh qozig‘i. 2. Do‘st achitib gapirar, dushman - kuldirib. 3. Oz so‘zla, ko‘p tingla. 4. Eskisiz yangi bo‘lmas, yomonsiz yaxshi.
516-mashq. «Zumrad va Qimmat» ertagi esingizdami? Unday bo‘lsa, sinfda ikki guruhga bo‘lining. Birinchi guruh Zumradning ijobiy fazilatlarini, ikkinchi guruh Qimmatning salbiy xislatlarini yozsin. Qaysi guruh tez va ko‘p yozsa, o‘sha guruh g‘olib bo‘ladi.
Zumrad Qimmat
mehnatsevar dangasa

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   371




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin