«Ona tili» 5-sinf sana: Sinf: Mavzu: til-ijtimoiy hodisa darsning maqsadi



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə353/371
tarix11.12.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#120811
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   371
5-sinf-ona-tili-yillik-dars-ishlanma

Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 5-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
1-topshiriq. Quyidagi so‘zlarni bo‘g‘inlarga ajrating. Bo‘g‘inlami qaysi tovush asosida ajratganingizni ayting. Data, bola, onalar, maktabimiz.


2-topshiriq. Quyidagi so‘zlarni bo‘g‘inlarga ajrating. Bo‘g‘inlarni nima asosida ajratganingizni ayting.
Go‘shtni, bargga, go‘shti, bargi
Bir havo zarbi bilan aytilgan tovush yoki tovushlar birikmasiga bo‘g‘in deyiladi.
Bo‘g‘in unli tovushlar asosida hosil bo‘Iadi. Har bir bo‘g‘inda bitta unli qatnashadi, shuning uchun so‘zda nechta unli bo‘lsa, shuncha bo‘g‘in bo‘Iadi.
So‘zning o‘zak va qo‘shimchalariga ajralishi bilan bo‘g‘inlarga ajralishi teng emas: go‘sht-ni, barg-ga so‘zlarida o‘zak va qo‘shimchalar bilan bo‘g‘inlar teng kelayotgan bo‘lsa, go‘sh-ti, bar-gi so‘zlarida teng emas. Bo‘g‘inlar ikki turli bo‘Iadi: ochiq bo‘g‘in va yopiq bo‘g‘in. Unli bilan tugagan bo‘g‘in ochiq, undosh bilan tugagan bo‘g‘in esa yopiq bo‘g‘in hisoblanadi. Masalan: o-na, bo-la so‘zlaridagi har ikki bo‘g‘in ochiq, tosh-lar so‘zidagi har ikki bo‘g‘in yopiq bo‘g‘indir. So‘zlar qatorga sig‘may qolganda bo‘g‘in ko‘chirish qoidalari asosida keyingi qatorga olib o‘tiladi. Birinchi yoki oxirgi bo‘g‘in bir tovushdan iborat bo‘lsa, ular yakka holatda qoldirilmaydi. Keyingi qatorga ibo-li, uka-si, ata-ma tarzida ko‘chiriladi.

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   371




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin