Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori:Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy) Foydalaniladigan adabiyotlar: 1) «Ona tili» 5-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi: a) salomlashish
b)navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c)kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
YORDAMCHI SO’Z TURKUMLARI So’zlar ma'lum so’roqqa javob bo’lishi yoki bo’lmasligi, atash ma'nosining mavjudligi yoki mavjud emasligiga, gapda ma'lum gap bo’lagi vazifasida kelish-kelmasligiga ko’ra mustaqil va yordamchi so’zlarga bo’linadi. Fe'l, ot, sifat, son, ravish, olmoshlar ma'lum bir so’roqqa javob bo’ladi. Ularning barchasi, olmoshlardan tashqari, atash ma'nosiga ega. Ot borliqdagi shaxs-narsalarning, voqea-hodisalarning nomini, sifat va ravish belgilarini, son miqdorini ifodalaydi. Olmosh esa yuqoridagi so’zlardan qaysinisining o’rnida kelsa, o’shaning ma'nosiga ishora qiladi. Atash ma'noli so’zlar yoki ular o’rnida qo’llanilib, ma'lum so’roqlarga javob bo’luvchi va gapda ma'lum gap bo’lagi vazifasida keluvchi so’zlar mustaqil so’zlarsanaladi. Atash ma'nosiga ega bo`lmagan, ma'lum so’roqqa javob bo’lmaydigan, gap bo’lagi vazifasida kelmaydigan so’zlar yordamchi so’zlar hisoblanadi. Yoki quyidagicha ta`rif berish mumkin: Leksik ma’nosini yo‘qotib, grammatik ma’no ifodalashga o‘tgan, ma’lum so‘roqqa javob bo‘lmaydigan so‘zlar yordamchi so‘zlar deb yuritiladi. Yordamchi so‘zlar mustaqil so‘zlar bilan qo‘shimchalar oralig‘ida turgan grammatik vositalardir. Masalan: Hammasini tinglardim, ammo o‘xshashini topmasdim aslo. (H. Olimjon) Sen tufayli uyimiz nurga to‘ldi. Yordamchi so’zlar mustaqil so’zlarni yoki gaplarni bir-biriga bog’lash, ularning ma'nolariga qo’shimcha ma'no yuklash vazifalarini bajaradi.