Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 5-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
So‘zlarning nutq jarayoniga bog‘liq bo‘lmagan atash ma'nosi o‘z ma'no sanaladi.
So‘zning nutqda boshqa so‘zlarga bog‘lanib hosil qiladigan yondosh ma'nosi ko‘chma ma'no hisoblanadi. Masalan: Odamning qulog‘i- o‘z ma'noda, qozonning qulog‘i- ko‘chma ma'noda.
O‘z va ko‘chma ma'no birikib ko‘p ma'noli so‘zni hosil qiladi
Topshiriq. Quyida berilgan so‘zlarning atash ma'nolarini ayting va ularni gap ichida keltiring.
Tut, yut, oq, yot, et, uch.
Aytilishi va yozilishi bir xil bo‘lib, turli atash ma'nolarini bildirgan so‘zlarga shakldosh so‘zlar deyiladi.
Shakldosh so‘zlar bir qarashda ko‘p ma'noli so‘zlarga o‘xshab ketadi. Ularni bir-biridan farqlash kerak. Ko‘p ma'noli so‘zlar bir so‘zning o‘z va ko‘chma ma'nolarida qo‘llashdan hosil bo‘ladi. Shakldosh so‘zlar esa shakli o‘xshash ikki va undan ortiq so‘zlardir.
Bir umumiy ma'noni ifodalovchi ikki va undan ortiq so‘zlarga ma'nodosh so‘zlar deyiladi.
Ma'nodosh so‘zlar bir ma'noni xilma-xil so‘zlar orqali turli nozik ma'no qirralari bilan ifodalashda, so‘z sehrini namoyish etishda, nutqni bezashda, ta'sirchanligini ta'minlashda katta ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |