Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 5-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
1-topshiriq. Quyidagi matnni o‘qing.
TILNING BOYISH YO‘LLARI
Mustaqillik yillarida hayotimizda katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Yangi-yangi tushunchalar vujudga keldi.
Yangi tushunchalar ko‘proq tilning ichki imkoniyatlari: a) shevalardan so‘z olish; b) so‘z yasash imkoniyatidan foydalanish asosida yuzaga keladi. Ba'zan yangi tushunchalar boshqa tillardan so‘z olish yo‘li bilan ham ifodalanadi. Bunday so‘zlar olinma so‘zlar hisoblanadi.
Shuni bilingki, dunyoda boshqa tillardan so‘z olmaydigan bironta ham til yo‘q. Kurash, yonbosh, chala, halol so‘zlari dunyoning barcha tillariga kirib borayotgani kabi, bizning tilimiz ham turmushimizga kirib kelgan bir qator yangi tushunchalarni ifodalovchi olinma so‘zlar hisobiga boyib bormoqda.
2-topshiriq. Savollarga javob bering.
1. Tilning so‘z boyligi nima uchun o‘zgaradi?
2. Til qanday yo‘llar bilan boyiydi?
519-mashq. Matnni o‘qing, mazmunini so‘zlab bering. Hayotda yuz berayotgan o‘zgarishlarning tilimizga ta'siri haqida mulohaza yuriting.
1. Bugim Toshkentda «Ekologiya va salomatlik» mavzusida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini yakunladi. 2. Chustdagi stol tennisi bo‘yicha bolalar va o‘smirlar sport maktabi mamlakatimizda ko‘pchilikka ma'lum. 3. Kichkintoylar sportning yengil atletika, futbol, shaxmat, akrobatika, gimnastika kabi turlari bo‘yicha bellashdilar.
(«Ma 'rifat»)
Dostları ilə paylaş: |