«Ona tili» 5-sinf sana: Sinf: Mavzu: til-ijtimoiy hodisa darsning maqsadi



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə39/371
tarix11.12.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#120811
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   371
5-sinf-ona-tili-yillik-dars-ishlanma

Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
V. Darsning jihozi: dars qoliplari tasvirlangan ramziy chizmalar.
VI. Dars turi:_________________________________________
VII. Dars usuli:_______________________________________
VIII.Darsning borishi
IX.Darsning rejasi:
1. Gapda fikrni ifodalash shakllari.
2. Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari.
Mavzu o’quvchilar uchun yangi emas. Yil boshidagi takrorlash soatlarida ifoda maqsadiga ko’ra gap turlarida tinish belgilarining ishlatilishi takrorlangan edi. Farqi shuki, quyi sinfda ular uchga - darak, so’roq, buyruq gaplarga bo’lib o’rganilgan. Bu darsda ularning qatoriga to’rtinchi - istak gap ham qo’shiladi. O’qituvchi sinf taxtasiga bir gapni shu to’rt ifoda shaklida yozib tahlil qilish orqali farqini tushuntirib bersa, o’quvchiga singishi oson bo’ladi. Masalan:
Darak gap: Har bir bola vaqtdan unumli foydalanadi.
So’roq gap: Har bir bola vaqtdan unumli foydalanadimi?
Buyruq gap: Har bir bola vaqtdan unumli foydalansin!
Istak gap: Qani, har bir bola vaqtdan unumli foydalansa.
Har bir gap o’quvchilar bilan birga sharhlanadi. Darak gap xabar, darak ma'nolarini ifodalaydi, so’roq gap so’rash ma'nosini, buyruq gap buyruq ma'nosini, istak gap esa istak, xohish va orzuni ifodalaydi. O’qituvchi o’z nutqida ana shu «ma'no» va «ifodalaydi» so’zlariga alohida urg'u beradi va shuning uchun ham bu gaplar gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari deb atalishi uqtiriladi. Qoidalar xulosalanib, dars jihozi sifati tavsiya qilingan quyidagi chizma o’quvchilar e'tiboriga havola qilinadi.

Mashqlar gaplar oxiriga to’g'ri tinish belgilari qo’yish, to’g'ri gap tuzish malakalarini shakllantirish, o’quvchilar yozma va og'zaki nutqini rivojlantirish maqsadlariga qaratilgan.

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   371




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin